Mutolaa madaniyatini oshirishga tizimli etibor karatiladi — ozbekiston

Mutolaa madaniyatini oshirishga tizimli etibor karatiladi — ozbekiston

Mutolaa madaniyatini oshirishga tizimli e’tibor k’aratiladi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 12 yanvar kuni «Kitob mahsulotlarini chop etish va tark’atish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot k’ilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida»gi farmoyishni imzoladi. Hujjat matni O’zA tomonidan e’lon k’ilindi.
Farmoyishda mustak’illik yillarida kutubxona va nashriyotchilik borasida erishilgan yutuk’lar bilan bir k’atorda aholi, aynik’sa yoshlar o’rtasida mutolaa madaniyatini oshirishga oid k’ator muammolar sanab o’tilgan.
Avvalo, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga k’aratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining etuk asarlarini saralash, tarjima k’ilish ishlari puxta o’ylangan tizim asosida tashkil etilmagan, deyiladi hujjatda.
Chop etiladigan kitoblarni nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda etkazish, onlayn buyurtma berish va manzilga etkazish tizimi sust rivojlangan, shuningdek, aholiga xizmat ko’rsatishda elektron kitob shakllaridan keng foydalanish yaxshi yo’lga k’o’yilmagan.
Ta’lim va madaniyat muassasalari uchun kitob xarid k’ilishga mablag’lar etarli darajada mavjud bo’lgan manbalar hisobidan jalb etilmayapti, kitob sotishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan ta’lim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarda yangi kitoblar tak’dimotini o’tkazish, mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy-axborot vositalari ork’ali targ’ibot-tashvik’ot k’ilishga k’aratilgan tadbirlar etarli emas.
Ushbu sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bo’yicha tegishli takliflarni tayyorlash mak’sadida bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida kitob mahsulotlarini chop etish va tark’atish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot k’ilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chik’ish bo’yicha ishchi guruh va kichik ishchi guruhlar tashkil etilishi belgilandi.
Bunda k’uyidagi masalalarni atroflicha o’rganish va chuk’ur tahlil k’ilish asosida tegishli takliflarni ishlab chik’ish topshirildi:
aholi, aynik’sa, yoshlar orasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o’stirishga xizmat k’iladigan kitoblarga bo’lgan talabni o’rganish, shu jumladan, ijtimoiy so’rovlar ork’ali anik’lash, nashriyotlar tomonidan chik’ariladigan badiiy, ma’rifiy, yoshlarning dunyok’arashini kengaytirishga doir adabiyotlarning (shu jumladan, elektron shaklda) umumiy buyurtma ro’yxatini shakllantirish tizimining holati;kitoblarni chop etish hamda aholiga etkazib berishni o’z ichiga olgan boshk’aruv tizimining, shuningdek, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o’zbek tiliga va o’zbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini chet tillariga tarjima k’ilish ishlarining tank’idiy tahlili;noshirlar va adiblarni moliyaviy rag’batlantirish, bolalar adabiyotiga ixtisoslashgan nashriyotlarga moliyaviy imtiyozlar berish va moddiy k’o’llab-k’uvvatlash tizimini shakllantirish, matbaa korxonalari va nashriyotlarga kitob ishlab chik’arish uchun sifatli k’og’oz va matbaa xomashyolarini chetdan xarid k’ilish tartibini takomillashtirish;kitob tark’atish tizimini yanada rivojlantirish va aholining keng k’atlamini k’amrab olish, kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish bo’yicha anik’ mexanizmlarni ishlab chik’ish;ixtisoslashgan kitob do’konlari uchun viloyat, tuman markazlari va shaharlarda hamda k’ishlok’larda aholi gavjum va k’ulay hududlardan joy ajratish yoki ijaraga berish masalalarini k’ayta ko’rib chik’ish, sotuv aylanmasida kitob ulushining hajmi 70 foizdan ko’p bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlarini alohida statistik hisobga olish va ularga tegishli solik’ imtiyozlari k’o’llash; mavjud axborot-kutubxona muassasalari aholining keng k’atlamlariga xizmat ko’rsatishi zarurligidan kelib chik’ib, ularning viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo’yicha joylashish va bo’ysunish tartibini k’ayta ko’rib chik’ish, faoliyati hamda o’zaro hamkorligini takomillashtirish;axborot-kutubxona muassasalarining, aynik’sa, ta’lim sohasidagi axborot-resurs markazlari fondlarini shakllantirishda o’k’uv adabiyotlari bilan bir k’atorda badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ro’yxatini hamda ularni xarid k’ilish bo’yicha xarajatlar smetasini k’ayta ko’rib chik’ish;chop etilayotgan kitoblarni aholi o’rtasida ommaviy axborot vositalari, jumladan, «Madaniyat va ma’rifat» telekanali ork’ali targ’ib k’ilish, ta’lim muassasalari, kutubxonalar, mahallalarda kitob mualliflari bilan ijodiy uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etish hamda ta’lim muassasalari, aynik’sa, maktabgacha va boshlang’ich ta’limda o’k’ish madaniyati va mutolaa ko’nikmalarini shakllantirish;ta’lim muassasalarida sinfdan tashk’ari o’k’ish uchun tavsiya etilgan o’zbek va chet el adiblarining mumtoz va zamonaviy asarlarini tanlab, xrestomatiya adabiyotlari ro’yxatlarini k’ayta ko’rib chik’ish va o’k’uv jarayoniga mutolaa etilgan asarlar asosida insho yozish tizimini joriy etish, adabiyot to’garaklari faoliyatini moddiy k’o’llab-k’uvvatlash tizimini k’ayta k’o’rib chik’ish;hududlarda yozuvchi-shoirlar ishtirokida kitob bayrami va yarmarkalarini tashkil etish, aholi o’rtasida badiiy jihatdan yuksak milliy va jahon mumtoz adabiyotlari namunalarini targ’ib k’ilish, kitobxonlar, bosma va elektron kitob ishlab chik’aruvchilar, kitob sotuvchilar hamda kutubxonachi va targ’ibotchilar orasida tanlovlar («Yilning eng yaxshi kitobi», «Eng yaxshi kitobxon oila», «Yilning eng yaxshi bolalar kitobi», «Yilning eng yaxshi audio kitobi», «Yilning eng yaxshi elektron kitobi» kabi) o’tkazish tizimini takomillashtirish.
Farmoyishga muvofik’, dastur ikki oy muddatda ishlab chik’ilishi va tasdik’lanishi lozim.
Mamlakatda bugungi kunda 1677 poligrafiya korxonasi va 118 nashriyot ro’yxatga olingan, Milliy kutubxona, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazlari va ta’lim muassasalarining 200 ga yak’in axborot-resurs markazlari faoliyat ko’rsatmok’da.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.