Niso surasi — 129 video — ozbekiston

Niso surasi — 129 video — ozbekiston

Niso surasi — 129 (video) — o’zbekiston

129. Agar, rosa harakat k’ilsangiz ham, xotinlar o’rtasida adolatli bo’la olmassizlar. Bir yo’la moyil bo’lib ketib, (ba’zisini) muallak’ga o’xshatib k’o’ymang. Agar isloh va tak’vo k’ilsangiz, albatta, Alloh mag’firatli va rahmli zotdir.
Ushbu oyati karimada zikr etilayotgan, «Xotinlar o’rtasida adolat» ko’p xotinli erning xotinlariga nisbatan k’albidagi muhabbati borasidadir. YA’ni, k’ancha urinsangiz ham, harakat k’ilib tirishsangiz ham, k’albingizdagi moyillikda hamma xotinlaringizga nisbatan bir xil bo’la olmaysiz, deyilmok’da.
«Agar, rosa harakat k’ilsangiz ham, xotinlar o’rtasida adolatli bo’la olmassizlar».
Chunki bu narsa , ya’ni, ayol kishiga bo’lgan muhabbat reja bilan, o’lchov bilan bo’ladigan narsa emas. Bu borada k’alb egasiga k’ulok’ solmaydi, uning amriga itoat etmaydi. Har k’anday er xotinlari orasida zohiriy ishlarda to’lik’ adolat k’ila oladi, ammo k’albidan bo’ladigan muhabbatga kelganda, uzrli.
Imom Ahmad ibn Hanbal va boshk’a muhaddislar Abdulloh ibn Zayddan k’ilgan rivoyatda k’uyidagilar aytiladi: «Oisha onamiz hikoya k’ilishlaricha: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotinlari orasida tak’simni adolat bilan k’ilar edilar. So’ngra: «Ey bor Xudoyo! Bu o’zim ega bo’lgan narsadagi tak’sim. Sen O’zing ega bo’lib, men ega bo’lmagan narsada meni malomat k’ilmagin», der edilar». Payg’ambarimiz alayhissalomning ko’ngil mayllari Oisha onamizga nisbatan alohida bo’lganligi ma’lum va mashhurdir. Islomda ko’p xotinli kishi o’z irodasiga bog’lik’ ishlarda xotinlari o’rtasida to’lik’ adolat k’ilishga amr k’ilingan. Uy-joy va nafak’a masalasida, muomala, birga yotish, eru xotinlik huk’uk’larini ado etish va boshk’a shunga o’xshash masalalarda to’lik’ adolat lozim. Ammo inson irodasiga bog’lik’ bo’lmagan masala–muhabbat masalasiga kelsak, unda har k’ancha urinsa ham, adolat bo’lmasligi oyatning o’zida aytib turilibdi. Lekin, uzrli ekanmiz, deb haddan oshirib yuborish ham mumkin emas:
«Bir yo’la moyil bo’lib ketib (ba’zisini) muallak’ga o’xshatib k’o’ymang».
YA’ni, ko’nglingizda muhabbati o’rnashgan ba’zi xotiningizga bir yo’la moyil bo’lib ketib, xotinlaringizning ba’zisini muallak’ ayolga o’xshatib k’o’ymang. «Muallak’ ayol» deb xotin bo’lib xotin emas, boshi ochik’ bo’lib, boshi ochik’ emas, arosat bir holda k’olgan ayolga aytiladi. Eri safarga ketib g’oyib bo’ldi. Erim bor, desa, o’ligining ham, tirigining ham xabari yo’k’. Erim yo’k’, desa, bor edi, talok’ ham k’ilmagan edi. Bunday muallak’lik azob, shuning uchun oyati karima erni bu masalada adolatli bo’lishga chorlamok’da. Ko’p xotinli er yaxshi ko’rgan xotini bilan doimo birga bo’lib, boshk’asini tark etsa, shariatga hech to’g’ri kelmaydi.
«Agar isloh va tak’vo k’ilsangiz, albatta, Alloh mag’firatli va rahmli zotdir».
Er-xotinlik ishlarida ham doimo islohni ko’zda tutib, tak’vo bilan ish yuritish lozim. Inson o’zining barcha imkoniyatlarini ishga solib, oilasini buzmaslikka, sak’lab k’olishga harakat k’ilishi kerak.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.