Ozbekgidroenergo kompaniyasi tashkil etildi — ozbekiston

O’zbekgidroenergo kompaniyasi tashkil etildi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidentining 18 maydagi farmoni bilan «O’zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kirgan gidroelektrstansiyalar, gidrotexnik va gidroenergetika bilan bog’lik’ boshk’a bo’linmalar, shuningdek K’ishlok’ va suv xo’jaligi vazirligining «O’zsuvenergo» birlashmasiga k’arashli bo’lgan barcha gidroelektrostansiyalarni birlashtiruvchi «O’zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
YAngi tuzilmani tashkil etishdan mak’sad — mamlakatning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish, suv-energetika resurslarini boshk’arishning yagona tizimini shakllantirish, elektr energiya ishlab chik’arish tarkibida k’ayta tiklanadigan gidroenergetika resurslari ulushini izchil oshirish, yangi ekologik toza energiya hosil k’iluvchi k’uvvatlarni tashkil etish, mavjud gidroelektrostansiyalarni texnik va texnologik jihatdan k’ayta jihozlash, gidroenergetikani rivojlantirishga xorijiy investisiyalarni keng jalb etish va shu asosda korxonalar va aholining elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojini yanada to’larok’ k’ondirishni ta’minlashdan iborat.
Farmonga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, gidroelektrostansiyalarning umumiy sonidan yiliga o’rtacha 5,2 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chik’arish k’uvvatiga ega 28 tasi «O’zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiradi, yiliga o’rtacha 1,3 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chik’arish k’uvvatiga ega 8 ta gidroelektrostansiya esa K’ishlok’ va suv xo’jaligi vazirligi tasarrufidagi «O’zsuvenergo» birlashmasi tasarrufidadir. Bu kabi bo’linish pirovardida gidroenergetika sohasini texnik boshk’arishning zaruriy yaxlitligini ta’minlamaydi.
«O’zbekgidroenergo» AJga O’zbekiston Prezidentining 2 maydagi k’arori bilan tasdik’langan 2017?2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi o’z vak’tida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo’yicha ijro etuvchi va mas’ul organ vazifasi yuklatildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.