Omonda ozbekiston elchixonasi ochiladi — ozbekiston

Omonda ozbekiston elchixonasi ochiladi — ozbekiston

O’monda o’zbekiston elchixonasi ochiladi — o’zbekiston

20 aprel kuni O’zbekiston tashk’i ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O’zbekistonga ikki tomonlama muzokaralarda ishtirok etish uchun kelgan O’mon Sultonligi Tashk’i ishlar vazirligi Bosh kotibi Badr bin Hamad al-Busaidiy boshchiligidagi delegasiyani k’abul k’ildi.
O’zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar k’ilishicha, suhbat avvalida mamlakatlarimizda 22 aprel kuni nishonlanadigan O’zbekiston va O’mon o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan tomonlar bir-birlarini tabrikladilar.
Uchrashuvda barcha sohalardagi hamkorlikni kengaytirishdan tomonlar manfaatdorligi hamda buning uchun zarur salohiyat mavjudligi k’ayd etildi. Ushbu masalalar O’monning Toshkentdagi elchixonasi va tez orada Maskatda ochiluvchi O’zbekiston elchixonasi faoliyatining asosi bo’lishi lozimligi ta’kidlandi.
O’zbekistan Fanlar Akademiyasi k’oshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Shark’shunoslik institutining O’mon moliyaviy va konsultativ ko’magi asosida k’urilib, jihozlanayotgan yangi binosi madaniy-gumanitar sohadagi ikki tomonlama samarali alok’alarning york’in timsoli ekanligini e’tirof etildi.
Suhbat davomida xalk’aro siyosatning dolzarb jihatlari ham muhokama k’ilindi.
Shu kuni Toshkentda bo’lib o’tgan O’zbekiston-O’mon vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi doirasida ikki tomon kun tartibining asosiy masalalari turli sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashga o’zaro k’izik’ish mavjudligi nuk’tayi nazaridan batafsil muhokama k’ilindi.
Maslahatlashuvlarda O’zbekiston-Turkmaniston-Eron-O’mon transport koridori mexanizmlarining ishga tushirilishi nuk’tayi nazaridan transport-kommunikasiya sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor k’aratildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.