Nyukasl murabbiysiz ham suonsini engdi — ozbekiston

Nyukasl murabbiysiz ham suonsini engdi — ozbekiston

Nyukasl murabbiysiz ham suonsini engdi — o’zbekiston

Angliya chempionatining 4-turi doirasida yana bir uchrashuv «Nyukasl Yunayted» va «Suonsi Siti» urtasida kechdi. Suonsidagi «Liberti» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi galabasi bilan yakunlandi. Uyinning 76-daqiqasida Jamal Lascells galaba goliga muallif buldi.
Shu tariqa, «Nyukasl Yunayted» qatorasiga ikkinchi turda galaba qozonmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites biroz oldinroq jarrohlik amaliyotini boshidan utkazgani tufayli bu uchrashuvda ishtirok etmadi.
Endilikda «Nyukasl Yunayted» 6 ochko jamgargan holda 10-urinda, «Suonsi Siti» esa 4 ochkosi bilan 15-urinda joylashgan.
Angliya chempionati, 4-tur
Suonsi – Nyukasl 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 76 Lassels.
Suonsi – Fabianski, Fernandes, Olsson, Noton, Mouson, Fer, Klukas, Kerroll (Narsinkh, 86), Sanshesh (Boni, 69), Ayyu, Abrakham.
Nyukasl – Elliot, Lassels, Games, Mankilo, Klark, Merfi (Atsu, 59), Merino, Kheyden (Diame, 69), Ritchi, Peres, Khoselu (Geyl, 78).
Ogohlantirishlar: Kheyden (8), Noton (48), Ritchi (49), Fer (80), Geyl (87).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.