Ovkat va ichimliklarga puflash — ozbekiston

Ovk’at va ichimliklarga puflash — o’zbekiston

Abu Said roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichimlikka puflashdan k’aytardilar. Bas, bir kishi:
«Idishga tushib k’olgan narsani ko’rsam-chi?», dedi.
«Olib tashla», dedilar u Zot.
«Men bir nafasda icha olmayman», dedi.
«Undok’ bo’lsa, k’adahni og’zingdan uzok’lashtir», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat k’ilganlar.
Ko’pchiligimizda og’zimizni kuyib k’olishidan k’o’rk’ib, issik’ taom yoki ichimlikka beixtiyor puflash odati bor. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam esa bundan k’aytarganlar. Nima uchun?! Ko’p odamlar buni eb-ichish odoblaridan biri deb hisoblashgan.
Olimlarning ilmiy tadk’ik’otlari shuni ko’rsatdiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech bir narsadan bejiz k’aytarmaganlar. Bunda bizlar uchun yaxshiliklar yashiringandir. K’ur’onda ham kelgan-ku: «U havodan nutk’ k’ilmas. U (K’ur’on) vahiydan o’zga narsa emas» (Najm surasi, 3-4 oyat).
Odam organizmida foydali bakteriyalar mavjud bo’lib, ular zararli bakteriya va mikroblar hamda ularning emiruvchilik faoliyati bilan kurashadilar. Bu foydali bakteriyalar insonning tomok’ bo’shlig’ida yashashadi. Har safar issik’ ovk’atga puflaganda, havo bilan tashk’ariga chik’ishadi. Issik’ par bilan ta’sirga kirishganda esa foydalidan zararli bakteriyalarga yaylanadilar. Ovk’at bilan k’ayta organizmga tushgach, bu bakteriyalar gastrit yoki yazva, boringki ovk’at hazm k’ilish sistemasida xavfli o’simtalarning rivojlanishiga ham olib borishi mumkin.
Sunnatga amal k’ilib, zararli odatni tashlash yoki tashlamasdan hayotingizni xavf ostiga k’o’yish o’zingizga havola.
manba: «ISLAM I NAUKA»

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.