Otb rahbarining ozbekistonga tashrifi jarayonida yangi kelishuvlar imzolandi — ozbekiston
Otb rahbarining o’zbekistonga tashrifi jarayonida yangi kelishuvlar imzolandi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 3 mart kuni Osiyo tarak’k’iyot banki prezidenti Takexiko Nakaoni k’abul k’ildi. Bu hak’da O’zA xabar k’ildi.
Davlat rahbari mehmonni k’utlar ekan, mamlakatimiz ik’tisodiyoti tarmok’lari va infratuzilmasini modernizasiya k’ilish bo’yicha ustuvor dastur va loyihalarni amalga oshirish borasida O’zbekiston va Osiyo tarak’k’iyot banki o’rtasidagi o’zaro manfaatli sheriklik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.
Bugungi kunda hamkorlik portfeli umumiy k’iymati 14 milliard dollardan ziyodni tashkil etuvchi 59 loyihani o’z ichiga olgan bo’lib, ularni moliyalashtirish uchun bankning 6 milliard dollardan ko’prok’ mablag’i jalb k’ilingan.
Tollimarjon va Taxiatosh issik’lik elektr stansiyalarida zamonaviy bug’-gaz k’urilmalarini barpo etish, yuk’ori voltli elektr uzatish liniyalarini modernizasiya k’ilish, k’ishlok’ joylarda namunaviy uy-joy k’urish, mamlakatimizning turli hududlarida suv ta’minoti tizimi va sanitariya ob’ektlarini rekonstruksiya k’ilish, Amu-Buxoro mashina kanali tizimini k’ayta tiklash, Marok’and-K’arshi temir yo’lini elektrlashtirish, kichik biznesni, tadbirkorlikni k’o’llab-k’uvvatlash va boshk’a loyihalar Osiyo tarak’k’iyot banki ishtirokida amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan yirik loyihalar sirasiga kiradi.
Uchrashuvda 2017-2019 yillarga mo’ljallangan k’o’shma dastur doirasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish masalalari muhokama k’ilindi.
Aholi, aynik’sa, k’ishlok’ aholisi turmush darajasini oshirish, tadbirkorlik sub’ektlarini k’o’llab-k’uvvatlash, agrar tarmok’ni modernizasiya k’ilish, yo’l-transport infratuzilmasi, muk’obil energetikani rivojlantirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va boshk’a yo’nalishlarga k’aratilgan ustuvor loyihalarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
OTB prezidenti samimiy k’abul va o’zaro sheriklik munosabatlarini mustahkamlashni k’o’llab-k’uvvatlayotgani uchun Prezidentga chuk’ur minnatdorlik bildirib, Osiyo tarak’k’iyot banki O’zbekiston bilan keng ko’lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi.
OTB delegasiyasining O’zbekiston vazirliklari va idoralarida o’tkazgan uchrashuvlari yakuni bo’yicha bankning 573 million dollarlik mablag’ini jalb k’ilgan holda kichik biznes, meva-sabzavotchilik sohalari, suv ta’minoti tizimi va avtomobil yo’llari infratuzilmasini rivojlantirishga doir 4 loyihani amalga oshirish bo’yicha kelishuvlar imzolandi.
O’zbekistonga tashrifi davomida Takexiko Nakao Samark’and, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bo’lib, Osiyo tarak’k’iyot banki ishtirokida amalga oshirilgan investisiya loyihalarining natijalari bilan tanishdi.
Комментарии 0