Moida surasi video — ozbekiston

Moida surasi video — ozbekiston

Moida surasi (video) — o’zbekiston

3. Sizlarga o’limtik, k’on, cho’chk’a go’shti, Allohdan boshk’aning nomi ila so’yilgan, bo’g’ilib o’lgan, urib o’ldirilgan, yik’ilib o’lgan, suzib o’ldirilgan, yirtk’ich egan hayvonlar harom k’ilindi. Magar, (o’lmay turib) so’yib olsangiz, (halol). Va butlarga so’yilgan hayvonlar ham, cho’plar ila fol ochishingiz ham harom k’ilindi. Bunday k’ilmog’ingiz fosik’likdir. Bugungi kunda kufr keltirganlar diningizga zarar etkazishdan umid uzdilar. Ulardan k’o’rk’manglar, Mendan k’o’rk’inglar. Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal k’ilib berdim. Sizga ne’matimni batamom k’ildim. Va sizga Islomni din deb rozi bo’ldim. Kimki gunohga moil bo’lmagan holida ochlikdan muztar bo’lsa, albatta, Alloh mag’firatli va rahmli Zotdir.
Ushbu oyati karimada asli go’shti halol k’ilingan hayvonlar hak’ida so’z ketmok’da. Albatta, cho’chk’ani hisobga olmaganda. Aslida, go’shti harom bo’lgan hayvonlar o’z-o’zidan ma’lum, bahs ular hak’ida emas. Shuningdek, Alloh taolo bandalariga ko’plab ne’matlarni tanovul k’ilishni halol k’ilib k’o’ygan. Ularning barchasining asli halol. Modomiki harom narsa aralashmasa, iste’mol k’ilinaveradi. Inson shaxsining yoki amalining unga ta’siri yo’k’. Misol uchun, nonni olaylik. Uning bug’doyini kim ekkan, kim o’rgan, k’anday yanchgan yoki k’anday k’ilib nonga aylantirilgan–bularning ahamiyati yo’k’, hammasi iste’mol k’ilinaveradi. Ammo go’sht mahsulotlari hak’ida bunday deb bo’lmaydi. Chunki go’sht tirik hayvondan olinadi. Ana o’sha tirik jonivorni go’shtga aylantirish jarayoni va undagi niyat hamda e’tik’od uning halol yoki haromga aylanishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham bu jarayonga, ya’ni, tirik hayvonni go’shtga aylantirish jarayoniga shariatda alohida e’tibor beriladi. Bir k’ancha shartlar k’o’yiladi. O’sha shartlar vujudga kelgandagina u hayvon go’shti halol hisoblanib, iste’mol etishga ruxsat beriladi. Bu shartlarning boshida hayvonning jonini chik’arish paytida unga jon bergan Allohning nomini zikr k’ilish turadi. Bu ish k’ilinmasa, katta ma’naviy jinoyat sodir bo’lgan bo’ladi, shu sababli uning go’shti haromga aylanadi.
Ushbu oyatda go’shti haromga aylanib k’oladigan hayvonlardan bir necha toifasi zikr etilgan.
O’limtik (o’zi o’lib k’olgan hayvon), hayvon so’yilganda undan ok’adigan k’on va cho’chk’a go’shti shular jumlasidandir. Bularning harom k’ilinganligi hikmatlari, tibbiy sirlari hak’ida Bak’ara surasi tafsirida batafsil so’z yuritilgan.
«Allohdan boshk’aning nomi ila so’yilgan» hayvon go’shtining ham harom bo’lishi, avval aytganimizdek, iymon tak’ozosiga to’g’ri kelmaganidandir. Uni yaratgan va unga jon bergan Zotning nomini k’o’yib, boshk’aning nomi ila so’yilganidandir.
«Bo’g’ilib o’lgan»–hayvon bo’g’ilish ok’ibatida o’lgan bo’lsa, go’shti haromdir. Unga ham Allohning nomi aytilmagan, ham k’oni ichiga tark’ab, go’sht zararli holga kelgan bo’ladi.
«Urib o’ldirilgan»–bunda ham avvalgi holdagi hikmat tufayli haromlik hukmi bor. Kimki bir hayvonni tosh, yog’och yoki shunga o’xshash narsalar bilan urib o’ldirgan bo’lsa, go’shti haromga aylanadi.
«Yik’ilib o’lgan»–tog’danmi, baland joydanmi yik’ilib o’lgan hayvonlarning go’shti ham harom.
«Suzib o’ldirilgan»–ikki hayvon bir-biri bilan suzishsayu, biri o’lib k’olsa, uning go’shti ham haromdir.
«Yirtk’ich egan hayvon harom k’ilindi».
YA’ni, bir yirtk’ich hayvon mazkur go’shti halol hayvonga hujum k’ilib esa, o’ldirsa, undan ortib k’olgan go’sht harom hisoblanadi.
«Magar (o’lmay turib) so’yib olsangiz, (halol)».
Mazkur holatlarga duchor bo’lgan hayvonlar o’lmay turib so’yib yuborilsa, go’shti halol bo’ladi.
«Butlarga so’yilgan hayvonlar ham».
Johiliy arablarning turli butlari bo’lib, ularga atab jonlik’ so’yishar va k’onini o’sha butlarga surtishar edi. Bunday hayvonlarning go’shti, garchi Allohning nomini aytib so’yilgan bo’lsa ham, butlarga so’yilgani uchun haromdir.
Oyat davomida katta ma’naviy harom ish ham zikr etilgan.
«cho’plar ila fol ochishingiz ham harom k’ilindi».
Johiliyat davrida butxonalarda xizmat k’iluvchi kohinlar huzurida bir maxsus idishda uchta yoki ettita cho’p turar edi. Ularga turli iboralar, jumladan, «Robbim buyurdi» yoki «Robbim k’aytardi» degan iboralar yozilgan bo’lardi. Biror ishni k’ilish yoki k’ilmaslikda ikkilangan odam kohinga u-bu narsa berib, fol ochishni so’rardi. Shunda kohin idishdagi cho’plarni aralashtirib, fol ochiruvchiga tutar, u idishdagi cho’plardan birini tortganda «Robbim buyurdi» deb yozilgan cho’p chik’sa, ishni k’ilishga, «Robbim k’aytardi» deb yozilgani chik’sa, ishni k’ilmaslikka amr etar edi. Boshk’a cho’p chik’sa, yana pul olib, k’aytadan fol ochardi. Xuddi shu uslub k’imorning bir turida ham k’o’llanar edi. Bularning hammasi harom k’ilindi.
«Bunday k’ilmog’ingiz fosik’likdir».
Alloh harom k’ilgan ishlarni k’ilmog’ingiz fisk’, ya’ni, din amridan chik’ishdir.
«Bugungi kunda kufr keltirganlar diningizga zarar etkazishdan umid uzdilar».
Ushbu oyat Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning vidolashuv hajlari paytida tushgan. Bu vak’tga kelib Islom atrofga yoyilgan, musulmonlarning shavkati oshgan, hamma ularga havas va hurmat bilan k’araydigan bo’lgan edi. Payg’ambarimizning umrlari oxirlashib, vidolashuv hajini ado etar edilar. Bu haj Islom g’alabasining tantanasiga aylanib ketdi. Endi kofir-mushriklar, Muhammad va unga ergashgan yalangoyok’larni er yuzidan yo’k’otib yuboramiz, deyishga tillari bormasdi. Aksincha, ularning ko’plari musulmonlikni k’abul k’ilgan yoki k’abul k’ilish arafasida turar edilar. K’olganlari esa, yangi din ravnak’iga hasad bilan k’arab turishsa ham, Islomga zarar etkazishdan umidlari batamom uzilgan edi. Ushbu jumlada Alloh taolo mo’min bandalariga mana shu holatning xabarini bermok’da va:
«Ulardan k’o’rk’manglar, Mendan k’o’rk’inglar», deb amr k’ilmok’da.
YA’ni, kofirlar bizdan ustun kelib k’olarmikinlar, dinimizga zarar etkazarmikinlar, deb ulardan xavfsirab yurmanglar. Balki mening amrimga zid ishlar k’ilishdan k’o’rk’inglar. Sizlarga zarar shu tufayli kelishi mumkin.
«Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal k’ilib berdim. Sizga ne’matimni batamom k’ildim. Va sizga Islomni din deb rozi bo’ldim».
Bu oyat K’ur’oni Karimning oxirgi tushgan oyatlaridan biri hisoblanadi. Avval aytilganidek, oyati karima Payg’ambarimizning sollallohu alayhi vasallam vidolashuv hajlarida tushgan. Ushbu oyati karima nozil bo’lganda hamma sahobalar, dinimiz mukammal bo’ldi, Alloh bizga ne’matini batamom k’ilib berdi, Islomni din deb rozi bo’ldi, deb cheksiz k’uvondilar. Ammo hassos k’albli inson, buyuk idrok va ak’l sohibi Umar ibn Xattob roziyallohu anhu yig’lar edilar. Bu holni ko’rgan sahobalar tashvishga tushdilar va: «Senga nima bo’ldi, ey Umar, nechun yig’lamok’dasan?» deb so’radilar. Shunda Hazrati Umar: «Har bir narsa mukammal bo’lganidan so’ng unga nuk’son etish boshlanadi. Men bu oyatni Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning vafotlarining yak’inlashganiga belgi deb bilmok’daman», dedilar.
Bu andisha hak’ik’at bo’lib chik’di: Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shu oyat nozil bo’lganidan sakson bir kun o’tganidan so’ng bu dunyoni tark etdilar.
Dinning mukammal k’ilingani, ne’matning batamom etib berilgani va Islomni din deb rozi bo’lingani to’g’risidagi xabar fak’at o’sha zamon musulmonlari yoki umuman musulmonlar uchungina emas, balki butun insoniyat uchun katta xursandchilik va bashorat edi. Bu ulkan shodlik xabari insoniyat o’zining uzok’ tarixi davomida saodat izlab k’ilgan harakat va urinishlariga toj kiydirib, go’zal natija bergan edi. Insoniyatning yaratgan xolik’i Alloh taolo uni asta-sekin tarbiya k’ilib keldi. Hamma avlodlarga Islomni din k’ilib bergan bo’lsa ham, har zamon va makonga o’ziga xos shariat berdi. Birinchi Payg’ambar Odam atoga berilgan shariat o’sha davrdagi sodda hayotga mos va o’sha vak’t vok’e’ligini hisobga olgan sodda shariat edi. Keyingi davrlarda ham Alloh taolo xuddi shu k’oida asosida har zamonning, makonning va jamiyatning o’ziga xos holatlarini e’tiborga olib shariatlar yuborib turdi. Tabiiyki, keyin kelgan shariat o’zidan avvalgisidan ko’ra mukammalrok’ bo’lar edi. Avvalgi Payg’ambarlar o’z k’avmlarigagina yuborilar edilar. Ularning Payg’ambarliklari, shariatlari ma’lum muddatga, ma’lum makonga va ma’lum jamiyat yoki k’avmga xos edi. Shu tarik’a ko’plab Payg’ambarlar, shariatlar yuborildi. Nihoyat–insoniyat o’z kamoliga etgan paytida, Alloh taolo Payg’ambarlarning oxirgisi Muhammad alayhissalomga samoviy kitoblarining so’nggisi K’ur’oni Karimni nozil k’ildi va u ork’ali jami insoniyat uchun, har zamon va har makonga salohiyati bor Islom shariatini joriy etdi. Bu esa, insoniyatga ulug’ sharaf edi. Ana shu oxirgi shariatning mukammal ta’limi va tatbik’i yigirma uch yil davom etdi. Boshlanishi Makkai Mukarrama yak’inidagi Hiro g’orida bo’lgan bo’lsa, davomi Madinai Munavvara va atroflarida, mukammal bo’lishi vidolashuv hajida–ushbu biz o’rganayotgan oyatning nozil k’ilinishi bilandir. Va nihoyat, Olamlarning Robbi O’zining mo’min-musulmon bandalariga:
«Bugungi kunda Men sizga diningizni mukammal k’ilib berdim», deb xitob k’ildi.
Ushbu xitob halol-harom, ba’zi hayvonlarni shar’iy yo’l bilan so’yish, k’ay holatda halol go’shtlar haromga aylanishi masalalariga oid oyati karima ichida kelishining o’zi e’tiborga sazovordir. Bu hol din degan tushuncha keng tushuncha ekanini, hozirgi ba’zi bir gumrohlarning fikricha, har odamning k’albida k’olishi lozim bo’lgan o’yi, xayoli va fikri emas, balki inson hayotining barcha sohalarini k’amrab oluvchi shomil tuzum-nizom ekanini ko’rsatadi. Din o’zida e’tik’od masalalarini ham, shu bilan birga, odob-axlok’, muomala, ma’naviyatlar, ta’lim-tarbiya, ik’tisod, siyosat, ijtimoiy masalalar, ibodatlar, halol-harom va boshk’a muammolarni ham o’z ichiga oladi.
Mazkur barcha ishlarda shariat hukmiga amal k’ilganlar Allohning amriga itoat etgan bo’ladilar. Amal k’ilmaganlar esa, Allohning amriga isyon k’ilgan bo’ladilar. Chunki mukammalligi Alloh taolo tomonidan e’lon etilgan shariatdan boshk’a tomonga og’ish uni e’tirof etmaslik bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, kufrga eltadi. Kimki Islom shariatini hayotiga dastur k’ilib olsa, ilohiy dasturni oladi, barkamol dasturni oladi. Uning ak’idasi barkamol bo’ladi. Ma’naviy hayoti barkamol bo’ladi. Ta’lim-tarbiyasi, odob-axlok’i, ik’tisodi, ijtimoiy hayoti, siyosati, turli alok’alari, tuzumlari barkamol bo’ladi. Ikki dunyodagi baxt-saodati barkamol bo’ladi. Borlik’ni yaratgan k’odir Alloh shu borlik’ xalifasi etib insonni ham O’zi yaratgan. O’zi yaratgan borlik’da O’zi yaratgan odam k’anday dasturga amal k’ilib yashasa, ikki dunyo saodatiga erishishini ham O’zi yaxshi biladi. Buyuk yaratuvchi Alloh mukammal k’ilib k’o’ygan ushbu dinga yurmay, boshk’a tuzumlarni axtarganlar esa, men Xudodan ham yaxshi yo’l topguvchiman, deb da’vo k’ilgan bo’ladi.
«Sizga ne’matimni batamom k’ildim».
Demak, dinni mukammal k’ilib berishning o’zi ulkan va batamom ne’matdir. Islomning ulug’ ne’matligini musulmon bo’lganlar biladi. Aynik’sa, avval turli johiliyatlar va ularning tuzumlarini sinab ko’rib, keyin musulmonlikka o’tganlar juda yaxshi biladilar. Islomsiz yashagan insonning hayvondan fark’i yo’k’ligini ana o’shalar ko’prok’ ta’kidlaydilar.
Alloh taolo mo’min bandalariga mukammal din k’ilib bergan Islomning batamom ne’mat ekanini yaratgan xolik’ni inkor etib yurgan xudosizlarning fojiali ok’ibatlarini ko’rganda yanada york’inrok’ tushunib etiladi. Bu hak’ik’atni xudosizlar dunyo xalk’lari boshiga olib kelgan bitmas-tuganmas musibatlarni idrok etganlar yaxshi biladilar.
Alloh taolo bandalariga mukammal din k’ilib bergan Islomning ulug’ ne’mat ekani molga, daraxtga, insonning jinsiy a’zosiga sig’inib, zalolatda yurganlarni ko’rganda bilinadi.
Bu ne’matning k’adri inson ak’liga or hisoblangan turli buzuk’ ak’idalarning holini ko’rganda tushuniladi.
Mukammal din Islomning bandalarga ulug’ ilohiy ne’mat ekani, halol-harom nimaligini ajratmay, xuddi hayvon kabi, k’o’liga tushgan narsasini eb-ichib, o’ziga o’zi bitmas-tuganmas dardlar orttirib olayotganlarni ko’rganda tushunib etiladi.
Mukammal din Islomning bandalarga ulug’ ilohiy ne’mat ekani axlok’-odobdan bexabar, otasini ham tanimaydigan, dunyodagi hech bir razolatdan k’aytmaydigan, bezori va jinoyatkor avlodlar etishib chik’k’anda bilinadi.
Mukammal din Islomning k’adri oilalar buzilib, er-xotin, ota-ona va farzandlar o’rtasidan, jamiyatdagi kishilar orasidan mehru ok’ibat ko’tarilib, odamlar bir-birlariga dushmanlik ruhida, behurmatlik ruhida, mehr-shafk’atsizlik ruhida shakllanib, ijtimoiy alok’alari buzilib bo’lgan jamiyatlarning holini ko’rganda bilinadi.
Mukammal din Islomning bandalarga ulug’ ilohiy ne’mat ekani ik’tisodiy holatlar og’irlashib, kishilar o’z mehnati samarasini ko’ra olmay, davlat yoki mulkdorlardan zulm chekib, bola-chak’asini bok’ish nari tursin, hatto k’ornini ham to’yg’iza olmay yurganida tushunib etiladi.
Shu bilan birga, boshk’a bir guruh nobakorlar oddiy insonlarning peshona teri bilan topgan mablag’larini xoh davlat nomi bilan, xoh ish odami nomi bilan, turli uslublar ila tortib olib, ayshu ishrat k’ilib yurganlarini anglab etganlar tushunadilar.
Mukammal din Islomning hak’ik’iy ilohiy ne’mat ekani kuchli kuchsizni eb, hammayok’da zulm urchib, inson o’z jonini, bolalarini, molu mulkini va obro’-nomusini himoya k’ila olmay k’olgan jamiyatlarni ko’rganda tushunib etiladi.
Mukammal din bo’lmish Islomning Alloh taolo tomonidan bandalarga ulug’ ne’mat k’ilib berilganini havoi nafsiga berilgan siyosatchilar xalk’larni bir-biriga urushtirib, k’onini to’kkanlari etmay, butun dunyoni vayron k’ilish xavfi ostiga olib kelib k’o’yganlarini hak’ik’iy tushunib etganlar anglaydilar.
Agar insoniyat bu ne’matning k’adriga etganida edi, uni k’abul k’ilib o’rgangan va hayotga tatbik’ etganida edi, dunyoda hech k’anday muammo k’olmagan bo’lar edi. Bekor ovora bo’lib, turli nazariyotlarga, mafkuralarga, dasturlarga va k’onun-k’oidalarga murojaat etib, o’zini k’iynamagan bo’lar edi.
«Va sizga Islomni din deb rozi bo’ldim».
Alloh taolo insoniyatga amal k’ilish uchun fak’at bitta dinni–Islomni rozi bo’ldi. Bundan boshk’a hech bir dinga rozi emas. Shu boisdan ham boshk’a dinlar uning dargohida k’abul emas. Alloh taoloning bu xitobi musulmon bandalari uchun ulkan sharafdir. Alloh taoloning katta inoyatidir. Shu bilan birga, bu inoyat musulmonlar zimmasiga katta mas’uliyat ham yuklaydi. Avvalo, musulmonlar Islomga to’lik’ amal k’ilishlarini, k’olaversa, o’zlariga nasib etgan ulug’ ne’matni butun dunyo xalk’lariga ham tark’atishlarini vazifa etib yuklaydi.
Mukammal din Islom bandalarga Allohning ulkan ne’mati ekanini insofli g’ayrimusulmon shaxslar ham har doim anglab kelganlar. Ulamolarimiz kitoblarida ishonchli manbalardan rivoyat k’ilishlaricha, yahudiylar Hazrati Umari Odil roziyallohu anhuning huzurlariga kelib:
«Sizlarning kitobingizda bir oyat bor, agar shu oyat biz yahudiylarga nozil bo’lganida edi, o’sha oyat tushgan kunni o’zimizga bayram k’ilib olar edik», degan ekanlar. Hazrati Umar roziyallohu anhu:
«K’aysi oyatni aytmok’chisizlar?» deb so’rabdilar. YAhudiylar:
«Bugungi kunda sizlarga diningizni mukammal k’ilib berdim», oyatini deyishibdi. Shunda Hazrati Umar roziyallohu anhu:
«Biz u kunni bir emas, ikki bayram k’ilganmiz: ham juma–haftalik bayram, ham k’urbon iydi–yillik bayram», degan ekanlar.
Yigirmanchi asr oxirlab kelayotgan hozirgi vak’tda ham boshk’a millat vakillaridan xuddi shu ma’nodagi xulosaga kelayotganlar ko’payib bormok’da. Dunyoning tarak’k’iy etgan etakchi davlatlaridan birining asli masihiy (xristian) bo’lmish bir ilg’or siyosatchisi o’z k’anoati ila musulmon bo’ldi va Islom hozirgi mavjud tuzumlarning o’rnini olishi zarurligini ta’kidlab, «Islom o’rin oluvchi sifatida» degan kitob yozdi.
Mazkur ulkan hak’ik’at bayon k’ilingach, oyatda yana avvalgi mavzuga k’aytiladi:
«Kimki gunohga moil bo’lmagan holda, ochlikda muztar bo’lsa, albatta, Alloh mag’firatli va rahmli zotdir».
Bu uslub ham K’ur’oni Karimning o’ziga xos ilohiy uslubidir. K’arang, halol-harom masalasini bayon k’ilish jarayonida, orada k’isk’a iboralar ork’ali bir olam ma’noni o’zida mujassam etuvchi hak’ik’atlarni ifodalab ketdi.
Yuk’oridagi hukmlarda ayrim holatlardagi go’shtlarning harom ekanligi ta’kidlangan edi. Oxirgi jumlada esa, istisno tarik’asida muztarlik (zaruratlik) holatida hukm nima bo’lishi o’rgatilmok’da. YA’ni, deylik, inson ochlikdan muztar bo’ldi–k’iyin holga tushib k’oldi, egani ovk’ati yo’k’, fak’at harom k’ilingan go’shtlar bor, xolos. Bular harom, deb ulardan iste’mol k’ilmasa, halok bo’ladi. Nima k’ilish kerak? Mana shunday holda, gunohga moil bo’lmagan holda, ya’ni, o’zini halokatdan sak’lab k’oladigan mik’dorda o’sha harom narsadan iste’mol k’ilsa, bo’ladi. Nochorlikdan k’ilingan bu ish uchun Alloh uni ik’ob k’ilmaydi. Zotan, Alloh mag’firatli va rahmli zotdir.
Tafsiri Hilol (Moida surasi 3-oyat)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.