Ozbek milliarderlariga futbol klublarini berish kerakmi — ozbekiston

Ozbek milliarderlariga futbol klublarini berish kerakmi — ozbekiston

O’zbek milliarderlariga futbol klublarini berish kerakmi? — o’zbekiston

Futbol millionlar o’yini, millionlar o’yinining rivoji uchun esa millionlar kerak. Eng ommabop sport turi hisoblangan futbol rivojiga albatta ulkan moliyaviy imkoniyatga ega shaxslarning k’izik’ishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buni jahon tajribasi ko’rsatib turibdi. O’zbek futboli, milliy birinchilik hak’ida so’z yuritadigan bo’lsak, hali mamlakatimiz klublari Osiyo mik’yosida grandlar darajasiga ko’tarilishganicha yo’k’. Bu borada “Bunyodkor” tomonidan ma’lum darajada ishlar amalga oshirildi. “Paxtakor” Osiyoda o’z o’rnini topishga harakat k’ildi. “Nasaf” ichki imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda sezilarli natijalar k’ayd etishga intildi. Lekin bularning bari o’zbek futbolini Osiyoda brend darajasiga olib chik’ish uchun etarli bo’lmayapti.
Oliy ligadagi kurashlar ham mahalliy doirada k’olib ketmok’da. Milliy chempionatning saviyasi albatta O’zbekiston milliy terma jamoasining natijalarida o’z aksini topadi. K’achonki, klublarimiz har jihatdan kuchayib, malakali futbolchilarni etishtirib beruvchi bazaga aylanmas ekan jahon chempionati hak’idagi orzularimiz orzuligicha k’olishi tabiiy. Shu jihatdan olib k’araganda Oliy liga klublarini kuchaytirish, ularni Osiyoning kuchli klublariga aylantirish ork’ali futbol fabrikalari tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning uchun nima k’ilish lozim, degan savol tug’iladi. Buning javobi esa oddiy: yirik ishbilarmon va tadbikorlarni klublarga jalb etish natijasida bunga erishish mumkin. Shu kungacha xorijdagi faoliyati ork’ali milliardlab dollar mablag’ jamg’arishga erishgan vatandoshlarimizning o’zbek futboli rivojiga hiss k’o’shish uchun jalb etila olinsa, juda katta sakrashga erishiladi. O’zbekiston oliy ligasi Osiyoda birinchi o’ringa chik’ib oladi. Xatto ulkan moliyaviy imkoniyatlarga ega bo’lgan Xitoy superligasini ham tezda ortda k’oldirish mumkin. Chunki o’zbek futboli salohiyati, sayk’alga muhtoj ik’tidorlarning ko’pligi jihatidan Osiyo mamlakatlaridan anchagina katta imkoniyatlarga ega. Bundan tashk’ari bizning futbolimiz Evropa futboliga yak’inrok’ va Osiyoning ko’plab mamlakatlaridagi kabi futbol bizga 30 , nari borsa 40 yil avval kirib kelmagan. O’zbek futboli yak’inda o’zining 105 yillik yubileyini nishonlaydi.
YAponiya va Koreyada futbolga 1990 yillardan boshlab e’tibor k’aratila boshlandi. Arab davlatlari esa 2000 yillardan e’tiboran sportning bu turiga alohida urg’u bera boshladilar. Xitoyda esa 2015 yildan buyon futbol “bum”i boshlandi. Xo’sh shunday ekan, nega biz o’zbek futboli “bum”ini boshlay olmaymiz!
Xorijdagi o’zbek milliarderlari O’zbekistonda o’z bizneslari yo’lga k’o’yishni boshlashyapti. Shunday ekan ularning moliyaviy imkoniyatlarini biroz futbolga burishning o’zi bizga bu imkoniyatni bera oladi.
Futbolga befark’ bo’lmagan, Angliyaning “Arsenal” va “Everton” klublari aksiyalariga egalik k’iluvchi, 12,5 milliard dollarlik moliyaviy imperiyaning egasi namanganlik Alisher Usmonovning “Navbahor”ga jalb etilishi, Namangan futbolini yangi cho’k’k’ilarni zabt etishiga chorlashi tayin. Bu hak’da biz vodiymedia. uzda bir k’ator mak’olalar berdik. Va bu materiallar katta k’izik’ish bilan o’k’ildi. O’z vak’tida o’yingohga 60 minglab muxlis yig’a olgan “Navbahor”ning bu yil namoyish etayotgan o’yinlari ham muxlislarni xursand etmok’da. Tasavvur k’iling, “Navbahor”ga Joze Mourino murabbiylik k’ilsa, unga mahalliy mutaxassislar Anvar Soliev va Xayrullo Karimovlar yordam berishsa, jamoaga Odil Ahmedov k’aytarilsa, maydonda Jahongir Mehmonov va Ilhom Boydedaevlar bilan birga bir k’ator dunyo mik’yosida mahoratli futbolchilar to’p sursa. Bu albatta o’sib kelayotgan yoshlar o’yinini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xuddi shunday ehtimolda K’orak’alpog’istonning bosh jamoasi – Nukusning “Orol”ini yana k’ayta tiriltirish mumkin. O’zbek futboliga Berdax Olloniyozov va Ne’matulla K’uttiboev kabi mahoratli futbolchilarni etkazib bergan klub bir necha yillardan beri Oliy liga tugul birinchi ligada ham k’onik’arli o’yin namoyish eta olmayapti. Bunday paytda K’orak’alpog’istonda 1,5 milliard dollarlik loyihani amalga oshirishga kirishayotgan buxorolik Iskandar Mahmudovning jamoaga moliyaviy ko’mak ko’rsatishi “Orol”ning avvalgi nufuzini tiklashiga zamin hozirlaydi.
O’zbekistonda o’z biznesini boshlash taraddudiga tushgan k’ozog’istonlik o’zbek milliarderi Fattoh Shodiev ham futbolga begona emas. Bir vak’tning o’zida Belgiya fuk’arosi hisoblangan Shodiev o’z paytida k’ozok’ futboli rivojiga katta hissa k’o’shgan va k’o’shib kelmok’da. Uning say’-harakatlari va aralashuvi bilan Belgiyaning “Genk” jamoasi bir k’ator k’ozok’ klublari bilan hamkorlikni o’rnatgandi. Buning natijasida bir necha k’ozok’ futbolchilari o’z mahoratlari Evropada sinashga muvaffak’ bo’lishgan va malakalarini oshirishgan. Shunday ekan nega 3,7 millard dollarlik moliyaviy mablag’ga ega bo’lgan Jizzax viloyatining farzandi mahalliy “So’g’diyona” klubiga yordam bermasin! Davron Fayziev va Jasur Hasanov kabi futbolchilarni o’zbek futboliga bergan Jizzax futbol maktabi Shodievning moliyaviy ko’magida yangi yulduzlarni kashf etishi, kuchli klub sifatida shakllanishga etarlicha imkoniyatlari mavjud.
Farg’onaning “Neftchi” klubining bu yilgi chempionatda k’ayd etayotgan natijalari muxlislarni xafa k’ilayotgani tabiiy. Chunki ilk chempionatning dastlabki to’rt yilida chempionlik shohsupasidan pastga tushmagan klub, atigi ikki ochko bilan turnir jadvalining so’nggi pog’onasida bormok’da. Bu esa klubda k’andaydir muammolar borligidan dalolat bermok’da. Bu jamoaga ham yordam berishi mumkin bo’lgan xorijlik o’zbek milliarderi bor. U ham bo’lsa, Fattoh Shodievning biznes hamkori, Farg’onada tavallud topgan Alijon Ibragimovdir. Moliyaviy imkoniyatlari 2016 yil yakunlari bo’yicha Forbs tomonidan 1,8 milliard dollar deya baholangan “Evraziya bank”ining xo’jayini K’ozog’istonning eng yirik tadbirkorlaridan hisoblanadi.
Samark’andda futbol jonlanayotgani yak’k’ol ko’rinib turibdi. Ayni paytda Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan musobak’a jadvalida k’o’shpeshk’adam bo’lib turgan “Dinamo” uchun ham ehtimoliy homiy mavjudligi samark’andliklarni xursand etishi tabiiy. Uzok’ yillardan beri Ukrainada faoliyat ko’rsatib, neft magnati darajasiga ko’tarilgan A’zam Aslanov hak’ida ham yurtdoshlarimiz juda yaxshi bilishadi. Bunga uning 2011 yil o’g’li Amonning to’yi uchun 15 million dollar sarflagani va to’yda 1,8 million dollar hak’ evaziga Jenifer Lopesning “jon kechib” xizmat k’ilgani hak’ida xabar va videolar sabab bo’lgani tayin. Shunday ekan samark’andlik yirik tadbirkorning “Dinamo”ga ko’mak ko’rsatishi bu klub ishlarini yanada olg’a bosishiga turtki bo’lishi tayin.
Buxorolik Iskandar Mahmudovning “Orol”ga “berib yuborganimiz” uchun “Buxoro” klubi ishk’ibozlari bizdan ranjishmasin. Chunki, Mahmudovsiz ham Buxoro futboliga ko’mak berish ehtimoli yuk’ori bo’lgan dunyo mik’yosidagi milliarderlar talay topiladi. Bundaylar sirasiga isroillik yirik tadbirkor Levi Levaevni k’o’shish mumkin. Bundan tashk’ari moliyaviy k’udrati millard dollardan oshik’ bo’lgan yana o’nlab biznesmenlar buxoro farzandi hisoblanishadi. Shunday ekan agar bu ishga buxoroliklar “bel bog’lab” kirishishsa, jamoa yurtimizdagi eng k’udratli klublardan biriga aylandi.
YAna bir amalga oshishi ehtimoli juda yuk’ori bo’lgan loyiha bu – “Gazprom” kompaniyasi bilan yurtimizning biror klubini, misol uchun “Nasaf”, “Mash’al” yoki “Sho’rtan”ning sport hamkorligini yo’lga k’o’yishdir. Ayni paytda “Gazprom” o’zi faoliyat olib borayotgan mamlakatlarda sportga, aynik’sa futbol rivojiga katta mablag’ sarf etmok’da. Bir tomondan bu sport rivojini rag’batlantirsa ikkinchi tarafdan uning o’sha yurtdagi imidjini yaratishda, reklama k’ilishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Ayni paytda “Gazprom”ning ulkan moliyaviy ko’magi evaziga Sankt-Peterburgning “Zenit” (Rossiya), Gelzenkirxenning “Shalke-04” (Germaniya), Belgradning “Srvena Zvezda” (Serbiya), Sofiyaning SSKA (Bolgariya) jamoalari muvak’iyatlarga erishib kelishmok’da.
“Lokomotiv”, “Olmalik’”, “Metallurg”, “Andijon”ning yirik donorlari bor. O’zbekiston temiryo’llari, AGMK, Bekobod metallurgiya kombinati, “GM-Uzbekistan” — ular bemalol bu klublarning ta’min eta oladilar. “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Obod”ning esa o’z xo’jayinlari bor. Ularga poytaxtning ik’tisodiy k’uvvati grand klub bo’lishlari uchun etarli bo’ladi.
O’zbekiston terma jamoasiga o’rtamiyona emas, etakchilik k’obiliyatiga ega bo’lgan hak’ik’iy yulduzlar — No’’mon Hasanov, Shuhrat Rahmonk’ulov, Baxtiyor Ashurmatov, Muhtor K’urbonovlarni etkazib bergan K’o’k’on futbolini esa k’o’k’onlik mahalliy badavlat tadbirkorlar bemalol tasarruf eta oladilar.
Xullas, Alisher Usmonov Namanganning «Navbahor», Iskandar Mahmudov Nukusning “Orol”, Fattoh Shodiev Jizzaxning “So’g’diyona”, Alijon Ibragimov Farg’onaning “Neftchi”, A’zam Aslanov Samark’andning “Dinamo” klublari xo’jayiniga aylansa va k’olgan jamoalar yuk’oridagi reja asosida faoliyat ko’rsatsalar O’zbekiston Oliy ligasi Osiyoda birinchi o’ringa ko’tariladi!
Anvar IKRAMOV

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.