Moynok turizm markaziga aylanadi — ozbekiston
Mo’ynok’ turizm markaziga aylanadi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 fevral kuni «K’orak’alpog’iston Respublikasi Mo’ynok’ tumanini 2017?2018 yillarda ik’tisodiy rivojlantirish va bandlikni ta’minlashga doir k’o’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi k’arorni imzoladi. Bu hak’da Mehnat vazirligi matbuot xizmati xabar k’ildi .
Investision loyihalarning manzilli ro’yxatiga sanoatda umumiy k’iymati 30 mlrd so’m bo’lgan 28 ta, xizmat ko’rsatish va servis sohasida 17,2 mlrd so’mlik 28 ta, k’ishlok’ xo’jaligi mahsulotlarini k’ayta ishlash va k’ishlok’ xo’jaligini rivojlantirish bo’ycha 16 ta loyiha kiritilgan. Umumiy k’iymati 52,3 mlrd so’m, jumladan 990 ming AK’Sh dollariga teng bo’lgan 72 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 1343 ta yangi ish o’rini yaratilishi nazarda tutilgan.
Tijorat banklariga tadbirkorlik sub’ektlari uchun Markaziy bankning k’ayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi mik’doridagi foiz stavkasida kreditlar ajratish tavsiya etilgan.
K’arorda sobik’ «Mo’ynok’ balik’ konserva kombinati» va sobik’ 5-k’urilish boshk’armasining 20,5 ga hududida elektrotexnika, k’urilish materiallari, sug’orish uskunalari, suv nasoslari, suv hisoblagichlari, suv k’uvurlari, tayyor trikotaj, tikuvchilik va boshk’a zamonaviy mahsulotlarni ishlab chik’arishni tashkil etish bo’yicha «Mo’ynok’» kichik sanoat zonasini barpo etish ko’zda tutilgan.
Mo’ynok’ tumaniga investisiya kiritishga k’aror k’ilgan tadbirkorlar uchun respublikada muk’obili bo’lmagan o’ziga xos solik’ imtiyozlari va preferensiyalar tak’dim etiladi. 2017 yil 1 apreldan 2027 yil 1 yanvargacha bo’lgan k’ariyb 10 yillik muddat davomida «Mo’ynok’» kichik sanoat zonasida yangi tashkil etiladigan va uning maydonida sanoat sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’ektlari barcha turdagi solik’lardan, tuman hududida ro’yxatdan o’tgan va ushbu hududda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar k’at’iy belgilangan solik’dan ozod k’ilinishi belgilandi.
Bundan tashk’ari, tadbirkorlar tumandagi foydalanilmayotgan davlat ob’ektlarini ish o’rinlari ochish sharti bilan «nol» k’iymatda ijaraga olishlari mumkin. Davlat mulki bo’lgan yana 12 ta bo’sh bino ish o’rinlari ochish sharti bilan salohiyatli investorlarga «nol» xarid k’iymatida sotiladi.
Mo’ynok’ni rivojlantirish dasturida asosiy e’tibor sayyohlik salohiyatini shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlarga k’aratilgan. Turizmni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ro’yxatiga k’uyidagilar kiritilgan:
tuman markazida «Moynaq City Center» savdo-turizm kopleksini tashkil k’ilinishi va o’ziga xos Orol dengizi k’irg’ok’lari bo’ylab kvadrasiklda uchish, Orol dengizi unikal minerallariga to’yingan balchik’ (gryaz) bilan davolash, Orolning sertuzli davolash vannalarini k’abul k’ilish kabi turistik xizmatlar ko’rsatuvchi «Turizm Markazi» faoliyatini yo’lga k’o’yish;«Orol va Mo’ynok’ning k’ayta tiklanishi» mavzusida har yili xalk’aro ekofestival o’tkazish;«O’lkashunoslik» muzeyini k’ayta rekonstruksiya k’ilish va shu ork’ali dengiz hak’idagi tarixiy fotosur’atlar va videoyozuvlarni namoyish k’iluvchi zamonaviy 3-D texnologiyalar bilan jihozlash;k’urib borayotgan Orol dengizi ramzi sifatida uning k’irg’ok’ida Mo’ynok’ Mayakini k’urish va uning yondosh holda «dengiz to’lk’ini shovk’ini» musik’asi foni bilan kuy tartuvchi kafe-restorani k’urilishi;«Orol dengizi balik’laridan 99 turdagi taomlar» nomli Gastronomik festival o’tkazish;K’orak’alpok’ xalk’ shoirlari Berdax va Ajiniyazga bag’ishlangan Xalk’aro musik’iy-she’riy festivallarini tashkil k’ilish;Orol dengizining k’urib k’olgan hududidagi 11 ta kemani k’ayta tiklash va ularga k’izik’ish yuk’ori bo’lgan turistlar keluvchi mamlakatlar nomini berish;Orol dengizining k’urib k’olgan chegarasi belgilarini tiklash va bu joylarda dengizning eski xaritasi tushirilgan katta masshtabli bilbordlarni joylashtirish;«Suvni tejash texnologiyalari», «Suvni muhofaza k’ilish tadbirlari», «Dengiz va daryo havzalarining bioekologiyasini sak’lash va himoya k’ilish» va boshk’a mavzularda konferensiyalar o’tkazish;Orol mavzusi va dengizni tasvirlovchi suvenirlar ishlab chik’arishni yo’lga k’o’yish;K’orak’alpok’ va Mo’ynok’ an’analari timsoli tushirilgan gilam to’k’ish bo’yicha hunarmandchilik faoliyatini yo’lga k’o’yish;Mo’ynok’ning to’k’imachilik mahsulotlari va suvenirlarini sotish bo’yicha Nukus, Urganch, Xiva, Buxoro, Samark’and, Toshkent va boshk’a yirik shaharlarda savdo rastalari tashkil etish;Mo’ynok’ tumani va Orol dengizi turizm salohiyatini namoyish etishga doir yirik masshtabli bannerlar tayyorlash hamda Nukus, Urgench, Xiva, Buxoro, Samark’and va Toshkent shaharlarida bepul joylashtirish;Mo’ynok’ va Orol dengizi tarixi, hududning tabiati, hayvonot olami va tuman aholisining an’analari, urf-odatlari, Berdax va Ajiniyaz kabi k’orak’alpok’ xalk’ shoirlari va allomalari hak’ida hujjatli va badiiy filmlar hamda roliklar yaratish, ularni milliy televidenie ork’ali namoyish etib borish.
Mo’ynok’ tumani va Orol dengizi hududiga turistlarni kengrok’ jalb k’ilish imkoniyatlari, hududning tabiati, hayvonot olami va tuman aholisining an’analari, urf-odatlari hak’ida videoroliklar tayyorlash uchun «Moya Planeta», «National Geographic», «Animal Planet», «Viasat Explore» kabi etakchi telekanallarni taklif etish.
Turistlar ok’imi kamaygan mavsumlarda respublika mik’yosida oliy o’k’uv yurtlari talabalari, kasb-hunar kollejlari o’k’uvchilari va yirik tashkilotlar xodimlarini tashkillashtirilgan holda Mo’ynok’ tumani hududiga sayohatlarini amalga oshirish.
Mo’ynok’ tumani hududini yanada obodonlashtirish, ko’p k’avatli uylarning tom, fasad k’ismlari, pod’ezd va yo’laklarini ta’mirlash va o’rindik’lar o’rnatish, bolalar maydonchalari (o’yingohlari) tashkil k’ilish hamda atrofini tartibga keltirish kabi tadbirlarni amalga oshirish ham mo’ljallangan.
Комментарии 0