Otb karshi-kitob yolini modernizasiya kilishga komaklashadi — ozbekiston

Otb k’arshi-kitob yo’lini modernizasiya k’ilishga ko’maklashadi — o’zbekiston

Osiyo tarak’k’iyot banki 6 dekabr kuni K’ashk’adaryo viloyatidagi K’arshi-Shahrisabz-Kitob avtoyo’lining 77 kilometrini modernizasiya k’ilishga 198 mln dollar kredit ajratishni tasdik’ladi, deya xabar k’ildi OTB matbuot xizmati.
«Yo’llarning modernizasiya k’ilinishi O’zbekistonning Markaziy Osiyo va Evropa, shuningdek, Osiyo mintak’asida savdo-sotik’ni rivojlantirish uchun etakchi tranzit puntki sifatidagi o’rnini mustahkamlaydi, — dedi OTB Markaziy va G’arbiy Osiyo Departamentining transport bo’yicha bosh mutaxassisi. — Loyiha doirasida yo’l xavfsizligi choralarini k’o’llash, mutasaddi agentlik va mahkamalar salohiyatini rivojlantirish evaziga yo’l ob’ektlari va yo’llarni boshk’arish holati yaxshilanadi».
Markaziy Osiyo mintak’aviy hamkorlik dasturi ishtirokchisi hisoblangan O’zbekiston yo’llari va avtomagistrallarining xalk’aro tranzit trafigiga yuk tashishlar hajmining 10 foizga yak’ini hamda ichki yuk va yo’lovchi tashish mik’dorining 88 foizi to’g’ri keladi.
Loyiha doirasida K’arshi, Shahrisabz va Kitob o’rtasidagi mavjud avtomagistralning ikkita uchastkasini yo’l xavfsizligi va ik’lim o’zgarishlariga moslashish talablari inobatgaga olingan holda to’rt k’atorli sementbeton k’oplama yotk’izish yo’li bilan modernizasiya k’ilish ko’zda tutilgan.
Mazkur yo’lni modernizasiya k’ilish K’arshi-Kitob avtomobil yo’li bo’ylab yillik trafik hajmi 2022 yilga k’adar 2015 yildagi 9408 o’rniga 14 ming avtotransport vositasiga k’adar ortadi. Shuningdek, loyiha halk’aro savdo-sotik’ va turizmning rivojlanishiga ham ulkan hissasini k’o’shadi.
Loyiha uning asosiy ijrochisi hisoblangan Respublika yo’l jamg’armasi hamda yo’llarni loyihalashtirish va k’urilish standartlari bo’yicha ayrim loyihaviy institutlar vakillarining boshk’aruv ko’nikmalarini yaxshilashga k’aratilgan salohiyatni rivojlantirish komponentlarini ham o’z ichiga oladi.
Loyihaning umumiy k’iymati 266,2 mln dollar bo’lib, uning 68,2 mln dollari hukumat tomonidan moliyalashtiriladi. Loyihaning 2021 yil oxirida yakuniga etishi kutilmok’da.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.