Oliy liga 6-tur tahlili bilan tanishing — ozbekiston

Oliy liga 6-tur tahlili bilan tanishing — ozbekiston

Oliy liga 6-tur tahlili bilan tanishing — o’zbekiston

Oliy liga 6-turi odatdagidek o’tdi, hisob. Musobak’a jadvali peshk’adami yana o’zgardi, duranglar kuzatildi va …«Paxtakor» yana mag’lubiyatga uchradi. Boz ustiga, takror yirik hisobda va yana K’ashk’adaryo tomonda. Deylik, 2 yilcha oldin «sherlar»ning voha safaridan ketma-ket ikki bora 0:3 ko’rinishidagi omadsizlik bilan k’aytishlari ak’lga sig’armidi?
Ha, «Paxtakor»­ning muvaffak’iyatsizliklariga ko’nikib ulgurdik. Avvallari bu jamoaning har bir mag’lubiyati «sensasiya» yoxud kutilmagan natija sifatida baholanardi. Ammo endilikda bunday «k’ok’ilish»lar oddiy holga aylanib k’oldi. Misol uchun, «Paxtakor» joriy mavsum birinchi marta mag’lubiyatga uchramayapti. Umuman, K’ashk’adaryodan ham birinchi marta o’z to’riga «ilingan» gollar shodasi bilan k’aytmayapti…
DURANG SEROB
Aslida tur bahslari ancha sokin boshlandi. Musobak’a pesh­k’adami bo’lib turgan «K’o’k’on-1912» safarda «Mash’al»ga k’arshi maydonga tushdi va ortga g’alaba bilan k’aytishi ham hech gap emasdi. Birok’ No’’mon Hasanov shogirdlari yakunda 1 ochko olishdi. YA’ni so’nggi dak’ik’alarda k’o’yib yuborilgan gol natijasida durang bilan cheklanishdi. K’o’k’onliklar 5ta tur yakuni bo’yicha 1-o’rinni egallab turishganini inobatga olsak, bunday ssenariy va yakuniy natija jamoa muxlislarida biroz alam uyg’otgandir.
Ammo unutmaslik kerak, safardagi durang fak’at chempionlikni ko’zlayotgan jamoani k’onik’tirmasligi mumkin. «K’o’k’on-1912» oldiga k’o’yilgan vazifa esa butkul boshk’a. Shunday ekan, jamoa vakillari va uning muxlislari Muborakdagi o’yin tufayli uncha kuyunmasalar ham bo’laveradi. Axir k’o’k’onliklar hamon kuchli uchlikda bormok’dalar.
Turnir jadvalining yana bir etakchisi — «Navbahor» ham safarda o’ynadi. O’xshash tomoni, namanganliklar ham ortga 1 ochko olib k’aytishdi. Lekin fark’li jihati ham bor: Bekobodda jamoalar gol ura olishmadi. Bekobodga xos mashhur shamol bu borada na «Metallurg» va «Navbahor»ga yordam berdi. To’g’ri, jamoalar vakillari kuchli shamol ta’sirida ko’ngildagidek kombinasiyalar uyushtirolmagandirlar.
Ammo bittagina anik’ va binoyidek zarba shamol vositasida yanada sur’at olib, to’p darvoza to’riga borib tushishi hech gap emasdi. Xulosa shuki, himoyachilar nafak’at rak’iblar hujumlari, balki shamolga ham k’arshi turishni uddalashdi. Chunonchi, tabiat hodisasi butun vak’t to’xtagani yo’k’ va jamoalarning bir bo’limdan shamol yo’nalishiga k’arshi harakatlanishlariga to’g’ri keldi. YAna bir e’tiborli fakt shuki, «Navbahor» ketma-ket 4ta o’yindan buyon gol k’o’yib yubormayapti. Shu tarik’a jamoaning ochkolari soni 11taga etdi, ammo turnir jadvalida 4-o’ringa tushdi.
«K’izilk’um» esa «So’g’diyona»ga k’arshi kechgan o’yinda katta k’iyinchilik bilan mag’lubiyatdan k’utulib k’oldi. Jizzaxliklar safarda o’ynashganiga k’aramay, dadillik ko’rsatib, hisobni ochishga muvaffak’ bo’lishdi. Mezbonlar esa fak’at Ilhom Yunusovning penaltidan urgan goli evaziga muvozanatni tiklab, 1 ochkoni o’z tomonlariga va yana birini havoga «uchirishdi».
«DINAMO»ChA G’ALABA
Turning markaziy bahsi — «Lokomotiv» — «Nasaf» sharhini alohida berdik (oldingi sahifaga k’arang). Shuni takror ta’kidlash kerak, uchrashuv to’lig’icha Marat Bikmaev benefisiga aylandi. U avvaliga hisobni ochib, «Nasaf» shashtini biroz pasaytirdi va ikkinchi bo’lim boshida yana bitta goli ork’ali 3 ochko tak’dirini amalda hal k’ildi. YAkunda Sharof Muhiddinov tomonidan urilgan yagona javob goli k’arshilik muxlislar uchun ojiz tasalli bo’ldi, xolos.
«Obod» va «Olmalik’» o’rtasidagio’yinda Rauf Inileev boshchiligidagi mezbonlar nisbatan yaxshi o’ynashdi, ammo g’alaba Viktor Kumikov jamoasiga nasib etdi. YAgona gol muallifi — belaruslik Vladislav Kosminin.
Bu «Olmalik’» uchun k’atorasiga k’o’lga kiritilgan ikkinchi g’alaba bo’ldi. Ha, Kumikov g’oyalari samara bera boshlagan ko’rinadi. To’g’ri, murabbiyning o’zi shogirdlari rak’ibdan yaxshi o’ynashmaganini tan oldi, Inileev esa gol urilgan vaziyatda darvozabonga nisbatan k’o’pollik k’ayd etilganidan nolidi.
Mavsumning bosh kashfiyoti «Dinamo» oradagi 2ta mag’lubiyatdan so’ng o’z hisobini yana 3 ochko bilan to’ldirdi. Samark’andliklar bu safar o’z maydonlarida «Buxoro»ni ishonchli tarzda engishdi — 3:1. Ha, endi «Dinamo»ning startdagi natijalarini tasodifga yo’yish uchun asos yo’k’. Jamoa so’nggi 2ta turda imkoniyatni boy bergach, shov-shuv biroz bosilgan va debyutant etakchilar k’atorida uzok’ k’ololmaydigandek tuyulgandi. Mana, 6-tur «Dinamo» uchun barchasini oldingi holatiga k’aytardi. YA’ni Oleg Tyulkin jamoasi 3 ochko olish evaziga turnir jadvalining 2-k’atoriga ko’tarildi. Demak, oliy ligada «Dinamo» belgisidagi «intriga» davom etadi.
«PAXTAKOR»ChA MAG’LUBIYAT
Bilasiz, oliy ligada K’ashk’adaryo viloyatidan 3ta klub bor — «Nasaf», «Mash’al» va «Sho’rtan». K’arangki, «Paxtakor» joriy mavsum ulardan ikkisi oldida bir xil holatda bosh egishga ulgurdi. Muborak safarida 3ta javobsiz gol k’abul k’ilishgan «sherlar» G’uzorda ham shu kuyga tushishdi — yana 0:3. Vohaning eng kuchli klubi — «Nasaf»ga k’arshi bahs hali oldinda ekanligini inobatga olsak, bu ketishda «Paxtakor»ning janubiy viloyatdagi mag’lubiyatlari an’ana tusiga kirib k’oladi, shekilli.
To’g’ri, «sherlar»ning «Mash’al» va «Sho’rtan»ga k’arshi o’tkazgan o’yinlari bir-biridan biroz fark’lanadi. Chunonchi, Muborakdagi uchrashuvdan fark’li o’larok’, G’uzorda bemalol gollarga boy durang k’ayd etilishi mumkin edi. Birok’ Ravshan Haydarov boshk’aruviga o’tgan jamoa vakillari vaziyatlar k’adriga etishmadi va «ulok’» yakunda k’arshi hujumlardan samara chik’ara olgan «Sho’rtan» mulkiga aylandi.
«Bunyodkor»ga nima bo’lyapti?
Tur doirasidagi so’nggi o’yinda ink’iroz holatidagi ikki klub o’zaro to’k’nash keldi. YA’ni chempionatda hali g’alaba k’ozonmagan «Neftchi» ham ichki arena, ham xalk’aro maydonda o’zini sira tiklolmayotgan «Bunyodkor»ni k’abul k’ildi. Farg’onada hisobni «k’aldirg’ochlar» ochishdi va yakunda ijobiy natijani rasmiylashtirishdi -2:1. Xullas, «Neftchi»ning ahvoli yanada og’irlashdi. Aftidan, jamoa boshk’aruvida o’zgarish bo’ladi, chog’i. Hark’alay, bosh murabbiy Andrey Fyodorov o’yindan so’ng ishdan ketishga tayyorligini bildirdi.
Tur K’ahramoni va tur ik’tiboslarini o’k’ish uchun davomiga o’ting
Bu hali hammasi emas, davomi bu erda

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.