Olchazor torti — ozbekiston

«olchazor» torti — o’zbekiston
Zarur masalliqlar: khamiriga: 2 stakandan shakar va un, 100 gr. sariyog, 1 stakan sut, 2 dona tukhum, 4 osh qoshiq kakao, 2 choy qoshiqdan khamir yumshatgich va vanilin, 1,5 choy qoshiq istemol sodasi, 1 choy qoshiq tuz; kremiga: 1,5 stakan qaymoq, yarim stakan shakar, 2 choy qoshiq vanilin; bezak va urtasiga solish uchun: 500 gr. olcha murabbosi, 100 gr. shokolad.
Tayyorlanishi: 1. Un, khamir yumshatgich, tuz, vanilin va shakarni aralashtiring.
2. Tukhumni sut bilan kupirtirib, khona haroratida eritilgan sariyog va vanilin qushing. Kupirtirgach, unli aralashmaga soling-da, khamir tayyorlang. Khamirni teng ikki qismga ajratib, yoglangan qolipga soling. 175 darajada qizdirligan gaz pechiga 30-35 daqiqaga quying.
3. Qaymoqni shakar va vanilin bilan kupirtiring. Korj urtasiga krem surtib, olcha murabbosidan soling-da, ikkinchisini yopishtiring.
4. Tort yuziga krem surtib, olcha mevalari va shokolad qirindisi bilan bezating.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat.
6 kishilik.
Комментарии 0