Ozarbayjon vakili sharq taronalari festivali gran-prisini qulga kiritdi — ozbekiston

Ozarbayjon vakili sharq taronalari festivali gran-prisini qulga kiritdi — o’zbekiston

Ozarbayjonda khizmat kursatgan artist Sohib Poshshozoda Samarqandda «Sharq taronalari» 11-khalqaro musiqa festivali Gran-prisini qulga kiritdi.
UzA khabariga kura, taqdirlash marosimi ushbu musiqiy tadbir bulib utgan Registon maydonida tashkillashtirildi.
Birinchi urin Khalq qushiqlarini saqlash buyicha Geosong jamgarmasi (Janubiy Koreya) jamoasi va Uzbekiston vakili Mohichehra Shomurodovaga nasib etdi.
Ikkinchi urinni Qirgiziston va Latviya artistlari qulga kiritdi. Uchinchi darajali diplomlar Eron, Indoneziya va Turkiya vakillari quliga topshirildi.
Qator nominasiyalar buyicha YuNESKO, Uzbekiston Madaniyat vazirligi, «Sharq taronalari» festivali direksiyasi, Samarqand viloyati va Samarqand shaharlari hokimliklari hamda boshqa tashkilotlarning makhsus sovrinlari taqdim etildi.
Joriy yilda festivalda 58 davlatning ananaviy musiqa va qushiq sanati vakillari qatnashdi.
Samarqand shahridagi muzeylar, hunarmandlar markazlari va mehmonkhonalarda festival tarikhiga oid suratlar, milliy hunarmandlik mahsulotlari va cholgu asboblari kurgazmalari namoyish etildi. Tarikhiy obidalar, buyuk allomalar nomi bilan bogliq majmualar, talim muassasalari, zamonaviy ishlab chiqarish korkhonalariga sayyohatlar uyushtirildi.
Anjuman doirasida utkazilgan «Sharq khalqlari musiqa madaniyatida milliy ananalarning shakllanishi va rivojlanishi» mavzuidagi khalqaro ilmiy-nazariy konferensiya sanatshunos olimlarning yirik khalqaro anjumani sifatida muhim va dolzarb masalalar muhokamasiga bagishlandi. Tadbirda 20 dan ortiq mamlakatdan kelgan olim va mutakhassislar maruzalar qildi, taqdimotlar utkazdi.
Marosimda uzbekistonlik sanat ustalari va yosh ijrochilar tomonidan konsert dasturi hamda «Uzbekiston madaniy merosi — umumbashariy boylik» deb nomlangan 3D proeksiya-musiqali yoritish tomoshasi namoyish etildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.