Moskva shahrida shayx muhammad sodik muhammad yusuf rahimahulloh xotiralariga bagishlangan tadbir otkazi

Moskva shahrida shayx muhammad sodik muhammad yusuf rahimahulloh xotiralariga bagishlangan tadbir otkazi

Moskva shahrida shayx muhammad sodik’ muhammad yusuf rahimahulloh xotiralariga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi — o’zbekiston

Rossiya poytaxti Moskva shahrida Rajab oyining kirib kelgani va shu bilan bir k’atorda butun Islom dunyosiga mashhur bo’lgan o’zbekistonlik shayx Muhammad Sodik’ Muhammad Yusuf rahimahulloh xotiralariga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Yig’ilish joriy yilning 29 mart kuni Moskvaning MRO «Risolat» k’oshidagi «Ixlos» musulmon o’k’ituvchilar markazida uyushtirildi. Unda serk’uyosh O’zbekistondan kelgan mehmonlar, poytaxt mehmonlari, markazda ta’lim oluvchi talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbir muk’addas K’ur’on k’iroati bilan boshlandi. Uni asli o’zbekistonlik bo’lgan 9-sinf o’k’uvchisi Abduvali Jalolov o’k’ib berdi.
So’ng so’z navbati «Ixlos» markazi rahbari Anas hazratlariga berildi. Anas hazratlari shayx Hazratlari hak’laridagi york’in xotiralari bilan o’rtok’lashdi. U kishi barchani kirib kelgan Rajab oyi bilan k’utlab, bu oyning Islom tarixi va musulmonlar hayotida tutgan muhim ahamiyati hak’ida alohida to’xtalib o’tdi.
Yig’ilish davomida muborak Rajab oyiga bag’ishlangan she’rlar o’k’ildi, Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayotlaridan sahna ko’rinishlari k’o’yildi, shuningdek, nashidlar ijro etildi.
Bolalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning har bir musulmonga o’rnak bo’lishi lozim bo’lgan hayot yo’llari, fazilatlari hamda ahlok’iy sifatlari hak’ida gapirib berdilar.
Tadbir chog’ida shayx Muhammad Sodik’ Muhammad Yusuf rahimahullohning shogirdlari Rizk’ulbek Karimbekov ham so’zga chik’ib, o’k’uvchilarni ilm olishga chorladi, bu yo’lda o’zlariga muhtaram Shayx Hazratlarini o’rnak k’ilib olishlarini ta’kidladi.
Yig’ilish doirasida shayx Muhammad Sodik’ Muhammad Yusuf rahimahullohning hayotlari va faoliyatlaridan tasvirli yozuvlar k’o’yildi. Shayx Hazratlarining shogirdlari hamda maktab rahbari u kishini ilik’ xotiralar bilan yod etdilar.
Musulmon o’k’ituvchilar markazining talabalari, Shayx Hazratlarining vatandoshlari aka-uka Xurramovlar Hazrat tomonidan tarjima k’ilingan hadislarni o’zbek tilida aytib, Vatan hak’idagi she’rlar bilan yig’ilganlarni xushnud etishdi.
Abdurrahmon Xurramov ona tilida Hazratimiz hak’larida she’rlar o’k’irkan, ko’ziga yosh oldi. Uning orzusi shayx Muhammad Sodik’ Muhammad Yusuf rahimahulloh kabi Allohning solih bandasi bo’lish va shu bilan birga u kishining darajalariga etmok’lik ekanini o’rtok’lashdi.
Tadbir yakunida Shayx Hazratlarining Allohdan barcha musulmonlarni mag’firat k’ilinishini, butun dunyoda tinchlik hukm surishini so’rab O’zbekiston tuprog’ida k’ilgan duolarining tasvirli tasmasi namoyish etildi.
Mehmonga kelganlarni Shayx Hazratlarining k’izlari Odinaxon Muhammad Yusuf kutilmagan sovg’a bilan hayratga soldilar. Sovg’a tarik’asida o’zbek o’k’uvchi bolalarining Shayx Hazratlari davrasida k’ilgan chik’ishlarining bugun tarixga aylangan tasvirli roligini tak’dim etdilar.
So’ng chiroyli duo bilan hadyalar ulashdilar.
Shundan keyin yig’ilish mehmonlari hamda k’atnashchilari o’zbek milliy taomlari tortilgan dasturxonga taklif k’ilindilar.
Shayx Hazratlarining york’in xotiralariga to’la bu go’zal tadbir ishtirokchilarni yanada jipslashtirdi.
Alloh taolodan fazilatli shayx Muhammad Sodik’ Muhammad Yusuf rahimahullohning yaxshi amallari va mehnatlarining ajrlari behisob berilishini so’rab k’olamiz.
Iloho, olamlar Robbi butun dunyo musulmonlarini barakali ilm hamda solih amallar bilan siylasin!
Omin.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.