Neft va gaz sohasiga kiritiluvchi investisiyalar hajmi ikki barobar ortadi — ozbekiston

neft-va-gaz-sohasiga-kiritiluvchi-investisiyalar-hajmi-ikki-barobar-ortadi-ozbekiston Все новости

Neft va gaz sohasiga kiritiluvchi investisiyalar hajmi ikki barobar ortadi — o’zbekiston

O’zbekiston 2021 yilga k’adar neft-gaz sohasida umumiy hajmi 30,4 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmok’da. Bu hak’da chorshanba kuni Toshkentda ochilgan Global Oil&Gas Uzbekistan 2017 xalk’aro ko’rgazmasida so’z bordi.
2016 — 2020 yillarda umumiy k’iymati 30,4 mlrd dollarlik uglevodorod xom ashyosini chuk’ur k’ayta ishlash negizida tashk’i bozorlarda talab k’ilinadigan yuk’ori k’o’shilgan k’iymatli tayyor mahsulotlar ishlab chik’arishni ko’paytirish dasturi amalga oshirilmok’da. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan tasdik’langan dastur neft-gaz sohasini modernizasiya k’ilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha 78 ta loyihani o’z ichiga oladi.
Yirik loyihalar k’atorida «Mustak’illikning 25 yilligi» konida Surxondaryo viloyatida k’iymati 5,8 mlrd dollar bo’lgan gazni k’ayta ishlash majmuasi k’urilishini o’z ichiga olgan k’o’shimcha razvedka va k’azib olish ishlari, Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi bazasida 3,7 mlrd dollarga sintetik yonilg’i (GTL) ishlab chik’arish, Jizzax viloyatida 2,2 mlrd dollarga yangi neftni k’ayta ishlash zavodini bunyod etish o’rin olgan.
«Mazkur loyihalarni amalga oshirish hisobiga 15 turdagi yangi mahsulot turlarini ishlab chik’arishni o’zlashtirish kutilmok’da. Ular — polivinilxlorid, ABS-plastik, sintetik kauchuk, aromatik uglevodorodlar, superabsorbent», — dedi «O’zbekneftgaz» boshk’aruv raisi Alisher Sultanov ko’rgazma doirasida tashkil etilgan konferensiya ochilishida.

Оцените статью
Добавить комментарий