Nobel arustamyan krasnodar ahmedovning oldiga talablar koymadi odilning ozi xitoyda oynashni istadi —

Nobel arustamyan: krasnodar ahmedovning oldiga talablar k’o’ymadi, odilning o’zi xitoyda o’ynashni istadi — o’zbekiston
«Match TV» sharhlovchisi Nobel Arustamyan Odil Ahmedovning «Shanxay SIPG»ga o’tish borasida ayrim tafsilotlarga oydinlik kiritdi.
«Odil Ahmedov — Osiyoda juda tanik’li futbolchi. Odil — Osiyoning etakchi terma jamoalaridan biri bo’lgan O’zbekistonning etakchisi. Xitoy uchun Ahmedov legioner. Klublar esa xorijlik futbolchilar uchun katta maosh to’lashadi. Xitoyda ko’p o’zbek futbolchilari o’ynamok’da. Odilning o’zi aynan Xitoyda o’ynashni xohladi. «Krasnodar» bunga k’arshilik ko’rsatmadi, Ahmedovning oldiga hech k’anday talablar k’o’ymadi.
Ahmedovga Evropaning bir nechta jamoalari k’izik’ish bildirgandi, ammo o’zining aytishicha, u «Krasnodar» uchun manfaatli bo’lgan taklifni k’abul k’ilgan. Ha, maosh tomonlama Odil uchun Xitoy varianti Evropa jamoalariga nisbatan yaxshirok’. Umuman olganda, Odilga Evropaning k’andaydir katta jamoasi jiddiy k’izik’k’an, deb o’ylamayman. U erda Ahmedov «Krasnodar»dagi maoshini ham olmagan bo’lardi.
Etti million evro — bu rak’am ko’p jamoalarni cho’chitib yuboradi. Lekin, adashmasam, futbolchi «Anji»dan «Krasnodar»ga taxminan shunday pul evaziga o’tgan. Afsuski, albatta, Odil so’nggi 2 yil davomida «Krasnodar» safida top-o’yinchi darajasiga o’smadi. U o’sishdan to’xtab k’oldi. Shunga k’aramay, shubhasiz, u sifatli o’yinchi. «Shanxay» bilan 3 yillik shartnoma — u uchun yok’imli jihat.
Xitoy chempionati uchun ajratilgan legionerlar limiti futbolchining foydasiga xizmat k’iladi. Xitoyda osiyolik futbolchilar uchun imtiyoz bor. Ahmedov aynan shunga to’g’ri keladi.
YAna bir muhim jihat bor. Ahmedov Andre Villash-Boash boshk’aruvidagi «Shanxay SIPG»ga o’tdi. Odilning transferini amalga oshirgan German Tkachenko portugaliyalik mutaxassis bilan yaxshi munosabatlarga ega. Tkachenko «Krasnodar» ushbu transferga ko’ndira olgan. Aynan shu holatlar transferning amalga oshishida muhim rol o’ynagan.
Shanxay shahri jamoalari Xitoyda faol transfer siyosatini amalga oshirishmok’da. «Shangxay Shenxua» klubi Tevesga 40 million evro yillik maosh to’lasa, «Shanxay SIPG»da Villash-Boashdan tashk’ari, Xalk va Oskar ham o’ynaydi. Ularning safiga endi Ahmedov ham k’o’shildi. Vitsel ham bu jamoaga o’tishi mumkin.
YOzda Xalkning «Zenit»dan ketishi k’andaydir noodatiy bo’lgandi. Ahmedov esa — Evropa darajasidagi yulduz emas. Birinchi navbatda u futbolchi. Shuning uchun ham u Xitoyga yo’l oldi», — deydi Arustamyan.
Комментарии 0