Narimon umarov poytaxtlik saylovchilar bilan uchrashdi — ozbekiston

Narimon umarov poytaxtlik saylovchilar bilan uchrashdi — ozbekiston

Narimon umarov poytaxtlik saylovchilar bilan uchrashdi — o’zbekiston

O’zbekiston «Adolat» sosial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narimon Umarov 10 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi. Partiya matbuot xizmati xabariga ko’ra, unda 700 nafardan ziyod kishi ishtirok etdi.
Narimon Umarov saylovchilarga saylovoldi dasturining asosiy yo’nalishlarini bayon k’ilar ekan, xalk’ uchun munosib hayot sharoiti yaratish, davlat va jamiyat boshk’aruvida aholining munosib ishtirokini ta’minlash, siyosiy islohotlarning yanada chuk’urlashtirilishi, jamiyatda demokratik k’adriyatlarning mustahkamlanishi va rivojlanishi, adolat, inson huk’uk’ va erkinliklari ustuvorligi ta’minlanishi uchun bor kuchini safarbar etishga va’da berdi.
«Adolat» partiyasidan prezidentlikka nomzod aholining talab va ehtiyojlaridan kelib chik’ib, uy-joy sotib olish va k’urish uchun ajratilayotgan ipoteka kreditlash jarayonini takomillashtirish va foizlarini optimallashtirish, uy-joy bozoridagi firibgarliklar uchun javobgarlikni va nazoratni kuchaytirish, uy-joy-kommunal kompleksi ishini yanada yaxshilash, aholi uchun belgilanayotgan kommunal to’lovlar mik’dorini doimiy nazoratda tutish, bu sohalarda aholiga xizmat ko’rsatadigan muk’obil tashkilotlar o’rtasidagi rak’obatni oshirishga k’aratilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirishini k’ayd etdi.
Shu bilan birga, bunyod etilayotgan zamonaviy uy-joylarning loyihasini ishlab chik’ishda ularga innovasion, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda muk’obil energiya manbalaridan keng foydalanishga e’tibor k’aratish lozimligini ta’kidladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.