Murod aliev normativlar futbolimiz rivoji uchun kerak — ozbekiston

Murod aliev normativlar futbolimiz rivoji uchun kerak — ozbekiston

Murod aliev: normativlar futbolimiz rivoji uchun kerak — o’zbekiston

«Bunyodkor» klubi bosh direktori Murod Aliev Uzbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlar haqida uz fikrini bildirib utdi.
“Uzbekiston Futbol Federasiyasi rahbariyatining asosiy maqsadi bitta – bu ham bulsa yurtimizda futbolni rivojlantirish. Ana shu yulda federasiya rahbariyati tomonidan bir qator islohotlar utkazilmoqda. Klublar, murabbiylar, futbolchilar oldiga jiddiy talablar quyilmoqda. Bir tomondan olib qaraganda, bu talablar juda ham qatiydek tuyuladi. Boshqa tomondan esa bu talablar urinli. Utgan 26 yil davomida terma jamoamiz Jahon chempionati va Olimpiadaga chiqa olmadi. Vaqt utyapti, mukhlislar kutyapti, khalq kutyapti, lekin natija yuq. Vaziyatning uzi uzgarishlarni talab qilmoqda.
Masalan, klublarni lisenziyalash buyicha quyilayotgan talablardan biri bu har bir klubning uz akademiyasi bulishi. Bu juda tugri talab. Hozirgi kunda yosh futbolchilarimizni mahoratini oshirmasak, ularni tugri saralab ololmasak, yakhshi natijaga erishib bulmaydi.
Yana bir masala, Superligada 12ta klubning ishtirok etishi. Bu chempionatimizning saviyasini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohot. Milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan ayrim jamoalarda formatning uzgarishi nega oldinroq elon qilinmadi, degan manoda etiroz bulyapti. Shu urinda savol tugiladi. Agar mavsum yakuni buyicha Oliy ligada 12ta jamoa qolishi avvalroq elon qilinganda, “Neftchi” kabi quyi urinlarda borayotgan jamoalar boshqacharoq uyin namoyish qilgan bularmidi? Har bir jamoa professionallikka intilib, uzi ishtirok etayotgan chempionatda faqat yuqori urinlar uchun kurashishi kerakmasmi?
Uzbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlardan yana biri bu Superligada ishtirok etadigan jamoa futbolchilaridan normativlar qabul qilish. Bunday normativlarni qabul qilish, futbolchilar jismoniy holatini nazorat qilish umuman olganda birinchi navbatda har bir jamoaning uzi uchun muhim. Okhirgi uyinlar futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi past ekanini kursatib bermoqda. Shundan khulosa qilib aytadigan bulsak, normativlar futbolimiz rivoji uchun kerak.
Kelasi mavsumda bizni yangilangan chempionat kutmoqda. Men shu urinda mukhlislarga murojaat qilmoqchiman. Stadionlarga kelinglar, futbol birinchi navbatda Siz mukhlislar uchun. Tugri, bazan Siz mukhlislik qiladigan jamoangiz maglubiyatga uchrashi, kutilgan natijani qayd qila olmasligi mumkin. Mana shunday paytlarda mukhlislarning qullab-quvvatlashi juda muhim. Futbol baribir mukhlislar bilan guzal”, — deydi “Bunyodkor” klubi bosh direktori Murod Aliev.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.