Navroz bayrami hakida — islomda — ozbekiston

Navroz bayrami hakida — islomda — ozbekiston

Navro’z bayrami hak’ida — islomda — o’zbekiston

Navro’z bayrami hukmi
Bismillahir rohmanir rohiym
Barcha mak’tovlar Allohga xosdir. Biz Unga hamd va istig’forlar aytib, undan nafsimizning shumligi va amallarimizning yomonligidan panoh so’raymiz. Alloh hidoyat k’ilgan kimsani adashtiruvchi, adashtirgan kimsani to’g’ri yo’lga soluvchi zot yo’k’dir. Men «YAgona, sheriksiz Allohdan boshk’a iloh yo’k’ va Muhammad Uning bandasi va rasulidir» deb guvohlik beraman.
«Ey mo’minlar, Allohdan hak’-rost k’o’rk’ish bilan k’o’rk’inglar va fak’at musulmon bo’lgan hollaringda dunyodan o’tinglar!» (Oli Imron: 102).
«Ey insonlar! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini vujudga keltirgan hamda u ikkovidan ko’p erkak va ayollarni tark’atgan Robbingizdan k’o’rk’ingiz! YAna oralaringizdagi savol-javoblarda o’rtaga nomi solinadigan Allohdan k’o’rk’ingiz va k’arindosh-urug’laringiz (bilan ajralib ketishdan k’o’rk’ingiz)! Albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi bo’lgan zotdir» (Niso: 1).
«Ey mo’minlar, Allohdan k’o’rk’inglar, to’g’ri so’zni so’zlanglar! (Shunda Alloh) ishlaringizni o’nglar va gunohlaringizni mag’firat k’ilar. Kim Allohga va Uning payg’ambariga itoat etsa, bas u ulug’ baxtga erishibdi» (Ahzob: 70, 71).
So’ng…
Darhak’ik’at, so’zlarning rosti – Allohning Kalomi, yo’llarning yaxshisi – Muhammad sollallohu alayhi vasallamning yo’li, ishlarning yomoni – (dinda) yangi paydo k’ilinganlari, (dinda) yangi paydo k’ilingan barcha narsa bid’at, barcha bid’at – zalolat, barcha zalolat esa jahannamga eltuvchidir.[1]
«Navro’z» kalimasi asli forscha so’z bo’lib, «YAngi kun» degan ma’noni ifodalaydi. Navro’z olovga sig’inuvchi majusiylarning eng katta va mashhur bayramlaridan biri hisoblanadi.
Navro’z forscha shamsiy yilning boshi bo’lib Ozar oyining o’n to’rtinchisiga to’g’ri keladi va yana besh kun davom etadi. Milodiy yilning esa yigirma birinchi martiga to’g’ri keladi.
Aytishlaricha Fors podshohlaridan biri Jamshid podshohlik taxtiga o’tirgan kun Navro’z deb atalgan ekan. Umuman olganda bu to’g’risida rivoyatlar ko’p.
Fors avomlarining odatlarigu ko’ra, ular Navro’z kechasi o’t yok’ib, ertasi ertalab ko’chalarga suv separ ekanlar.
Bu bayramni yana Bahoiylar ham nishonlashadi. O’n to’k’k’iz kun ro’za tutib, buning yakunida yigirma birinchi Ozarmohda bayram k’iladilar.
Misr K’ibtiylari ham Navro’zni yil boshida nishonlashadi. Ularda bu bayram «Nasim shamoli» degan nom bilan mashhur. K’ibtiylar Fir’avn sulolasidandir.
Imom Zahabiy rahimahulloh aytadilar: «Ammo Navro’zga kelsak, Misrliklar Navro’zni juda haddan oshib nishonlashadi. Navro’z bu k’ibtiylarning eng birinchi kunidir. K’ibtiylar Navro’zni bayram k’ilib olishgan, ularga tak’lid k’ilib misrliklar ham nishonlashadi» («Tashabbuh al-Xasis bi ahlil-Xomiis» 46. Islom Universitetining jurnalidan, 103-104 sahifa).
Bu bayramni nishonlashga da’vat etib musulmonlar diyorida birinchi bo’lib Fotimiylar nomi bilan tanilgan Ubaydiylar olib kirganlar.
Islomda dinga umuman alok’asi bo’lmagan barcha bayramlarni nishonlash joiz emas, balki haromdir. Chunki bayramlar – shariat, yo’l va ibodatlar jumlasiga kiradi.
Alloh taolo aytadi:
«Biz barcha millatga o’z marosimlarini joriy k’ilganmiz» (Haj: 67).
K’ibla, namoz, ro’za va hokazo ibodatlar bilan bayramlar nishonlash kabi ishlarning orasida hech k’anday fark’ yo’k’. Bayramlar shariatni ajratib turadigan eng asosiy xususiyat va shar’iy an’analarining eng ko’zga ko’ringanidir. Shunday ekan, ushbu bayramlarda kofirlarga muvofik’ kelish va ularga o’xshash kufr k’onunlarining eng xos xususiyatiga va eng ko’zga ko’ringan an’analariga muvofik’ kelish va o’xshashlikdir.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: «Kim bir xalk’k’a o’xshasa, bas u, ulardan biridir!» – deganlari nak’l k’ilingan (Abu Dovud 4031; Imom Ahmad 2/50).
Shayxulislom Ibn Taymiya rahimahulloh ushbu hadis borasida shunday deganlar: «Ushbu hadis yuzaki ma’nosi bilan kofirlarga o’xshashning kufr ekanini ifoda etsada, ozi bilan kofirlarga o’xshashning harom ekanini bildirmok’da. Zero Alloh taoloning k’uyidagi oyati ham shu ma’nodadir:
«Sizlardan kim ularga do’st bo’lsa, bas, u o’shalardandir» (Moida: 51)».
Musulmon kofirlardan namuna olmasligi, ulardan bezor bo’lishi, ulardagi Allohga keltirilayotgan kufr va ma’siyatlardan nafratlanishi kerak. Holbuki buni Alloh taolo shunday ifodalamok’da:
«Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan k’avmning Alloh va Uning payg’ambari chizgan chizik’dan chik’k’an kimsalar bilan do’stlashayotganlarini topmassiz» (Mujodala: 22).
«Ey mo’minlar, yahudiylar va nasroniylarni do’st tutmangiz! Ularning ba’zilari ba’zilariga do’stdirlar. Sizlardan kim ularga do’st bo’lsa, bas, u o’shalardandir. Albatta, Alloh zolim k’avmni hidoyat k’ilmas» (Moida: 51).
Imom Bayhak’iy rahimahullohdan sahih sanad bilan kelgan rivoyatda Umar ibn Xattob roziyallahu anhu shunday degan ekanlar: «Mushriklarning bayram kunlarida ularning ibodatgohlariga kirmagin, chunki ularning ustiga (Allohning) g’azabi tushadi».
YAna Umar roziyallohu anhu shunday degan ekanlar: «Allohning dushmanlaridan ularning bayramlarida uzok’ bo’linglar» (Bayhak’iy 18641).
Shayxulislom Ibn Taymiya dedilar: «Kofirlarning biror bayramiga tak’lid k’ilishlik, ularning botil e’tik’od va urflariga rozi bo’lishlikni bildiradi». YAna dedilar: «Musulmonlarning kofirlarga ular bayramlarida foydalanadigan narsalarni: ovk’at, libos, rayxon va shu kabi ashyolarni sotishlari haromdir» («al-Ik’tido» 229).
Alloma Ibn al-K’oyyim dedilar: «Kofirlarni bayramlari munosabati bilan tabriklash harom ekanligiga ulamolar ijmo k’ildilar». YAna dedilar: «Bu xuddi birovni arok’ ichgani, k’otillik yoki zino k’ilgani bilan tabriklash kabidir» («Ahkamu ahliz-zimma» 1/441).
Shayx Usaymin dedilar: «Musulmon kishi kofirlarning bayram marosimlariga bo’lgan takliflarini k’abul k’ilishi haromdir. Chunki bu ularni tabriklashdan ko’ra k’attik’rok’ ish va ular bilan shu bayramda ishtirok k’ilishdir» («Majmu’ul-fatava va rasail» 3/369).
Shularga ko’ra musulmon odamning kofirlarning marosimlari va bayramlarini nishonlashi, ushbu munosabat bilan k’uvonch izhor k’ilishi, tili, e’lon lavhalari, ro’znoma, oynoma, tabriknoma va shu kabi narsalar bilan tabriklashi joiz bo’lmaydi.
Anas ibn Molik rozyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Madina shahriga ko’chib kelganlarida madinaliklarning ikkita bayrami bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu k’anday kunlar?» – deb so’radilar. Madinaliklar: «Biz johiliyat davrida bu kunlarda bayram k’ilar edik» – dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga dedilar: «Alloh sizlarga bu ikki kunni ulardan ko’ra yaxshirok’ bo’lgan kunlar: Ro’za va K’urbon hayitiga alishtirdi»» (Abu Dovud 1134, Nasoiy 1555, Ahmad 3/178, Abdurrazzok’ 15566. Hofiz Ibn Hajar va shayx Alboniy hadisning sahihligini tasdik’lashgan. K’arang: «Silsila al-Ahadis as-Sahiha» № 2021).
Agar kofirlarning bayramlarida ishtirok etish yoki ularning bayramlarini nishonlash musulmonlar uchun halol bo’lganida, Alloh taolo Madina ahlining bayramlarini alishtirmagan bo’lar edi.
Shayx Valiyulloh Dehlaviy o’zining «Hujjatillahil balig’a» kitobi «Ikki bayram» nomli bobida (2/30-31) aytadilar: «Ikki bayramdagi asos, har bir halk’ning o’zining kuni borligi, ular u kunda yasanishadi va shaharlariga o’z ziynatlarida chik’ishadi. Bu urf albatta har bir millatda bo’ladi, xoh u arab bo’lsin, xoh ajam. Payg’ambar (sollallohu alayhi va sallam) Madinaga kelganlarida, o’sha er aholisida ular shodlanadigan ikki kun borligini ko’rdilar va dedilar: «Alloh sizlarga bu ikki kunni ulardan ko’ra yaxshirok’ bo’lgan kunlar: Ro’za va K’urbon hayitiga alishtirdi». Aytishlaricha ularning bayramlari «Navro’z» va «Mahrajon» bo’lgan.
Payg’ambar (sollallohu alayhi va sallam) ularning bu ikki kunlarini alishtirishga shoshdilar. Chunki, odamlarda k’anday bir bayram bo’lmasin, o’sha bayramning sababi o’sha xalk’ning marosim va urf-odatlarini ulug’lash, yoki o’sha yurt hukmdorliga xushomadgo’ylik k’ilish, yoki shunga o’xshash sabablar bo’lgan. Shuning uchun ham Payg’ambar (sollallohu alayhi va sallam) agar ularni va ularning urflarini o’z holida k’oldirsalar, oxir ok’ibat odamlarda johiliyat marosimlarini ulug’lashga bo’lgan xohish va ota-bobolarining marosimlarini yoyish ularga g’olib kelishidan k’o’rk’dilar. Shuning uchun ham ular (ikki kunlarini) tavhid dini marosimlari ulug’lanadigan va mak’taladigan ikki kunga alishtirdilar. So’ng oddiy ziynat sifatida Allohning zikri va ba’zi bir ibodat turlarini k’o’shib k’o’ydilar. Buning sababi, musulmonlarning jamlanishlari oddiy ko’ngilxushlik bo’lib k’olmasin va musulmonlarning jamlanishida Allohning So’zi ulug’lanmay k’olmasin».
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytdilar: «Kimda kim arab bo’lmagan ajamlar o’lkalaridan o’tib, ularning Navro’z va boshk’a bayramlarini nishonlasa, hamda ularga o’xshab, ularga tak’lid k’ilib o’lib ketsa, ular bilan K’iyomat kunida birga turadi» (Imom Bayhak’iy «as-Sunan al-Kubro»da 9/ 432, Ibn Taymiya «al-Ik’tido»da sahih deb aytgan, 1/754).
Ibn Taymiya Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumoning «ular bilan K’iyomat kunida birga turadi» degan so’zlariga ta’lik’ yozib aytadilar: «Garchi Abdulloh ibn Amr so’zlarining zohiri bu amalni k’ilish kofir bo’lishni ko’rsatsada, bu ishlarning hammasida ularga o’xshasa kofir deb e’tiborga olganlarini yoki do’zaxga olib boruvchi katta gunohlardan deb e’tiborga olganlarini ifodalaydi» (1/954).
Muhammad ibn Siyrin rivoyat k’iladilar: «Bir kuni Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga sovg’a olib kelishdi. «Bu nima?» deb so’radilar. Ular: «Ey Amirul mo’’minin, bugun Navro’z kuni!» deyishdi. Shunda: «Har kun «Firo’z» k’ilinglar» dedilar. Roviy Abu Usoma aytadilar: «Ali roziyallohu anhu «Navro’z» deb aytishni yok’tirmaganlar»» (Imom Bayhak’iy «as-Sunan al-Kubro»da 9/532).
Ibn Taymiya aytadilar: «Ali ibn Abu Tolib ularning bayramlarini hatto nomida ham to’g’ri kelib k’olishni yok’tirmaganlar, endi amalda bir xil bo’lsa k’anday bo’larkan?!» («al-Ik’tido» 1/954).
Ulamolarning barchalari kofirlarning bayramlarida hozir bo’lish va ularga o’zini o’xshatish harom deb fatvo berganlar. Navro’z bayrami ham shular jumlasidandir. Bu Hanafiy, Molikiy, Shofi’iy va Hanbaliylar mazhabidir («al-Ik’tido» 2/425, «Ahkam ahli az-zimma» 1/723-724).
Hanafiy mazhabining mashhur ulamolaridan alloma Mullo Aliy al-K’oriy rahimahulloh «Fik’hul-akbar» kitobiga bitgan sharhlarida «Dindan chik’aradigan lafzlar va harakatlar» bobida yozadilar: ««Al-Xulosa»da keladiki, Navro’z bayrami kuni majusiyga bir tuxumni sovg’a k’ilgan odam kofir bo’ladi. Chunki u majusiyning kufri va zalolatiga yordam berdi yoki sovg’a berishi bilan ularga o’xshadi. Ba’zilar: «Musulmon Navro’z bayramida musulmonga sovg’a bersa kofir bo’lmaydi» demok’dalar. Bu so’zga dik’k’at etish kerak. Chunki bu ishda majusiylarga o’xshashlik bordir. Tabiiyki, k’asdsiz (bilmay) Navro’z bayramiga kelib k’olgan odamning hukmi fark’lidir» (499-bet).
Mullo Aliy al-K’oriy rahimahulloh yana aytadilar: «Kimki Navro’z kuni kofirlar (bayrami uchun) yig’iladigan erga chik’sa, kofir bo’ladi. Chunki bu kufrni e’lon k’ilishdir» (Yuk’oridagi manba, 500-bet).
«Al-Fatava as-Sug’ro» kitobida shunday deyilgan: «Navro’z kuni ilgari odatlanmagan narsani Navro’z bayramini ulug’lab sotib olgan kishi katta gunohni k’ilib, kofir bo’ladi. Chunki u kofirlarning bayramlarini ulug’ladi» (Imom Abu Hanifa rahimahullohning «al-Fik’hul-Akbar» kitobiga yozilgan sharh: 186).
Ibn Turkmaniy al-Hanafiy ayrim musulmonlar g’ayri dinlar bayramlarida katta nafak’alar k’ilishlari va bolalarini ko’chalarga olib chik’ishlarini zikr k’ilib, buning so’ngida aytadilar: «Ayrim Hanafiy olimlari aytganlar: «Kimda kim yuk’orida aytilganlarni k’ilsa-yu, tavba k’ilmasa ularga o’xshab kofir bo’ladi»».
Hanafiy mazhabining shayxi, alloma Abu al-Mahosin Hasan ibn Mansur ibn Mahmud K’ozixon aytganlar: «Bir kishi Navro’z kuni boshk’a kunlarda sotib olmagan narsasini sotib olsa, agar shu bilan Navro’zni deb sotib olgan bo’lsa, kufr bo’ladi, foydalanish, sarflash mak’sadida k’ilsa, Navro’z deb sotib olmagan bo’lsa, kufr bo’lmaydi».
«Majmaun-Navazil» kitobida shunday deyilgan: «Majusiylar Navro’z bayramida to’planganida musulmon: «K’anday yaxshi yo’l topishibdi!» desa kofir bo’ladi, deyilgan. Nega?! Chunki u Islom odatlarini k’abohatga chik’arishni kafolatlash bilan birga, kufr tuzuklarini mak’tamok’da».
Abu Hafs al-Kabir al-Hanafiy rahimahulloh aytganlar: «Agar bir kishi ellik yil Allohga ibodat k’ilib, so’ng «Navro’z» bayramida, shu kunni ulug’lamok’chi bo’lib mushriklarning biriga tuxum sovg’a k’ilsa, o’zi kofir bo’lib amallari habata bo’ladi» («Bahr ar-Roik’ sharh Kanzu ad-Dak’oik’» 8/555, Ibn Hajar «Fathul Boriy» 2/315).
«Jome’ al-Asg’ar» sohibi dedilar: «Agar bir musulmon «Navro’z» bayramida boshk’a bir musulmonga sovg’a berib, bu sovg’asi bilan «Navro’z» kunini ulug’lamay, aksincha ayrim odamlar odatiga ko’ra bergan bo’lsa kofir bo’lmaydi. Kofir bo’lmasa ham, majusiylarga o’xshab k’olmaslik uchun, aynan «Navro’z» kunida sovg’a k’ilmay, yoki oldin, yoki keyin berishi kerak. Chunki Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kimda-kim o’zini biron k’avmga yxshatsa, bas, u ham ulardan biridir» (Imom Ahmad 2/50 va Abu Dovud 4021). YAna aytadilar: «Bir kishi «Navro’z» kunida kofirlar xarid k’iluvchi narsani xarid k’ilib olsa, bundan oldin xarid k’ilmagan bo’lsa, xaridi bilan kofirlar ulug’laganidek bu kunni ulug’lamok’chi bo’lsa, kofir bo’ladi. Agar eyish, ichish yoki foydalanish mak’sadida xarid k’ilgan bo’lsa, kofir bo’lmaydi» («al-Bahrur Roik’ sharh Kanzu ad-Dak’oik’» 8/555).
Imom az-Zayla’iy hanafiylarning «Tabyin al-Hak’oik’» kitobida aytadi: «Navro’z va Mahrajon (fors-majusiylarning bayrami) munosabati bilan sovg’a berish haromdir. Ushbu ikki bayram munosabati bilan sovg’alar tak’dim etish ta’k’ik’langan, kufr amali hisoblanadi. Abu Hafs al-Kabir rahimahulloh aytadilar: «Shunday bo’lishi mumkinki, inson Allohga ellik yil mobaynida ibodat k’ilib keldi. So’ng Navro’z bayrami kirib keldi va u mushriklarning biriga tuxum sovg’a k’ildi. Bu bilan u ushbu kunni ulug’lashini izhor k’ilmok’chi edi. U kofir bo’ldi va barcha amallari habata bo’ldi». «Jomi’ al-Asg’ar» muallifi dedilar: «Agar musulmon Navro’z kunida boshk’a musulmonga sovg’a bersa, bu amalini ushbu kunni ulug’lash niyatida k’ilmagan, balki ba’zi insonlar orasida bu odat tusiga kirgani uchun k’ilgan bo’lsa, bunday holatda u kofir bo’lmaydi. Birok’ u ayni shu kunni tayin k’ilmasligi kerak. Ularga o’xshab k’olmaslik uchun sovg’ani bu kundan avval yoki keyin berishi kerak. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kim k’aysi k’avmga o’zini o’xshatsa, u o’shalardandir»». YAna aytadilar: «… Navro’z kuni inson biror narsani harid k’ilmok’chi bo’ldi. Avval bu narsani u hech k’achon harid k’ilmagan edi. Agar u inson bu amali bilan ushbu kunni mushriklar ulug’laganidek ulug’lashini namoyon k’ilmok’chi bo’lgan bo’lsa, kofir bo’ladi. Agar u inson bu narsani eyish, ichish yoki lazzatlanish uchun harid k’ilgan bo’lsa, kofir bo’lmaydi»» («Tabyin al-Hak’oik’» 6/228).
Imom Molik sohiblaridan birlari shunday degan ekanlar: «Kim Navro’z kunida bir k’ovun bo’lsa ham so’ysa, cho’chk’ani so’ygan bilan barobardir» («Allumma’ fi al-Havodis va al-Bida’» 1/492).
Mashhur alloma Ibn Hajar Haysamiy ash-Shofi’iy «Murtadlik bobi»da aytadilar: «Eng jirkanch bid’atlardan biri bu nasroniylarning bayramlarida musulmonlarlarning ishtirok etishidir. Bu taom tayyorlashda ularga tak’lid k’ilish, ularga sovg’a berish va sovg’alarini ularning bayram kunlarida k’abul k’ilishda namoyon bo’ladi. Misrliklar bu ishlar bilan barchadan ko’p shug’ullanadilar. Axir Rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) ayganlarku: «Kim bir xalk’k’a o’xshasa, bas u, ulardan biridir!» (Abu Dovud 4031, Imom Ahmad 2/50, Ibn Hibbon sahih degan)…
Shuningdek bunga Navro’zni nishonlash, xorisa (taom nomi) tayyorlash, «Ikki payshanbalik» bayramida xushbo’yliklarni etti karra tutatish (go’yo bu yalk’ovlik va kasalni ketkazar emish), tuxumlarni sarik’ va k’izil rangga bo’yash, ularni sotish, shuningdek bunga ular «shanba nuri» deb nomlaydigan maxsus dorilarni shanba kuni (sotish) kiradi. Aslida bu «shanba zulmati»dir. Bu kunda ular ukrop sotib olishadi va bu barakot keltiradi deyishadi. YAna ular bu kunda atirgul terishadi, shanbaga o’tar kecha ularni suvga tashlashadi. Keyin sehrdan sak’lanish uchun o’sha suvda yuvinishadi. YAna ular ko’zlariga nur berish uchun ko’zlarini surma bilan buyashadi, k’o’tir va k’ichimani ketkazish uchun badanlariga oltingugurtni yog’ga aralashtirib surishadi. So’ng sutdan taom tayyorlab, uni hammomda eyishadi. Boshk’a o’zlari o’ylab topgan bid’atlarni k’ilishadi. Ularga o’zlarining bayramlarini ochik’chasiga nishonlashga yo’l k’o’ymaslik kerak» («Al-Fatava al-fik’hiyya al-Kubro», Ibn Hajar al-Haysamiy (4/238-239)).
Imom Zahabiy rahimahulloh «Sunnatni k’attik’ ushlash bid’atdan k’aytarish» degan risolalarida aytadilar: «Ahli zimma g’ayri dinlarga YAngi yil, Payshanba va Navro’z bayramini nishonlashda ularga o’zini o’xshatish, begona, vahshiy bid’atdir».
YAna imom Zahabiy rahimahulloh aytadilar: «YAhudiy va nasroniylar bilan birga ularning bayramlarida ishtirok etish uchun ular kabi xushbo’y shamlar sotib olish, taomlarni hozirlash, xotin va bolalarni bezash katta gunohlardandir. Holbuki, ular bizning k’o’l ostidaimizda mag’lub bo’lib, bizning bayramlarimizda ishtirok etmayaptilar, bizlarga o’xshamayaptilar va biz k’ilgan ishlarni k’ilmayaptilar. Hoy musulmon, K’iyomat kunida Payg’ambarimizga k’aysi yuz bilan ro’baro’ bo’lasiz?! Axir siz Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning sunnatiga zid, Islom dinining dushmanlari bo’lgan adashgan kofirlarning ishlarini k’ilmok’dasiz-ku! Ba’zilar: «Biz bu ishlarni kichik yoshdagi bolalarimiz va xotinlarimiz uchun k’ilmok’damiz-ku?!» desalar, ularga: «Eng rasvo bo’lgan odamlar farzandlari va xotinlarini Allohning g’azabi keladigan narsalar bilan rozi k’ilgan kishilardir» deyiladi… Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu dedi: «U (majusiy)larning Navro’zlari va bayramlarini k’ilgan hamda o’lguniga k’adar ularga o’xshab yashagan kishi K’iyomat kunida ular bilan birga to’planadi» (Bayhak’iy rivoyati).
Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhuning ushbu so’zlari majusiylarning bayramlarini k’ilish katta gunohlardan ekanini bildirmok’da. U ishning ozi ko’piga olib boradi. Musulmon bu darichani butunlay berkitishi, rafik’asi va farzandlarini u ishdan nafratlantirishi kerak. YAxshilik odat bo’lsa, bid’atlardan sak’lanish ibodatdir. Hech bir kimsa: «Farzandlarimni xursand k’ilayapman» – deb aytmasin. Hoy musulmon, nahotki, ularni xursand k’ilish uchun Allohning g’azabini keltiradigan narsalarni topgan bo’lsang! Axir bu kufr va tug’yon belgisi-ku! Sen yomon murabbiy ekansan-ku! Bunday desam, sen o’zing shunday tarbiya ko’rgansan-da!» («Tashabbuhul xasis bi ahlil xomis»: 37).
Shayx Muhammad ibn Solih al-Usaymin rahimahullohga savol berildi: YAngi yil, Navro’z va boshk’a bayramlarni nishonlashning hukmi nima?
Shayx rahimahulloh javob berdilar: «Kofirlarni rojdestvo yoki boshk’a bayramlar bilan k’utlashning haromligiga aksar ulamo ittifok’ k’ilganlar. Ibn al-K’oyyim o’zining «Ahkam Ahl Az-Zimma» kitoblarida k’uyidagi gaplarni keltiradilar: «Kofirlarni ularning bayramlarida k’utlash barcha olimlarning nazarida haromdir, hamda ularga «Bayramingiz bilan tabriklayman» yoki «Bayramlarni yaxshi o’tkazing» va shu kabi so’zlarni aytish ham harom. Buni aytgan (musulmon) kufrdan k’utulsa-da, haromdan k’utula olmaydi. Bu huddi birovni xoch (krest)ga sajda k’ilganida k’utlashdek, balki undan ham yomonrok’ ishdir. Birovni arok’ ichgani uchun yoki odam o’ldirgani uchun, zino k’ilgani uchun va hokazolar uchun k’utlash k’anchalik katta gunoh bo’lsa, bu bayramlar bilan k’utlash ham huddi shu kabidir. O’z dinini hurmat k’ilmaydigan insonlar ko’pincha mana shu xatoga yo’l k’o’yadilar, ular k’ilayotgan ishining k’anchalik ulkan gunoh ekanligini anglamaydilar. Boshk’alarni Allohga osiy bo’lgani uchun yoki bid’at va kufr amali k’ilgani uchun tabriklagan inson Allohning g’azabiga mubtalo bo’ladi» (1/205, 206).
Demak kofirlarni bu bayramlar bilan k’utlash harom ekan, bu bilan biz ularning bayramlari va ularning tutgan yo’li to’g’ri ekanligini tasdik’lagan bo’lamiz. Dilida bu bayramlar noto’g’ri va zalolat ekanligini bila turib ham shunday k’ilish mumkin emas.
Alloh taolo K’ur’oni Karimda marhamat k’ilib aytadi:
«Agar sizlar kofir bo’lsangizlar, bas albatta Alloh sizlardan behojatdir. (Ammo) U O’z bandalarining kofir bo’lishiga rozi bo’lmas. Agar shukr k’ilsangizlar (va iymon keltirsangizlar), U zot sizlar uchun (fak’at shukr k’ilib, iymon keltirishlaringizgagina) rozi bo’lur» (Zumar: 7).
«Bugun sizlarga diningizni komil k’ildim, ne’matimni benuk’son, to’kis k’ilib berdim va sizlar uchun (fak’at) Islomni din k’ilib tanladim» (Moida: 3).
Demak ularni bu kunlarda k’utlash harom ekan, ular kim bo’lishidan k’at’iy nazar, hamkasbingizmi, k’o’shningizmi va hokazo.
Agar ular sizni bu kunlarda k’utlashsa ularga javob bermang, sababi bu musulmonlarning bayrami emas va Alloh bu bayramlarni k’abul k’ilmagan. Aslida o’sha bayramlar ularning dinidagi bid’at amallardir. Agar ular to’g’ri bo’lgan tak’dirda ham Alloh tomonidan Muhammad sollallohu alayhi va sallam ork’ali odamzotga tushirilgan Islom kelishi bilan bekor k’ilingandir. Alloh taolo aytadi:
«Kimda-kim Islomdan o’zga din istasa, bas (uning «dini» Alloh huzurida) hargiz k’abul k’ilinmaydi va u oxiratda ziyon ko’rguvchilardandir» (Oli Imon: 85).
Shuningdek bu kunlarda kofirlar tomonidan o’tkaziladigan marosimlarda k’atnashish ham haromdir, aslida bu ularni tabriklagandan ham ko’ra ulkanrok’ gunohdir.
Bu bayramlarda kofirlarga tak’lid k’ilib dasturxonlar yozish, bir-biriga sovg’a ulashish, shirinliklar va taomlar tark’atish yoki bu kunlarni dam olish kuni k’ilib belgilash esa mutlak’ harom bo’lgan amallardandir. Rasulalloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kimki birovga tak’lid k’ilsa, o’zi ham o’shalardan bo’libdi» (Abu Dovud rivoyati). Shayxulislom Ibn Taymiya ushbu gaplarni aytgan ekanlar: «Kofirlarga ularning bayram kunlari tak’lid k’ilish bilan inson ularning botil e’tik’odi va kufr amallari unga ham yok’ishini ko’rsatadi va kofirlarga musulmonlarni yo’ldan urishda, adashtirishda, hamda ularni kamsitishiga imkoniyat ochib beradi»» («Majmu’ul Fatava Shayx Ibn Usaymin», 3/44, 3/369).
Shayx Abdulloh ibn Jibrin rahimahulloh aytganlar: «Nasorolarning YAngi yil va Navro’z kabi o’ylab chik’arilgan bayramlarini nishonlash va nasorolar yoki mushriklar bayram mavsumlarida tayyorlagan ovk’atlardan eyish joiz emas. Bu bayramlarni nishonlayotgan vak’tlarida chak’irsalar, borish joiz bo’lmaydi. Agar ular chak’irganda siz borsangiz, ularni shijoatlantirgan bo’lasiz va ular uchun bu bayramlarini ma’k’ullagan bo’lasiz. Bu narsa nodon, johil, ilmsiz kishilar bu bilan aldanib k’olishlariga va «k’ilsa bo’lar ekan-da» degan e’tik’odga borib k’olishlariga sabab bo’ladi».
Navro’z bayrami johiliyatdagi bayram bo’lib, forslar va nasorolar Islomdan oldin nishonlagan. Navro’z bayramini nishonlash mushriklarga tak’lid k’ilish bo’lganligi uchun ta’kidli suratda man k’ilinadi. Navro’z kunida biror kishiga bir narsani Navro’zni ko’zlamay sovg’a k’ilsa kufr bo’lmaydi. Shuni aytish lozimki, Navro’z kunida bundan oldin ham, keyin ham k’ilmaydigan narsalarni k’ilmaslik va kofirlarga o’xshab k’olishdan ehtiyot bo’lish lozimdir.
Bayramlarda kofirlarga o’zini o’xshatish joiz bo’lmagani kabi, ularga o’xshamok’chi bo’lgan musulmonga bunday narsalarda yordam bermay, uni bu ishidan k’aytarish kerak. Kim ularning bayramlaridan boshk’a kunlarda k’ilmay yurgan mehmondorchiligini k’ilib chak’irsa, borish joiz emas. K’aysi bir musulmon bu bayramlarda boshk’a vak’tlarda bermagan sovg’alarni beradigan bo’lsa, sovg’asini k’abul k’ilish joiz emas Chunki bunda kofirlarga o’xshab k’olishlik xavfi bor. Xossatan sovg’asi ularga o’xshashga foydalaniladigan narsa bo’lsa olinmaydi. YAna kofirlar bayramida kofirlarga o’zini o’xshatmok’chi bo’lganlarni ta’zirini berish lozim.
Tavfik’ Allohdandir. Alloh payg’ambarimizga, Uning oilasi va sahobalariga salavotu salomlar yo’llasin.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.