Olimlar mukaddas kitoblardagi gapni tasdiklashdi hayot chindan ham tuprokdan paydo bolgan — ozbekisto

Olimlar muk’addas kitoblardagi gapni tasdik’lashdi: hayot chindan ham tuprok’dan paydo bo’lgan — o’zbekiston

Biokimyogarlar K’uyosh nuri yordamida 20 soat vak’t ichida «tirik tuprok'»ni yaratishga muvaffak’ bo’lishdi, deb yozadi kp. ru
Injil, K’ur’on kabi muk’addas kitoblarda Alloh ilk inson — Odam Atoni tuprok’dan yasab, unga jon ato etgan, deyiladi. Fan esa, o’z navbatida, hayot «ilk sho’rva»dagi kimyoviy reaksiyalar natijasida paydo bo’lgani, keyinchalik evolyusiya o’z ishini k’ilgani hak’idagi nazariyani ilgari surib keladi. Maktablarda shunday o’k’itilib kelinmok’da.
Birok’ zamonaviy tadk’ik’otchilar paradoksal xulosaga kelishmok’da: ilmiy pozisiyalardan k’aralganda tuprok’ nomzodi «ilk zuvala» material sifatida ancha afzalrok’ ko’rinmok’da.
Neptun, sen nohak’san!
— Ilk hujayrali organizmlar shu paytgacha hisoblanib kelingan okeanda emas, kondensatlangan suv bug’iga to’la geotermal havzalarda paydo bo’lgan bo’lishi mumkin, — deb hisoblamok’da Germaniyadagi Osnabryuk universiteti biofizigi Armen Mulkijanyan.
Mulkijanyan ishtirokchi bo’lgan MDU bitiruvchilaridan iborat, Rossiya, Germaniya va AK’Sh laboratoriyada ilmiy ish bilan band tadk’ik’otchilar jamoasi hayot paydo bo’lgan ilk geologik sharoitlarni k’ayta barpo etib ko’rishgan. Tadk’ik’otchilar barcha hujayrali organizmlar azaldan umumiy ajdodga ega bo’lgan, degan nazariyaga tayanishgan. Tirik jonivorlarning turli vakillarining shartli irsiy materialini o’rganib, solishtirma genomika bo’yicha mutaxassis Evgeniy Kunin (AK’Sh milliy salomatlik institutining milliy biotexnologiya markazi olimi) barcha organizmlarda mavjud bo’lgan 60 ta genni ajratib olgan. Demak, genlarning hammasi bizga umumiy ajdoddan meros bo’lib kelgan, keyinrok’ inson va infuzoriya-tufelkaning rivojlanish yo’llari ayro tushgan.
Bu holatda k’izik’ narsa yuzaga kelgan — bu k’adimiy genlar kodlashtirgan ok’sillarning natriyga umuman ehtiyoji bo’lmagan. Demak, sho’r suvli, natriyga boy muhit hisoblanuvchi okeanda hayot paydo bo’lishi umuman mumkin bo’lmagan. Chunki ilk tirik organizmlarning biokimyosi atrof muhitdan kuchli fark’ k’ilishi lozim bo’lmagan.
Birok’, «ilk» ok’sillar kaliy, fosfor birikmalari, rux ionlari va magniyga ehtiyoj sezgan. O’sha k’adimiy okeanning ham kimyoviy tarkibi bu ehtiyojlarga aslo javob bermasdi. Masalan, 3,5 milliard yoshga teng k’oyatosh jinslari tarkibida mavjud k’adimiy okean suvlarning pufakchalari tarkibida natriyning mik’dori kaliynikidan 40 barobar ko’p ekanligi anik’langan.
Olimlarning taxminicha, hayot — k’uruk’likda, geotermal faollik kuzatilgan joyda paydo bo’lgan. Fan doktori Mulkjanyanning so’zlariga ko’ra, Kamchatkadagi geotermal maydonlardagi bug’ va gaz kondensatlarining kimyoviy tahlili aynan shu muhit ilk hujayralar uchun zarur bo’lgan «Mendeleev jadvali»ga ega ekanligi oydinlashgan. O’sha bug’ kondensatlanib, aktiv menerallarga boy ko’lmaklar va kichikrok’ ko’llar hosil k’ilgan.
Tuprok’dan paydo bo’lgan ustun
O’sha ko’llar va suv havzalari k’irg’og’idagi aynan o’sha tuprok’ hayot paydo bo’lishida inkubator vazifasini o’taganining ehtimoli katta. Bu hak’da ilk bor bir necha yil avval shotlandiyalik kimyogar Aleksandr Keyrns-Smit aytib o’tgan edi. Uning farazicha, ilk «hayot g’ishtchalari» — kerakli shaklga k’anday kirishni ko’rsatib beruvchi mitti k’um formalari rolini o’tagan gilli jinslarning g’ovaklarida paydo bo’lgan bo’lishi mumkin.
Bu g’oyani Nyu-Yorkdagi hayot paydo bo’lishini tadk’ik’ etish markazi biokimyogari Jeyms Ferris tajriba yo’li bilan isbotlagan. U montmorillonit — kuchli ko’pchishga moyil bo’lgan yupk’a k’avatli loy bilan tajriba o’tkazgan. Xuddi shu narsadan mushuklar uchun hojat tuprog’i yasaladi. Anik’lanishicha, bu tuprok’ organik molekulalarga o’zini-o’zi vujudga keltirish uchun katalizator rolini o’tashi mumkin ekan. Eng oddiy hujayralar bu loyning ustiga joylashtirilganida ular 100 barobar tezrok’ shakllana boshlagan! Loydan yasalgan «k’avatli pirog» (k’avatlar orasidagi masofa 1-2 nanometr) kimyoviy gubka rolini o’tab, o’ziga suv, metall tuzlari va organik birikmalarni shimib olib, ular o’rtasida kimyoviy reaksiyalar o’tishiga muhit yaratgan. Boz ustiga, k’adimgi atmosferasiz Er yuzidagi barcha jonli narsalarni k’irib yuboruvchi ultrabinafsha nurlanishdan ham himoya k’ila olgan.
Shu kunlarda Kentukki universiteti va Massachusetts texnolgik universiteti olimlarining k’o’shma tadk’ik’oti e’lon k’ilindi. Ular oddiy atmosfera bosimi sharoitida, 90 daraja issik’likda 20 soat ichida shu «tirik tuprok'»ni sintez k’ilishga muvaffak’ bo’lishgan. Endi «tuprok’ probirka»ichida tirik bo’lmagan narsadan to’lik’ tirik narsa ola bilishsa bas (ayni paytda olimlar alal-ok’ibatda baribir tirik organizm surrogati olishmok’da), insoniyat tuprok’dan paydo bo’lganini ilmiy yo’l bilan isbotlangan, deb hisoblayversak ham bo’ladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.