Operasiya yoli bilan tukkan ayollar tabiiy yol bilan tugishi mumkinmi — ozbekiston

Operasiya yoli bilan tukkan ayollar tabiiy yol bilan tugishi mumkinmi — ozbekiston

Operasiya yo’li bilan tuk’k’an ayollar tabiiy yo’l bilan tug’ishi mumkinmi? — o’zbekiston

Kesar yo’li bilan tuk’k’an ayollar keyingi homiladorliklarida tabiiy yo’l bilan tug’ishni istaydilar. Buning iloji bormi? Kesar yo’li bilan tuk’k’an ayolning keyingi tug’ishi tabiiy bo’lish imkoniyati 60-80 foizni tashkil etadi. Bunga ko’plab faktorlar ta’sir k’ilib, ulardan biri ilk tug’ruk’ kesar yo’li bilan o’tkazilishiga bo’lgan sababdir.
Misol uchun, birinchi farzand tabiiy tug’ilgan bo’lib, ikkinchisi tug’ilish payti dumbasi bilan joylashgani sababli kesar ork’ali tug’dirilgan bo’lsa, uchinchi homiladorlikning tabiiy tug’ish bilan yakunlanish ehtimoli yuk’ori bo’ladi. Lekin ilk tug’ayotganda to’lg’ok’lar davomida kuchanmay, bolani o’zi tug’a olmagani sababli shoshilinch kesish bilan bola tug’dirilgan bo’lsa, u holda keyingi tug’ruk’ ham kesar yo’li bilan yakunlanishi mumkin.
Kesar yo’li bilan tuk’k’an ayolga ikkinchi homiladorligida tug’ruk’ k’aysi yo’l bilan o’tkazilishini hech kim oldindan anik’ ayta olmaydi. Bu narsa fak’at rejalashtirilishi mumkin. Agar homilador ayol kesar yo’li ork’ali tuk’k’an bo’lib, keyingi farzandini tabiiy yo’l bilan tug’ishni mak’sad k’ilgan bo’lsa, bu hak’da o’z ginekologi bilan batafsil maslahatlashishi kerak. Shunda ginekologning roziligi va ba’zi shartlarning bajarilishi talab etiladi.
Bu shartlar:
1. Oldingi tug’ishda bachadon T yoki vertikal emas, gorizontal kesilgan bo’lishi kerak. Muhimi shundaki, k’orinda ko’rinadigan kesilish joyi ba’zida bachadondagi chok bilan fark’ k’ilishi mumkin.
2. Homilaning chik’ish yo’llari etarlicha keng bo’lishi darkor. Albatta, buni anik’ bilishning iloji yo’k’, lekin ginekolog ko’rik o’tkazib, taxmin k’ilishi mumkin.
3. Tabiiy tug’ishni rejalashtirgan ayol bachadonida mioma yoki shish mavjudligi tufayli jarrohlik operasiyasi o’tkazmagan bo’lishi shart.
4. Homilador ayolda kesar uchun zaruriyat mavjud bo’lmasligi kerak (masalan, yo’ldosh bilan bog’lik’ muammolar, shish mavjudligi va boshk’alar).
5. Tug’ruk’ davomida zarur bo’lib k’olsa, kesar muolajasini o’tkazish va homilaga kerakli tez yordam ko’rsata olish uchun sharoit bo’lishi muhim.
6. Homilaning tug’ish yo’llariga chak’alok’ boshi bilan joylashgan bo’lishi kerak.
K’uyidagi faktorlar kesardan so’ng tabiiy tug’ishga to’sk’inlik k’ilishi mumkin:
– homilador ayolning yoshi kattaligi;
– homilador ayolning vazni o’ta yuk’oriligi;
– tug’ilayotgan bolaning vazni 4.0 kgdan ortik’ligi.
Mabodo tabiiy ravishda tug’ishga ayolning kuchi etmasa yoki boshk’a tibbiy holatlar tufayli shoshilinch kesar talab etilsa, bunday holat rejalashtirilgan kesar jarroxligidan ko’ra xavflirok’ bo’ladi. Bunda homila salomatligiga ham ziyon etishi mumkin. Shuning uchun tug’ish yo’lini tanlash borasida hamma tomonlarni o’ylab k’aror chik’arish lozim.
Madina Muhammadieva

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.