Oksana chusovitina xalkaro gimnastika shon-sharaf zaliga kiritildi — ozbekiston

Oksana chusovitina xalkaro gimnastika shon-sharaf zaliga kiritildi — ozbekiston

Oksana chusovitina xalk’aro gimnastika shon-sharaf zaliga kiritildi — o’zbekiston

Tanik’li gimnastikachi Oksana Chusovitina Xalk’aro gimnastika shon-sharaf zaliga (IGHOF) kiritildi. Uni gimnastikaning rivoji yo’lida ulkan xizmatlarini k’o’shgan sportchilar safiga kiritish marosimi shanba kuni Oklaxoma-Sitida (AK’Sh) bo’lib o’tgan 21-an’anaviy tadbirda tashkillashtirildi, deb xabar k’ilindi shon-sharaf zali rasmiy saytida.
O’zbekistonlik gimnastikachidan tashk’ari, Xalk’aro gimnastika shon-sharaf zalidan yaponiyalik Sun Fudzimoto (Olimpiada-1976 oltin medali sohibi), Aleksey Nemov (4 karra Olimpiya chempioni) va amerikalik Alisiya Sakramone (2008 yilgi O’yinlar sovrindori) ham o’rin oldi.
Oksana Chusovitina 1975 yilda Buxoroda tug’ilgan. U sportdagi faoliyatini 1990 yilda Sobik’ Ittifok’ termasida boshlagan va hozirga k’adar davom ettirib kelmok’da. Oksana Chusovitina 1992 yilgi Barselona olimpiadasida oltin, 2008 yilgi Pekin olimpiadasida kumush medalni k’o’lga kiritgan. Uch karra jahon chempioni, Evropa va Osiyo o’yinlari chempioni.
U gimnastika tarixida 7 marotaba (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016) yozgi Olimpiya o’yinlarida ishtirok etgan yagona sportchi sifatida Ginnesning Rekordlar kitobidan o’rin olgan.
20 may kuni sportchi yana bir noyob muvaffak’iyatga erishdi — Chusovitina Xalk’aro shon-sharaf zaliga kiritilganidan so’ng sportchi sifatidagi faoliyatini davom ettirgan yagona gimnastikachi hisoblanadi.
1987 yilda tashkil etilgan IGHOF’ning so’nggi yigirma yillik faoliyati davomida unga jahonning 22 mamlakatidan 91 sportchi kiritilgan.
Video

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.