Muborak gqizning uch ishchisi gazdan zaharlanishdan vafot etdi — ozbekiston

Muborak gqizning uch ishchisi gazdan zaharlanishdan vafot etdi — o’zbekiston
20 sentyabr kuni Muborak gazni qayta ishlash zavodida gazdan propan va butan ajratish qurilmasini tozalash vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida zavod ishchilaridan 4 nafari gazdan zaharlangan. Bu haqda Uzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot khizmati khabar qildi.
Natijada 3 nafar khodim — sekh boshligi Azam Kuliev, operatorlar Qudrat Turaev va Umrzoq Urinovlar birinchi tibbiy yordam kursatilishiga qaramay voqea joyida vafot etishgan.
Operator Davron Botirov Muborak tumani markaziy kasalkhonasiga yotqizilgan. Uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.
Mazkur holatning kelib chiqish sabablarini urganish va bu kabi hodisalarning oldini olish buyicha hukumat komissiyasi tuzilib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Komissiya tomonidan vafot etganlarning oila azolariga barcha zaruriy yordamlarni kursatish buyicha choralar kurilmoqda.
Комментарии 0