Navbahor futbolchilar tanishtirildi — ozbekiston

Navbahor futbolchilar tanishtirildi — ozbekiston

«navbahor: «futbolchilar tanishtirildi» — o’zbekiston

Bundan biroz vak’t oldin Namangandagi “Markaziy” o’yingohning majlislar zalida 2017 yilgi chempionatda jamoamiz sharafini himoya k’iladigan futbolchilarning tak’dimot marosimi bo’lib o’tdi, deya xabar beradi jamoa rasmiy sayti.
Tak’dimot marosimida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti Xayrulla Xayitboevich Bozarov, Namangan shahar hokimi, «Navbahor» futbol klubi prezidenti Bahodir Mamatovich Bekxodjaev, “Navbahor” futbol klubi vise-prezidenti Akramjon Gapparovich Dedabaev, klub rahbariyati, “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabi, asosiy tarkib a’zolari hamda “Navbahor” jamoasining bir guruh ishk’ibozlari ishtirok etishdi.
Tak’dimot marosimini Namangan viloyat futbol federasiyasi vise-prezidenti Bahrom Xolmirzaev ochib berdi. Shundan so’ng Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti Xayrullo Bozarov so’zga chik’ib, jamoa futbolchilari oldida turgan mas’uliyatli vazifa xususida fikr yuritdi. Shu bilan birgalikda Bozarov o’z so’zida “Navbahor” jamoasini O’zbekiston chempionatlari o’tkazila boshlagandan beri oliy ligada muntazam ravishda k’atnashib kelayotgan uchta jamoadan biri ekanligini ham alohida e’tirof etdi. Shuningdek, viloyat rahbari bugungi kunda futbolchi va murabbiylar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berilayotganligi ham aytib o’tib, murabbiy va futbolchilarga yuk’ori marrani ko’zlagan holda chempionatda fak’at sovrinli o’rinlar uchun kurashish va “Navbahor” jamoasining avvalgi shon-shuhratini tiklash vazifasini k’o’ydi. Bu borada jamoa a’zolariga omad yor bo’lishiga tilak bildirdi.
Shundan so’ng mavsumlar oralig’ida “Navbahor” jamoasi tarkibidan joy olgan futbolchilarni tanishtirish marosimi o’tkazildi. Mavsum arafasida “Navbahor” a’zosiga aylangan futbolchilarga o’yin formalari topshirildi. Unga ko’ra darvozabonlar Amanov Asilbek 30, Ortik’ov Akmal 1, Ashurmatov Nodirjon 12, himoyachilar Mehmonov Jahongir 32, Samatov Alisher 2, Ergashev Hasanboy 3, Stanoevich Darko 44, Otaxonov Abbos 4, Komilov G’iyosjon 5, yarim himoyachilar Xursanov Ravshanbek 8, Mirzaev Alisher 20, Saidov Mansur 10, K’ilichev Oybek 7, G’ofurov Mirzohid 19, hujumchilar Yovanovich Nemanya 84, Sultanov Abduaziz 11, Ahmedov Ro’zimbay 22 va Talipov Timur 95-rak’amda harakat k’iladigan bo’ldilar.
Tadbir davomida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiy Ilhom Mo’minjonov so’zga chik’di: — Jamoamiz joriy yilgi mavsumga tayyorgarlikni asosiy k’ismini Toshkentda olib bordi. Mavsumga munosib tarzda tayyorgarlik ko’rishimiz va tarkibni shakllantirishda Xayrulla Hayitbaevich Bozarov boshchiligidagi viloyat rahbariyati zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdi. YAngi mavsumda viloyat rahbariyati va muxlislar tomonidan bildirilgan ishonchni ok’lash uchun harakat k’ilamiz. Ishk’ibozlarimizning munosib tarzda k’o’llab-k’uvvatlashlariga ishongan holda maydonga chik’ib, viloyat ahlini xursand k’ilish uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.
Bosh murabbiydan keyin jamoa sardori Dilshod Jabborov futbolchilar nomidan so’zga chik’di: — Jamoamizni mavsumga munosib tarzda tayyorgarlik ko’rishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berilgani uchun jamoamiz a’zolari nomidan minnatdorchilik bildirib o’taman. 2017 yilgi chempionatda oldimizga k’o’yilgan vazifani bajarish uchun k’o’limizdan kelganicha harakat k’ilib, jamoamiz muxlislarini xursand k’ilishga harakat k’ilamiz. Bildirilgan ishonchga maydondagi mazmunli o’yinlarimiz ork’ali javob berish uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.