Odam alayhissalom — tarixi — ozbekiston

Odam alayhissalom — tarixi — o’zbekiston
Birinchi inson va birinchi Payg’ambar bo’lmish otamiz Odam alayhissalomning yaratilishlari k’issasi Bak’ara surasida k’uyidagicha bayon etiladi: «Esla, vak’tiki Robbing farishtalarga: «Men er yuzida xalifa k’ilmok’chiman», dedi. Ular: «Unda fasod k’iladigan, k’on to’kadigan kimsani k’ilmok’chimisan? Va holbuki, biz Senga tasbih, hamd aytib va Seni ulug’lab turibmiz», dedilar. U: «Men, siz bilmaganni bilaman», dedi (30 — oyat).
Ushbu oyatdan Alloh taolo Odamni O’zining er yuzidagi o’rinbosari–xalifasi bo’lishini iroda etgani ma’lum bo’lyapti. Demak, insonga ulkan ishonch bildirilgan, u ulug’ Allohning xalifasi bo’lishdek oliy mak’omga loyik’ ko’rilgan. Bunday marhamatning o’ziga yarasha buyuk mas’uliyati ham bor. Inson shuni anglagan holda, uni xalifa k’ilib k’o’ygan zotning topshirik’larini bajarmog’i, yaratgan zot munosib ko’rgan oliy mak’omga dog’ tushirmaslikka harakat k’ilmog’i kerak.
Farishtalarning:
«Unda fasod k’iladigan, k’on to’kadigan kimsani k’ilmok’chimisan?» degan gaplaridan ular o’zlarigagina ma’lum yo’l bilan inson er yuzida fasod, buzg’unchilik k’ilishi va k’on to’kishini bilishgani, ayni chog’da, ular farishtalik tabiati bilan, o’zlari aytib turgan tasbihu hamdlarni va k’ilib turgan ulug’lashlarni ushbu mahluk’otlarning yaratilish mak’sadi, deb bilishgani ma’lum bo’lmok’da.
Ammo Allohning ilmi boshk’a, farishtalar buni bilmaydilar.
«Men, siz bilmaganni bilaman», dedi Alloh taolo.
YA’ni, odamlardan ba’zilarining buzg’unchilik k’ilishi yoki k’on to’kishi er yuzida xalifa yaratish irodasiga to’sik’ bo’la olmaydi.
Shuningdek, farishtalarning tasbih va hamd aytib, Allohni hamisha ulug’lab turishlari ham ulardan boshk’a mavjudodni yaratishdan to’sa olmaydi.
Shuning uchun ham Alloh taolo farishtalarning e’tirozlariga k’aramay,
«Insonni sopolga o’xshash k’urigan loydan yaratdi». (Rohman surasi 14 oyat)
Bu oyatda «insonni» deganda Odam ota nazarda tutilyapti. «K’urigan loy» deb tarjima k’ilgan iboramiz oyatda «solsol» deb kelgan. Solsol deb loyning k’otib, chertsa ovoz chik’aradigan bo’lib k’olgan holiga aytiladi.
Ushbu oyatda zikr k’ilingan holat Alloh taolo Odamni yaratishining turli bosk’ichlaridan biridir. Tuprok’dan loy k’ilinib, uni odam shakliga keltirib, so’ngra ruh kiritilgan.
K’ur’on ta’kidlashicha insonni yo’k’dan bor k’ilgan zot uni tuprok’dan yaratgan Allohdir. Hozirgi zamon ilmi ham buni tasdik’lamok’da. Ilmiy tajribalardan isbotlanishcha, tuprok’da k’anday moddalar bo’lsa, inson jismida ham o’sha moddalar bor ekan. Tuprok’da karbon, kislorod, fosfor, gugurt, azot, kalsiy, xlor, temir, mis, yo’d, alumin kabi yigirma xil modda bor bo’lsa, xuddi shu moddalar inson jismida ham bor. Tuprok’dan borlik’ning eng ulkan mo’’jizalardan biri bo’lgan insonni, uning fikri, ruhi, his-tuyg’ulari, asablari va hozirgacha insonning o’zi ham tushunib etmagan ajoyibotlari bilan kim yarata oladi? Bu ishni fak’at Rohman sifatiga ega bo’lgan k’udratli Allohgina k’ilishi mumkin.
ODAMGA ULUG’ MARTABA BERILIShI
Ha, Rohman sifatli Alloh taolo tuprok’dan inson yaratdi
«Va U zot Odamga ismlarning barchasini o’rgatdi, so’ngra ularni farishtalarga ro’baro’ k’ildi. Keyin: «Agar rostgo’ylardan bo’lsangiz, anavilarning ismlarini menga aytib bering», dedi». (Bak’ara surasi 31 oyat)
Alloh taolo odamni O’zining er yuzidagi xalifasi k’ilayotgan paytda unga ulug’ bir sirni berganligi ushbu oyatdan bilinib turibdi. U ham bo’lsa, ismlarning barchasini o’rgatishidir. YA’ni, inson o’zini o’rab turgan barcha ashyolarning belgisi sifatida ismni, ma’noni ishlatadi. His k’ilinadigan, jismga ega bo’lgan narsalarni fahmlash uchun nutk’iy ramzlarni ishlatish k’udrati inson hayotida eng ulug’ k’udratlardan biri hisoblanadi.
Aks holda, birovga tog’ni tushuntirmok’chi bo’lsang, uni tog’ning oldiga olib borib, aylantirib ko’rsatishdan o’zga chora bo’lmasdi. Agar Alloh taolo insonga ushbu k’obiliyatni bermaganida, er yuzida hayotni tasavvur k’ilish k’iyin bo’lar edi.
Rivoyatlarda kelishicha, buning ismi ot, bunisi tuya, manavi k’uyosh, bu esa yulduz, deb hatto kichkina narsalargacha o’rgatilgan. YA’ni, odamning er yuzida xalifa bo’lishining asosiy sabablardan biri–ilm olishga iste’dodining borligidir. Hozirda inson ilmi ila borlik’ning sirlarini kashf etayotgani ham o’shanda berilgan k’obiliyat natijasidir.
Alloh taolo odamga ismlarning barchasini o’rgatgandan keyin ularni farishtalarga ro’baro’ k’ildi va, er yuzida fasod k’iluvchi va k’on to’kuvchi kimsani yaratasanmi, degan da’volaring rost bo’lsa, ushbu narsalarni ismlarini menga aytib beringlar, dedi. Farishtalar u narsalarga ism k’o’yishdan ojiz k’oldilar va o’z ojizliklarini tan olib:
«Ular: «Ey pok Parvardigor! Bizda Sen bildirgandan boshk’a ilm yo’k’. Albatta, Sening O’zing biluvchisan va hikmatli zotsan», dedilar». (Bak’ara surasi 32 oyat)
Farishtalar bu erda yuksak odob misolini ko’rsatdilar. Bilmagan narsalarini so’zsiz, bilmaymiz, deb aytdilar. Bilmagan narsasini tan olib, vak’tida bilmayman deyish ham katta odob, ham katta ilm hisoblanadi.
Shunda Alloh taolo O’zining er yuzidagi xalifasi–odamning fazlini izhor k’ilish uchun:
«Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini aytib ber», dedi. Ularga o’sha narsalarning ismlarini aytib bergan chog’ida, «Men sizlarga osmonlaru erning g’aybini bilaman va sizlar berkitmaganu berkitgan narsalarni ham bilaman demabmidim», dedi». (Bak’ara surasi 33 oyat)
Shu bilan Odamning farishtalardan ustunlik tarafi namoyon bo’ldi. U ham bo’lsa, ilm-ma’rifat. Inson er yuzida fasod k’ilishi, k’on to’kishi ham mumkin, ne’mati ilohiy bo’lmish ilmni o’z o’rnida ishlatib, farishtalardan ustun bo’lishi ham mumkin.
ODAMGA SAJDA K’ILISh HAK’IDAGI FARMON
Ushbu mavk’ifda xususan odamning fazli farishtalar ko’z oldida namoyon bo’lgandan keyin Alloh taolo farishtalarga k’uyidagi farmonni berdi:
«Esla, farishtalarga: «Odamga sajda k’ilinglar!» deganimizni. Bas, sajda k’ildilar, magar Iblis bosh tortdi, mutakabbirlik k’ildi va kofirlardan bo’ldi». (Bak’ara 34 oyat)
Farishtalarga sajda k’ilishni buyurib, Alloh Odamga ulkan martaba ato etdi. Ammo bu sajda ibodat uchun emas, balki Odamni-Allohning ulug’ ijodini tabriklash ma’nosida edi.
Farishtalar darhol sajda k’ildilar, chunki ularning fitratida Allohning amriga isyon k’ilish xususiyati yo’k’. Fak’at Iblis sajda k’ilmadi. Ushbu iboradan kelib chik’ib, ba’zilar: «Iblis aslida farishtalardan edi, ammo amrga itoat etmay, odamga sajda k’ilmagani uchun ularning safidan chik’arilgan», deyishadi. Aslida unday emas. Iblis asli jindan bo’lgan, bu hak’da oyat bor. K’olaversa, K’ur’oni Karim oyatida aytilganidek, farishtalarda Allohning amriga isyon k’ilish tabiati yo’k’. Shundan, Alloh taolo farishtalarni Odamga sajda k’ilishga buyurgan paytda Iblis ham o’sha joyda hozir bo’lgan, deb xulosa k’ilsa bo’ladi.
Ha, Alloh taolo Odamga sajda k’ilishga amr k’ilganda:
«Bas, farishtalar barchalari jamlanib, sajda k’ildilar».
Bu sajda ibodat sajdasi emas, balki tabrikdir.
«Magar Iblisgina mutakabbirlik k’ildi va kofirlardan bo’ldi.
Allohning amriga bo’ysunib, Odamga sajda k’ilmadi. U mutakabbirlik k’ilib, o’zini yuk’ori tutdi. Shuning uchun kofirlardan bo’ldi. Allohning amridan bosh tortib, sajda k’ilmaganlar kofir bo’ladilar.
IBLIS GUNOHINI E’TIROF K’ILMADI
Alloh taolo hamma narsani dak’ik’ joylarigacha bilguvchi zotdir. U zot Iblisning Odamga nima uchun sajda k’ilmaganini bilib tursa ham uning dilidagini tiliga chik’arish uchun so’radi.
«U zot: «Ey Iblis, O’z k’o’lim bilan yaratgan narsaga sajda k’ilishingdan seni nima man k’ildi?! Mutakabbirlik k’ildingmi?! YOki oliy darajalilardan bo’ldingmi?!» dedi».
Alloh taolo butun borlik’ni yaratgan zot. Lekin O’zi yaratgan maxluk’otlari ichida Odamga alohida ehtimom berganini doimo eslatib turadi. Avval ruhidan puflaganini aytgan edi, endi O’z k’o’li bilan yaratganini eslatmok’da. Demak, Odamga sajda k’ilishga buyurish uni alohida ilohiy ehtimomga sazovor bilish ekan. Shuning uchun o’sha amrga bo’ysunmagan Iblisga tahdid k’ilib, Alloh taolo:
«Ey Iblis, O’z k’o’lim bilan yaratgan narsaga sajda k’ilishingdan seni nima man k’ildi?!» deb so’ramok’da.
K’ani aytchi! Nima uchun Odamga sajda k’ilmading?! Nima?!
«Mutakabbirlik k’ildingmi?! YOki oliy darajalilardan bo’ldingmi?!» dedi».
Men O’z k’o’lim bilan yaratgan jonga–Odamga sajda k’ilmaganingni sababi nima? Mutakabbirlik k’ildingmi?! Kibru havoga berildingmi? Ayt-chi, boisi ne?! YOki oliy darajalilardan bo’lib, bo’ysunmaydigan bo’lib k’oldingmi?!
Avval aytilganidek, Alloh taolo nima uchun Iblisning Odamga sajda k’ilmaganini juda yaxshi bilar edi. Ammo Iblisga aybini o’z tili bilan e’tirof k’ildirish uchun bu savolni berdi. Natijada Iblisning dilidagi marazi tiliga chik’di.
«U: «Men undan yaxshiman. Meni olovdan yaratgansan. Uni loydan yaratgansan», dedi».
Bu javobdan Odamga Alloh taolo tomonidan berilgan martabaga Iblis hasad k’ilib, kufrga ketgani bilinadi.
«Men undan yaxshiman».
Hamma baloning boshi «men, men», deyishlikda.
Iblis, men odamdan yaxshiman, nima uchun o’zimdan past maxluk’k’a sajda k’ilishim kerak ekan, deb bosh tortdi.
«Meni olovdan yaratgansan».
Ulamolarimiz Iblisning shu javobiga tayanib, uning jinlar toifasidan ekanini aytadilar. Iblis farishtalardan edi, degan gaplarni rad k’iladilar. Iblis farishtalardan bo’lmasa ham, Alloh taolo farishtalarni odamga sajda k’ilishga amr etganida, u ham o’sha erda bor edi. U ham amrga doxil bo’lgan edi. Badbaxt Iblis o’zining olovdan yaratilganini afzal bildi. Shuning uchun loydan yaratilgan odamga sajda k’ilmaslikni, Allohning amriga bo’ysunishdan bosh tortishni ravo ko’rdi.
«Uni loydan yaratgansan», dedi».
La’nati Iblis kim nimadan yaratilgani emas, balki Allohning ruhi bilan ruhlangani muhim ekanini tan olgisi kelmadi. Shunda:
«U zot: «Sen undan chik’! Bas, albatta, sen k’uvilgansan.
Va, albatta, senga jazo kunigacha mening la’natim bo’lgay», dedi».
Alloh taolo, ey Iblis, sen endi jannatdan chik’! Bas, endi sen, albatta, la’natlangan–rahmatimdan k’uvilgansan! Va, albatta, senga k’iyomat kunigacha mening la’natim bardavom bo’lgay, dedi.
«U: «Ey Robbim, menga ular k’ayta tiriltirilajak kungacha muhlat bergin!» dedi».
Iblis Alloh taologa yolborib, odamlar k’ayta tiriltiriladigan k’iyomat kunigacha bu dunyoda turishga muhlat so’radi. Alloh taoloning O’ziga ma’lum hikmat yuzasidan Iblisga o’sha kungacha muhlat berishga U zotning irodasi ketdi.
«U zot: «Sen muhlat berilganlardansan,
«Ma’lum vak’t kunigacha», dedi».
Ey Iblis, sen kelish vak’ti ma’lum k’iyomat kunigacha muhlat berilganlar k’atoridasan.
«U: «Sening izzating ila k’asamki, men ularning barchasini ig’vo k’ilaman.
Magar ulardan tanlangan bandalaringgina (ig’voga uchmas)», dedi».
Iblis Alloh taoloning izzati ila k’asam ichib, Odam bolalarini k’iyomat kunigacha ig’vo k’ilishni k’asd etdi. Shu bilan birga, Allohga ixlos k’ilgan, Alloh taolo tanlab olgan bandalarga ig’vosi ta’sir k’ilmasligini ham aytib k’o’ydi. Insonni shaytonning ig’vosidan sak’lovchi k’alk’on uning Allohga ixlos bilan ibodat k’ilishidir. Allohga ixlos bilan ibodat k’ilmaganlar esa, Iblisning ig’vosiga uchrashi turgan gap. Iblisning ig’vosiga uchganlarning ok’ibatini Iblisning o’ziga o’sha paytdayok’ e’lon k’ilib k’o’ygan.
«U zot: «Hak’ shulki, zotan Men fak’at hak’ni ayturman.
Albatta, Men jahannamni sen va ulardan senga ergashganlar bilan jamlab to’ldirurman», dedi». (Sod surasi 73-85 oyat)
Alloh taolo hak’ik’atni ochik’-oydin aytib k’o’ydi. Ey Iblis, sen odamlarni ig’vo k’ilaver, ulardan xohlaganlari senga ergashaversinlar. Ammo sen ham bilib k’o’y, ular ham bilib k’o’ysinlarki, Men, albatta, seni ham, senga ergashganlarni ham jahannamga tik’ib, uni sizlar bilan to’ldiraman, dedi va Iblisni jannatdan k’uvib chik’ardi.
Iblis bilan inson orasida dushmanlik shundan boshlanadi. Bu dushmanlik, yaxshilik vakili ila yomonlik vakilining kurashiga aylandi.
ODAM ZAVJI ILA JANNATDA
Keyin Alloh taolo Odamning k’ovurg’asidan uning jufti Havoni yaratdi.
«Va: «Ey Odam, sen o’z jufting ila jannatda maskan top. Unda nimani xohlasalaringiz, englar, osh bo’lsin va mana bu daraxtga yak’in kelmanglar, bas, u holda zolimlardan bo’lasizlar», dedik». (Bak’ara surasi 35 oyat)
Alloh subhonahu va taolo Odamga yana bir bor ulug’ marhamat k’ildi: jufti Havo bilan unga jannatdan joy ato etdi va u erda farog’atda yashashini ta’minladi.
«Mana bu daraxtga yak’in kelmanglar», deganidan, ularga hamma narsadan tanovul k’ilishga ruxsat bo’lgan-u, fak’atgina bitta daraxtdan tanovul k’ilishga ruxsat bo’lmagani ma’lum bo’ladi. Bu-inson hayotida man k’ilingan narsalar namunasidir. Alloh taoloning insonga ba’zi narsalarni man k’ilishi-irodani mustahkamlash uchundir. Agar man k’ilish bo’lmasa, inson bilan hayvonning orasida fark’ k’olmaydi. Inson o’ziga jon, ak’l, ilm bergan Allohga ahdu paymon k’ilgan, o’sha ahdu paymonga vafo k’ilishi uchun unga sabr-matonat, iroda kerak, bu narsalar esa, man k’ilish bilan hosil bo’ladi. Sabr-matonatli, irodali kishilar Alloh man k’ilgan narsalardan o’zlarini sak’lab turadilar. Havoyu nafsiga banda bo’lganlarning esa, hayvondan fark’i yo’k’. Ular man k’ilingan narsadan o’zlarini tiyib tura olmaydilar.
Alloh taolo jannatdagi hamma mevalarga ruxsat berib, fak’at bittagina daraxt mevasini man k’ilganidek, bu dunyoda hamma narsaga ruxsat berib, fak’at sanok’li narsalarni–insonning o’ziga zararli narsalarni man k’ilgan.
Man k’ilingan daraxt k’aysi daraxt ekanligi hak’ida uzundan-uzok’ tortishishlar bo’lgan. Har kim o’zi bilgan daraxtning nomini aytgan va ushbu gapni tasdik’lash uchun dalil va hujjatlar keltiradi. Ammo to’g’risini aytganda, birovga o’sha daraxtning ismini bilish bilan foyda yoki bilmaslik bilan zarar etmaydi. Agar uni bilish zarur bo’lsa, Alloh K’ur’onda yoki Payg’ambarimiz hadislarida aytgan bo’lur edi.
Alloh taolo oyatning oxirida,
«Va mana bu daraxtga yak’in kelmanglar, bas, u holda zolimlardan bo’lasizlar», dedik», demok’da.
Shundan ko’rinadiki, shariatning amridan chik’ishlik zulm ekan. Zulm esa, katta gunoh. Kim Allohning aytganida yurmasa, u kimsa zolimlardandir.
ShAYTON VASVASASI
Shayton ana o’sha zolimlarning birinchisi va eng kattasidir. U o’ziga zulm k’ilgani etmay, o’zining Alloh taoloning amridan chik’k’ani etmay Odam bilan Havoni ham Alloh taoloning amridan chik’ishga chorlay boshladi.
«Bas, shayton ikkovlarining berkitilgan avratlarini ochish uchun ularni vasvasa k’ildi va: «Robbingiz sizni ushbu daraxtdan fak’at ikkovingiz farishta bo’lmasligingiz yoki abadiy k’olmasligingiz uchungina man k’ildi», dedi». (A’rof surasi 20 oyat)
Shayton, asosan, insonni sharmanda k’ilish, uning aybini–avratini ochish uchun jiddu jahd etadi. Ammo niyatini yashirib, insonning zaif tomonidan hujum k’iladi, undagi shahvat va havas olovini alangalatadi. Bu hak’ik’atni ushbu oyati karima isbotlaydi.
«Bas, shayton ikkovlarining berkitilgan avratlarini ochish uchun ularni vasvasa k’ildi».
Burun ularning avratlari yopig’lik holda edi. Ammo, keyin keladigan oyatlarning birida guvohlik berilishicha, Odam va Havo shayton k’utk’usiga uchganlaridan so’ng, ularning avratlari ochilib k’oldi. Albatta, bu erda hissiy avratlari nazarda tutilgan. Ammo odam zurriyotidan kim shayton vasvasasiga uchsa, uning ma’naviy ayblari ham ochiladi.
Shaytoni la’in Odam bilan Havoning eng nozik joylaridan tutdi:
«Robbingiz sizni ushbu daraxtdan fak’at ikkovingiz farishta bo’lmasligingiz yoki abadiy k’olmasligingiz uchungina man k’ildi», dedi».
Odam doimo k’udratli, xohlagan ishini uddalaydigan, boshk’a narsalar ta’siriga berilmaydigan bo’lishni istaydi. Ma’lumki, farishtalarda ushbu xususiyatlar mavjud. Shuning uchun ham shayton Odamni vasvasa k’ilishda ushbu zaif tomonidan keldi. Agar ushbu daraxtdan tanovul etsangiz, farishta bo’lasiz, shu boisdan Alloh sizlarni bu daraxt mevasini eyishdan man etmok’da, dedi.
Shuningdek, odam o’zi erishgan oliy mak’omda abadul abad k’olishni, ta’bir joiz bo’lsa, dunyoning yakka-yolg’iz ustuni bo’lishni doimo orzu k’ilib kelgan. Shayton uning bu zaif jihatlarini yaxshi biladi. Shu sababli Odamga, jannatda abadiy k’olmasligingiz uchun Robbingiz sizni ushbu daraxtdan tanovul etishni man k’ildi, deb k’utk’u soldi. U o’z vasvasasini hak’ik’at suratida ko’rsatish uchun:
«Ularga: «Albatta, men sizlarga nasihat k’iluvchilardanman», deb k’asam ichdi». (A’rof surasi 21 oyat)
YA’ni, Shayton o’zining ig’vo va k’utk’usini Allohning nomi bilan sobit etdi. Alloh taoloning nomi ila k’asam ichib o’z ig’vosini nasihat, deb atadi.
ODAM VASVASAGA UChDI
Shayton o’zining ushbu ig’vosi ila:
«Bas, ularni aldov ila past(holat)ga tushirdi. Ikkovlari daraxtdan tatib ko’rishganda, avratlari o’zlariga ko’rinib k’oldi va o’zlariga jannat barglaridan to’sik’ to’k’iy boshladilar. Shunda Robbilari ularga nido k’ilib: «Sizlarni ana o’sha daraxtdan k’aytargan emasmidim va, albatta, shayton ikkovingizga ochik’-oydin dushmandir, demaganmidim?!» dedi». (A’rof surasi 22 oyat)
Shayton mak’sadiga etdi. Nishonga bexato urdi. Odam ato va Momo Havoni aldab, o’z yo’liga soldi va nihoyat ularni gunohkor k’ilib, martabasini pastlatdi. To o’sha damgacha ularning avratlari berk yaratilgani uchun ko’rinmas edi. Shaytoning ig’vosiga uchib,
«Ikkovlari daraxtdan tatib ko’rishganda, avratlari o’zlariga ko’rinib k’oldi».
Bu ularning gunohkorlik va aybdorlik belgisi bo’ldi. Ularning nigohi bir-birovlarining avratiga tushdi. Buni sezishlari bilan darhol:
«o’zlariga jannat barglaridan to’sik’ to’k’iy boshladilar».
YA’ni, ular barglarni bir-biriga ulab, avratlarini to’sdilar. Ana shunday hijolatli va sharmandali holda turganlarida:
«Robbilari ularga nido k’ilib: «Sizlarni ana o’sha daraxtdan k’aytargan emasmidim va, albatta, shayton ikkovingizga ochik’-oydin dushmandir, demaganmidim?!» dedi».
YA’ni, Alloh taolo Odam va Havoga tak’ik’langan ishni k’ilib, gunohor bo’lganlarini bildirib, itob etdi. Burun Iblis alayhila’naga ham amrini bajarmaganini eslatib, itob k’ilgan edi.
TAVBA K’ILINDI
Ammo Odam bilan Havo o’zlarini Iblis alayhi la’na kabi tutmadilar, ikkovlari darhol gunohlariga ik’ror bo’ldilar va:
«Ikkovlari: «Ey Robbimiz, biz o’zimizga zulm k’ildik. Agar Sen bizni mag’firat k’ilmasang va bizga rahm k’ilmasang, albatta, ziyon ko’rganlardan bo’lamiz», dedilar. (A’rof surasi 23 oyat)
Ular, Iblis alayhi la’na kabi, gunoh k’ilib k’o’yib, yana takabburlik bilan bahona axtarib, o’zlarini ok’lash va da’vo k’ilishga zo’r bermadilar. Balki najot yo’lini ixtiyor k’ildilar. Darhol ayblarini bo’yinlariga olib, gunohlariga ik’ror bo’ldilar. O’zlarini xoru hak’ir tutdilar. Allohning O’zi gunohlarini kechmasa, ularga rahm k’ilmasa, ahvollari chatok’ bo’lishini ochik’-oydin aytdilar. Aslida, insonning najot topishiga omil bo’lgan hodisaning o’zi shu. Chunki shayton alayhi la’na ham, inson ham dastavval xatoga yo’l k’o’ydilar. Ammo ok’ibat natija ikki xil bo’lib chik’di. Shayton la’natga giriftor bo’ldi. Inson rahmatga erishdi. Ularning bu martabalariga gunohdan keyingi holatlari sabab bo’ldi. Gunohkor shayton keyin ham kibru havoni tark etmadi. Gunohiga ik’ror bo’lib, tavba k’ilmadi. Boz ustiga, o’z k’ilmishini to’g’ri deb da’vo k’ildi. Odam esa, darhol tavba k’ildi va Alloh taolodan madad istadi. Shunday k’ilib, har ikkovining ham hak’ik’iy tabiati yuzaga chik’di. Xususiyatlari namoyon bo’ldi.
JANNATDAN TUShIShGA AMR
Shundan so’ng Alloh taolo Odam, Havo va Iblisga xitob k’ilib:
«U zot: «Bir-biringizga dushman bo’lgan holingizda tushinglar. Sizlarga er yuzida k’arorgoh bor va ma’lum vak’tgacha foydalanish bor», dedi.
U zot: «Unda hayot kechirasizlar, unda o’lasizlar va undan k’ayta chik’arilasizlar», dedi». (A’rof surasi 24-25 oyat)
Alloh taolo Odam, Havo va Iblisni jannatdan er yuziga tushishga amr k’ildi.
Juda k’adim davrlardan boshlab, o’sha jannat k’aerda edi, k’anday edi, kabi savollar va ularga javoblar g’oyat ko’p bo’lgan. Bunga talay umr, zakovat, vak’t va boshk’a imkoniyatlar zoe etilgan. Bugun ham bu masalalarda «yok’a bo’g’ishaman» deganlar xohlagancha topiladi. Ammo ular bu ilohiy sirning so’ngiga eta olmaydilar. Farazan etsalar ham, bundan nima foyda? Agar o’sha jannatning k’aerda ekanini, unda shayton alayhi la’na k’ay holda Odam ato bilan Momo Havoga k’utk’u solganini aynan bilish musulmonlarga manfaatli bo’lganida, Alloh taoloning O’zi bundan ogoh etar yoxud izlab topishga amr k’ilar edi. Alloh taolo bunday k’ilmadi. Demak, uni topishga urinishning hech k’anday hojati yo’k’. Muhimi, ularning jannatdan er yuziga tushishlari ekan, Alloh O’z kitobida bu hak’da zikr k’ildi. Ana shuni bilsak bo’ldi. Ular jannatdan er yuziga tushirilganlarida:
«Bir-biringizga dushman bo’lgan holingizda tushinglar», deya amr bo’ldi.
YA’ni, Odam alayhissalom bilan shayton alayhi la’na er yuziga bir-birlariga dushman bo’lgan hollarida tushdilar va k’iyomatga dovur dushman bo’lib k’oldilar. Shayton odamning sababidan sajdadan bosh tortib, Allohning la’natiga duchor bo’ldi va k’iyomatgacha uni ig’vo k’ilishga ahd k’ildi. Uning tabiati yomonlikdangina iborat. U doimo Odamga dushmanlik k’iladi.
Odam shaytonning vasvasasiga uchib, Alloh oldida gunohkor bo’ldi. So’ngra tavba k’ilib, Allohga iltijo etdi. Demak, Odamning asl tabiatida yaxshilik ham, yomonlik ham bor. YAxshilik yo’lini tutsa, Allohning amriga bo’ysunib, shaytondan yuz buradi. YOmonlikni ishga solsa, shaytonning yo’lidan yuradi. K’iyomatgacha shunday bo’lib k’olaveradi. Alloh ularga shuni ravo ko’rgan:
«Sizlarga er yuzida k’arorgoh bor va ma’lum vak’tgacha foydalanish bor».
Ular k’iyomatgacha er yuzida yashab, undagi bor ne’matlardan rizk’lanib turadilar. Alloh taolo Odam bolalarining er yuzida istik’omat k’ilib, umri tugagach o’lib, k’ayta tirilishlariga ishora etarkan:
«Unda hayot kechirasizlar, unda o’lasizlar va undan k’ayta chik’arilasizlar, dedi».
Shunday bo’lmog’i muk’arrar. K’ayta tirilganlarida er yuzida k’ilgan amallari evaziga mukofot yoxud jazo oladilar, jannat yoki do’zaxga doxil bo’ladilar.
ODAMNING TAVBASI K’ABUL BO’LDI
Alloh taolo Odam bolasini er yuzida xohlagancha kuningni ko’raver deb o’z holiga tashlab k’o’ygan emas, balki unga eng zarur ne’matlarni ato aylagan, hatto tavba k’ilish uchun zarur kalimalarni ham O’zi o’rgatgan:
«Bas, Odam o’z Robbisidan so’zlarni k’abul k’ilib oldi, keyin U zot uning tavbasini k’abul k’ildi. Albatta, U tavbani k’abul k’iluvchi va rahmli zotdir». (Bak’ara surasi 37 oyat)
Tafsirchilarimiz, Alloh subhonahu va taolo shu paytda Odam alayhissalomga ilhom ork’ali ma’lum so’zlarni berdi, Odam alayhissalom ularni k’abul k’ilib olib aytdi, shundan keyin Alloh uning gunohidan kechdi, deb tushuntiradilar. Momo Havo ham gunoh sodir etilishida Odam ota bilan birga bo’lishiga k’aramay, bu mak’omda zikr k’ilinmaganining sababi–u kishi Odam alayhissalomga ergashganligi uchun Odamning zikri bilan kifoya k’ilindi.
Ulamolarimiz, Odam alayhissalom Alloh taolodan k’abul k’ilib olgan kalimalar keyinrok’ keladigan: «Robbana zalamnaa anfusana» deya boshlanuvchi yolborish kalimalari edi, deganlar. Oyatning oxirida Alloh taoloning tavbani k’abul k’iluvchilik sifati:
«Albatta, U tavbani k’abul k’iluvchi va rahmli zotdir», deb zikr k’ilinishidan o’sha so’zlarda tavba o’z aksini topganligi bilinib turibdi.
«Biz: «Undan hammangiz tushing. Bas, Mendan sizga hidoyat kelajak. Kim Mening hidoyatimga ergashsa, ularga xavf yo’k’ va ular xafa ham bo’lmaslar», dedik». (Bak’ara 38 oyat)
YA’ni, Alloh taolo:
«Hammangiz jannatdan tushing», dedi.
Bu farmonning yana bir takrorlanishi, ta’kid uchundir.
«Bas, Mendan sizga hidoyat kelajak».
Allohdan bandalariga keladigan hidoyat Payg’ambar va ilohiy kitoblardan iborat bo’ladi. Demak, Alloh hidoyatga yo’llashini, Payg’ambar va kitoblarini yuborib turishini avval boshdanok’ aytib k’o’ygan. Odamlar ushbu ilohiy hidoyatga bo’lgan munosabatlariga k’arab turli martabalarga bo’linadi.
«Kim Mening hidoyatimga ergashsa, ularga xavf yo’k’ va ular xafa ham bo’lmaslar».
YA’ni, Kim Allohning hidoyatiga–Payg’ambariga va kitobiga ergashsa, ularga kelajakda hech k’anday xavf-xatar yo’k’ va ular avval bo’lib o’tgan ishlardan xafa ham bo’lmaydilar.
Alloh taoloning ushbu oyati karimada:
«Bas, Mendan sizga hidoyat kelajak. Kim Mening hidoyatimga ergashsa, ularga xavf yo’k’ va ular xafa ham bo’lmaslar», deganida kelajakda Odam alayhissalom payg’ambar bo’lishlariga ishora bor edi va darhak’ik’at shundok’ bo’ldi ham.
Allohning amri ila er yuziga tushganlaridan keyin Odam ota va Momo Havo ko’plab farzandlar ko’rdilar. Rivoyatlarda kelishicha Momo Havo har safar bir o’g’il, bir k’iz tug’ar edilar. O’sha paytdagi imkonlar hisobga olinib, birinchi juftlikdagi o’g’il k’izlar ikkinchi juftlikdagilar bilan oila k’urushlari mumkin edi. Shundok’ tarik’a ila odam zoti ko’payib bordi va otalari Odam ota ularga payg’ambar bo’ldilar.
Odam otaning payg’ambar bo’lganlariga K’ur’oni Karimdan va hadisi sharifdan dalillar bor.
Alloh taolo «Oli Imron» surasida aytadiki:
«Albatta, Alloh Odamni, Nuhni, Oli Ibrohimni, Oli Imronni olamlar ustidan tanlab oldi». (33 oyat)
Toho surasida esa:
«So’ngra Robbi uni tanlab oldi, bas, tavbasini k’abul k’ildi va hidoyatga boshladi», degan. (122 oyat)
Imom Termiziy Abu Hurayra roziyalohu anhudan rivoyat k’ilgan hadisi sharifda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«K’iyomat kuni men Odam farzandinning sayyididirman va faxrlanish emasku, k’o’limda hamd bayrog’i bo’ladir. Hech bir nabiy yo’k’ki; Odammi, undan boshk’asimi, hammasi mening bayrog’im ostida bo’lmasa. Faxr emasku, men ustidan k’abr birinchi yoriladigan shaxsdirman», deganlar.
Ushbu dalillar Odam otani Payg’ambar bo’lganlarini ko’rsatadi. U kishining nabiy bo’lganlari hak’ida hech k’anday shubha yo’k’. Ammo Rasul bo’lganlarmi yoki yo’k’mi, degan savolga ulamolarimiz yuk’oridagi dalillarni keltirib, rasul ham bo’lganlar, degan javobni beradilar.
Odam ota payg’ambar bo’lganlari anik’ligi ma’lum bo’ldi. Shu bilan birga Odam otaga nisbatan osiy bo’ldi, ig’voga uchdi kabi K’ur’oniy lafzlar ishlatilgani ham ma’lum. Avval o’rganganimizdek, payg’ambarlar ma’sumligi ham hak’.
Odam ota nomli bir payg’ambarning ham ma’sum bo’lishi va ham osiy bo’lib gunoh ish k’ilishni k’andok’ tushuniladi?
Bu savolga ulamolarimiz bir necha tomondan javob berganlar;
1-Odam alayhissalom daraxt mevasini Allohning amriga osiy bo’lish uchun k’asd k’ilib emas, amrni esdan chik’arib k’o’yib eganlar. Esdan chik’arish ma’nosi K’ur’oni Karimda ham zikr k’ilingan.
2-Odam alayhissalom bu ishni payg’ambar bo’lishlaridan oldin k’ilganlar. Payg’ambar bo’lishdan oldin bo’lgan bundok’ ishlar payg’ambarlik ismatiga zarar etkazmaydi.
Odam ota o’z farzandlariga payg’ambarlik k’ilib yurdilar. Albatta, u kishi ularni to’g’ri yo’lga boshlab turganlar. Ammo insonchilik ba’zi vak’tlarda atbo’larda ta’limotlardan uzok’lashish ok’ibatida ba’zi noloyik’ ishlar sodir bo’lib turishi ham bor.
Ana shundok’ ishlardan biri Odam otaning farzandlaridan ham sodir bo’lgan. Buni ibrat uchun K’ur’oni Karim batafsil bayon k’ilgan. O’sha hodisa Odam otaning ikki o’g’li k’issasidir. K’issada mazkur ikki shaxs Odamning o’g’illari ekanligini ta’kidlashdan boshk’a Odam otaning alok’alari yo’k’. Shundok’ bo’lsa ham bu k’issa doimo Odam alayhissalom k’issalariga ilova k’ilib keltiriladi. Biz ham ana shu an’anaga amal k’ilib o’sha k’issasini keltiramiz
ODAMNING IKKI O’G’LI K’ISSASI
Alloh taolo bu k’issani Moida surasida k’uyidagicha bayon k’iladi:
«Ularga Odamning ikki o’g’li xabarini hak’ ila tilovat k’ilib ber. Ikkovlari k’urbonlik k’ilganlarida, birlaridan k’abul k’ilindi, boshk’asidan k’abul k’ilinmadi. U: «Albatta, men seni o’ldirajakman», dedi. Birisi: «Albatta, Alloh tak’vodorlardangina k’abul k’iladir.
Agar sen meni o’ldirish uchun k’o’l ko’tarsang, men seni o’ldirish uchun k’o’l ko’tarmasman. Men, albatta, olamlarning Robbi-Allohdan k’o’rk’aman.
Men, albatta, mening ham gunohimni, o’zingning ham gunohingni olib ketishingni, shu sababdan do’zax ahlidan bo’lishingni xohlayman. Ana o’sha zolimlarning jazosidir», dedi. (27-29 oyatlar)
Eski tafsirlarda Odamning bu ikki o’g’li kimlar ekanligi, nima uchun k’urbonlik k’ilishgani, bittasidan k’urbonlik k’abul bo’lmaganligining sababi va boshk’a tafsilotlar uzundan-uzok’ bayon k’ilinadi. Hatto boshk’a dinlarning kitoblaridan ham ma’lumotlar keltiriladi. Ehtimol, o’sha ustoz mufassirlar yashagan zamon tak’ozosi shu bo’lgandir. Ehtimol, ular yashagan madaniy va ma’rifiy muhit shuni tak’azo k’ilgandir.
Ammo, aslini olganda, K’ur’oni Karim hidoyat kitobi, unda keltiriladigan k’issalar ham kishilarni hidoyat k’ilish ishiga hissa k’o’shadi. Bu ishda esa, shaxslarning ismi, vok’ea bo’lib o’tgan joyning nomi, er maydoni kabi chegara va rak’amlarga bog’lik’ ma’lumotlar uncha ahamiyatsiz. Oxirgi paytda o’tkazilgan ilmiy tekshirishlar, xususan, K’ur’oni Karimni boshk’a samoviy kitoblar bilan solishtirib ko’rishlar ham ushbu fikrni tasdik’lab chik’di. Shuning uchun zamonaviy tafsirchilarimiz, mazkur k’o’shimcha ma’lumotlarga berilib ketmasdan, asosiy e’tiborni K’ur’oni Karim zikr etgan hodisalarning mohiyatiga k’aratishni maslahat beradilar.
Hak’ik’atda ham ushbu k’issada zikr k’ilingan
«Odamning ikki o’g’li»ning ismlarini bilishdan hidoyat yo’lida bir foyda bo’lsa, Allohning O’zi aytib k’o’yar edi. Shuningdek, k’urbonlik k’ilishning sababini va nima uchun bittasining k’urbonligi k’abul bo’lmay k’olishining boisini bilish ahamiyatli bo’lganida, Allohning O’zi zikr k’ilgan bo’lardi.
Alloh taolo Payg’ambarimizga sollallohu alayhi vasallam xitoban, ushbu k’issani kishilarga tilovat k’ilib berishni amr k’ilmok’da.
Odamning ikki o’g’li bor ekan, ular k’urbonlik k’ilishibdi. Birlarining k’urbonligi k’abul bo’libdi. Ikkinchilarining k’urbonligi k’abul bo’lmapti. Shunda k’urbonligi k’abul k’ilinmagan o’g’il k’urbonligi k’abul k’ilinganga hasad k’ilib, ko’ra olmasdan, men seni, albatta, o’ldiraman, debdi.
Inson k’albiga hasad kirganda shunday bo’ladi. K’urbonligi k’abul bo’lmagani uning yaxshi kishi emasligiga dalolat edi. K’urbonligi k’abul bo’lgani esa, ikkinchi o’g’ilning yaxshi insonligi uchun edi. YAxshi odam doimo yaxshi bo’ladi. Hatto k’iyin va shiddatli paytlarda ham, hayoti xavf ostida turganda ham, yaxshiligicha k’oladi. U o’ziga tajovuz k’ilib turgan shaxsga k’arab, xotirjamlik bilan:
«albatta, Alloh tak’vodorlardangina k’abul k’iladi», dedi
Insonning yaxshi amallarining, jumladan k’urbonligining Alloh taolo huzurida k’abul bo’lishi, amal egasining tak’vodor ekanini anglatadi. Bu bilan u o’ziga suik’asd k’ilib turgan dushmanni ham tak’vodor bo’lishga da’vat etdi. Keyin esa, yanada xotirjamlik bilan, birodarining sharrini kesish uchun:
«Agar sen meni o’ldirish uchun k’o’l ko’tarsang, men seni o’ldirish uchun k’o’l ko’tarmayman», dedi.
Hak’ik’iy tak’vodor, Allohdan k’o’rk’k’an insonning gapi shundok’ bo’ladi. U shu bilan yomonlikning oldini olishga, hasadchining hasad olovini sovutishga harakat k’ilmok’da.
«Men, albatta, olamlarning Robbi Allohdan k’o’rk’aman», dedi.
YA’ni, mening tutgan bu yo’lim sendan yoki o’limdan k’o’rk’k’animdan emas, balki boshk’a bir insonni o’ldirish gunoh bo’lgani uchun, Allohning oldida gunohkor bo’lib k’olishimdan k’o’rk’k’animdan shunday k’ilmok’daman, dedi.
Bundan keyin esa, birodarini bu ishdan k’aytarish mak’sadida ok’ibat nima bo’lishini ham eslatib k’o’ydi:
«Men, albatta, mening ham gunohimni, o’zingning ham gunohingni olib ketishingni, shu sababdan do’zax ahlidan bo’lishingni xohlayman. Ana o’sha zolimlarning jazosidir», dedi».
YA’ni, agar sen Allohdan k’o’rk’may meni o’ldiradigan bo’lsang, meni o’ldirganing gunohini ham olasan va oldingi k’urbonligingning k’abul bo’lmagani gunohini ham olasan. Gunoh ustiga gunoh k’ilgan bo’lasan. Ok’ibatda senga beriladigan jazo ham ortadi va do’zaxga tushasan, dedi.
Ammo yomonlikka yurgan shaxsga bu gaplar ta’sir k’ilmadi.
«Nafsi unga birodarini o’ldirishni yaxshi ko’rsatdi. Bas, uni o’ldirdi. Shu sababdan ziyonkorlardan bo’ldi». (Moida surasi 30 oyat)
Havoi nafsining gapiga yursa, shunak’a bo’ladi. Unga har k’anday nasihat-eslatmalar kor k’ilmaydi. Haligi birodarga ham shuncha nasihat-eslatmalar foyda bermadi.
«Nafsi unga birodarini o’ldirishni yaxshi ko’rsatdi».
Avval aytganimizdek, bu odam nafsining amriga k’arshi chik’a olmadi.
«Bas, uni o’ldirdi. Shu sababdan ziyonkorlardan bo’ldi».
U bu dunyoda ham shu ishi tufayli ziyon ko’radi. Chunki birodari unga yordam berar edi. Uni to’g’ri yo’lga chak’irib, nasihatlar k’ilar edi. Endi u o’ldi, nasihat k’iluvchi, yaxshilik k’iluvchi va yordam beruvchi odam yo’k’ bo’ldi. Oxiratda esa, ushbu jinoyat tufayli, ya’ni, birodarini o’ldirgani uchun do’zaxga tushadi.
Alloh taolo k’otilga jinoyatidan keyingina uning ojizligini ko’rsatib, hasrat darsini berdi:
«Alloh er yuzida kezib yurgan k’arg’ani unga birodarining o’ligini k’anday ko’mishini ko’rsatish uchun yubordi. U: «Sho’rim k’ursin! Mana shu k’arg’achalik bo’lib, birodarim o’ligini ko’ma olmadim-a?!» dedi. Bas, u nadomat k’iluvchilardan bo’ldi». (Moida surasi 31 oyat)
Oyati karimaning siyok’idan ko’rinib turibdiki, k’otil birodarini o’ldirib k’o’ygandan keyin nima k’ilarini bilmay k’olgan. O’likni ko’mish kerakligi xayoliga kelmagan. Chunki avval o’lik bo’lmagan. Bu er yuzidagi birinchi o’lik edi. Shuning uchun ham nima k’ilishni bilmay, hayron bo’lib k’olgan. Rivoyatlarda kelishicha, shu paytda Alloh unga o’likni ko’mishni o’rgatish uchun ikki k’arg’ani yuborgan. Ular k’otilning oldida urushib, biri ikkinchisini o’ldirgan. So’ngra k’otil k’arg’a o’lgan k’arg’ani erni kavlab ko’mgan. Bu holni oyatda k’isk’a k’ilib:
«Alloh er yuzida kezib yurgan k’arg’ani unga birodarining o’ligini k’anday ko’mishini ko’rsatish uchun yubordi», deydi.
K’arg’a k’arg’aning o’ligini ko’mganini ko’rgan k’otil o’zidan nafrat k’ildi va:
«Sho’rim k’urisin! Mana shu k’arg’achalik bo’lib, birodarimning o’ligini ko’ma olmadim-a?!» dedi.
O’zicha g’ururga ketib, hasad k’ilib, begunoh birodarini o’ldirishgacha etib borgan nobakor, vak’ti kelib bir k’arg’achalik bo’la olmay k’oldi.
«Bas, u nadomat k’iluvchilardan bo’ldi».
Bu k’issadan barcha ibrat olishi lozim.
Tarixchilar k’otil o’g’ilning ismi K’obil, mak’tulning ismi Hobil bo’lganini, oradagi nizo xotin talashish ok’ibatida chik’k’anini aytadilar.
ODAM ALAYHISSALOMNING VAFOTLARI
K’ur’oni Karimda Odam otaning vafotlari hak’ida gap yo’k’. Bu hak’da tarixchilar o’z mulohaza va ilmiy izlanisharining natijalarini k’uyidagicha bayon k’iladilar.
Odam ota ming yil yashab, so’ngra vafot etdilar. U kishi o’zlari jannatdan birinchi tushgan erlari, Hindistondagi tog’ yak’iniga dafn k’ilindilar.
Boshk’a bir gaplarga k’araganda Makkai Mukarramadagi Abu K’ubays tog’iga dafn k’ilinganlar. U kishini yuvish, kafanlash, janozalarini o’k’ish, k’abrlarini k’azish va dafn k’ilish ishlarini farishtalar amalga oshirganlar.
Комментарии 0