Neftchi pfk yangi futbolchilarni tanishtirdi — ozbekiston

Neftchi pfk yangi futbolchilarni tanishtirdi — ozbekiston

Neftchi pfk yangi futbolchilarni tanishtirdi — o’zbekiston

27 fevral kuni Farg’ona shahridagi “Neftchi” futbol maktabi matbuot anjumanlari zalida “Neftchi” PFK yangi mavsum avvalida o’z safiga k’o’shib olgan futbolchilarini rasman ommaga tanishtirdi.
Farg’ona klubi Oliy liga-2017 arafasida Muzaffar Muzaffarov («So’g’diyona»), Akram Bahriddinov («Navbahor»), Said Abdujabborov («Metallurg»), Hamza Karimov («K’izilk’um»), Mo’ydin Mamazulumov («Olmalik'»), Ruslan Matniyozov («K’o’k’on-1912»), legioner futbolchilar — Terentiy Lusevich («Torpedo-BelAz»), Sergey Konsevoy («Dinamo» Minsk), Dmitriy Komarovskiy (Isloch) kabi o’yinchilarni jamoa safiga jalb k’ildi. Tak’dimot marosimida “Neftchi” klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, jamoa futbolchilari, jurnalistlar va bir k’ator futbol faxriylari ishtirok etishdi. Unda dastavval so’z olgan FNK’Z Birlashgan kasaba uyushmalari k’o’mitasi raisi Jo’ravoy Xo’jak’ulov k’uyidagi fikrlarni bildirib o’tdi.
«Farg’onalik bo’lganimiz uchun k’aerga safar k’ilmaylik, borgan joyimizda birinchi bo’lib Farg’ona faxri bo’lgan “Neftchi” jamoasi hak’ida so’rashadi. Mana bu yil jamoa doimgidek yangi mavsumga jiddiy hozirlandi. Kirib kelayotgan mavsumda esa mana shu tayyorgarliklar o’z samarasini berib, jamoa muxlislarini xursand k’iladi degan umiddaman. Bu erda yangi futbolchilardan tashk’ari jamoamizda faoliyat yuritayotgan o’yinchilar, xususan, yoshlar jamoamiz a’zolari ham yig’ilishgan. YAngi mavsum avvalida butun “Neftchi” PFK oilasiga omad tilayman,” – dedi FNK’Z Birlashgan kasaba uyushmalari k’o’mitasi raisi Jo’ravoy Xo’jak’ulov
Shundan so’ng jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov so’z oldi.
«Avvalo bu erga yig’ilgan muhtaram futbol faxriylari, jurnalistlar va jamoamizning fidokor insonlarini ko’rib turganimdan xursandman. Bugungi tadbir kamtarona ruhda bo’lib o’tayotganiga k’aramay sizlar bilan bevosita mulok’otga kirishayotganimdan mamnunman. YAngi mavsumga tayyorgarlik jarayoni hak’ida to’lik’ gapiradigan bo’lsam anchagina vak’t ketishi mumkin, shu sababli bir so’z bilan aytganda, biz murabbiylar shtabi tayyorgarlik rejasidagi barcha amaliy ishlarni uddasidan chik’dik. Jamoaning bir k’ator chizik’larida o’zgarishlarni amalga oshirib, tarkibni kuchaytirishga erishdik. Umidim shuki, yangi mavsumga olib borgan izchil tayyorgarligimiz mavsum davomida o’z mevasini bersin. O’tgan mavsumdagi natijalardan kelib chik’ib, Farg’ona jamoasi muxlislari oldida “k’arzdorligimiz” ancha yig’ilib k’olgan. Shu sababli yangi mavsumda yaxshi natijalar k’ayd etib, ularni yana xursand k’ilmok’chimiz. Ishonch bilan aytamanki, mening jamoam muxlislarni yana “Istik’lol” stadioniga k’aytaradi. “Neftchi” jamoasining avvalgi nufuzini tiklash bizning eng birinchi galdagi istik’bolli rejamiz hisoblanadi. Jamoa oldiga Oliy liga-2017da k’anday mak’sad k’o’yildi degan savolga kelsak, hozir oldindan bashoratchilik k’ilish niyatim yo’k’. Lekin shuni ayta olamanki, “Neftchi” jamoasi bu yil nufuzli o’rinlar uchun kurash olib boradi», – dedi Andrey Fyodorov.
Jamoa ustozi o’z fikrlarini yakunlagandan so’ng yangi futbolchilarning rasmiy tanishtiruv marosimi bo’lib o’tdi. Futbolchilarga liboslarni klub bosh direktori Rustam Rahmonovich Abdullaev hamda bosh murabbiy Andrey Vitalevich Fyodorov topshirishdi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.