Olmaliqda rekord palov tayyorlandi — ozbekiston

Olmaliqda rekord palov tayyorlandi — o’zbekiston
17 avgust kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida Milliy telekanali tashabbusi bilan Uzbekistonda eng katta palov tayyorlandi. Ekspertlarning qayd etishicha, rekord miqdordagi ushbu taomning ogirligi 6 tonnani tashkil etdi, deya khabar qildi tashkilotchilar.
Palov diametri 4,2 metr, hajmi deyarli 8 ming litr bulgan qozonda pishirildi. Ushbu qozon Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mazkur tadbir uchun makhsus quyib tayyorlangan. Qozonning umumiy ogirligi 7 070 kg, chuqurligi 1 metr. Uchoqning ogirligi esa deyarli 3 tonna.
Palovni tayyorlash uchun rekord miqdordagi masalliqlardan foydalanildi. Khususan, 826 kg mol gushti, 825,5 kg quy gushti, 195 kg dumba va eng asosiysi, 1 650 kg guruch qozonga solindi. Shuningdek, 2400 kg sabzi, 185 kg piyoz, 350 litr usimlik yogi, 480 kg tuz ham ishlatildi hamda 4,5 kg zira, 165 kg zirk, 90 kg nukhat va 3 kg qora murch bilan palovning tami rostlandi.
Ushbu palovni tayyorlash uchun Uzbekistonning 50 dan ziyod taniqli oshpazlari jam bulishdi. Ular taomni 2 metrli kapgirda aralashtirib, suzishdi.
Tayyor taom tadbir mehmonlari hamda Olmaliqning 22 mingdan ziyod aholisiga tarqatildi.
Umumiy hisobda mega palovni tayyorlash, tarqatish — tashkilotchilik ishlarida 150 kishi hissa qushdi.
Milliy telekanali malumotlariga kura, bu tadbir dunyodagi eng katta palovni tayyorlash oldidan repetisiya jarayoni edi. Uzbekistonda tayyorlangan eng katta palov buyicha dunyo rekordini urnatish va uni Ginnes rekordlari kitobiga kiritish uchun rasmiy urinish shu yilning 8 sentyabrida Milliy telekanalining 1 yilligi munosabati bilan utkaziladigan «Uzbegim» ananaviy madaniyat festivali doirasida bulib utadi.
Комментарии 0