Ozbekiston aholisi 32 mln kishidan oshdi — ozbekiston

Ozbekiston aholisi 32 mln kishidan oshdi — ozbekiston

O’zbekiston aholisi 32 mln kishidan oshdi — o’zbekiston

O’zbekistonning doimiy aholisi soni 1 yanvar holatiga 32,121 million kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 545,8 ming kishiga yoki 1,7 foizga o’sgan. Jumladan, shahar aholisi soni 16,238 million kishini (jami aholi soniga nisbatan 50,6%), k’ishlok’ aholisi soni esa 15,882 million kishini (jami aholi soniga nisbatan 49,4%) tashkil etdi. Dastlabki ma’lumotlar Davlat statistika k’o’mitasi axborot xizmati tomonidan e’lon k’ilindi .
2016 yilning yanvar-dekabr davrida 726,8 mingta bola tug’ilib, mos ravishda tug’ilish koeffisienti 22,8 promilleni tashkil k’ildi va 2015 yilning mos davriga nisbatan 0,7 promillega kamaydi (2015 yilda 23,5 promille bo’lgan). Tug’ilish koeffisientining sezilarli darajada pasayishi K’orak’alpog’iston Respublikasida (23,3 promilledan 21,8 promillegacha), Surxondaryo (27,0 promilledan 25,8 promillegacha), Buxoro (21,9 romilledan 20,9 promillegacha), Toshkent (21,1 promilledan 20,3 promillegacha), Andijon (24,1 promilledan 23,4 promillegacha), K’ashk’adaryo (26,2 promilledan 25,5 promillegacha) va Sirdaryo (22,8 promilledan 22,1 promillegacha) viloyatlarida k’ayd etildi. Shuningdek, tug’ilish koeffisientining o’sishi Toshkent shahrida (18,0 promilledan 18,4 promillegacha) va Navoiy (22,0 promilledan 22,1 promillegacha) viloyatida kuzatildi.
2016 yilning yanvar-dekabr oylarida 154,5 mingta o’lim k’ayd etilgan bo’lib, mos ravishda o’lim koeffisienti 4,8 promilleni tashkil etdi. O’lim koeffisientining o’sishi Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo, K’ashk’adaryo, Xorazm viloyatlari va K’orak’alpog’iston Respublikasida kuzatildi. O’lim koeffisientining pasayishi Andijon, Namangan, Toshkent , Farg’ona viloyatlarida va Toshkent shahrida k’ayd etildi.
Ro’yxatga olingan jami o’lganlarning 59,6 foizi k’on aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,4 foizi — o’simtalardan, 6,7 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,9 foizi — ovk’at hazm k’ilish a’zolari kasalliklaridan, 4,9 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,9 foizi — yuk’umli va parazitar kasalliklardan, 11,6 foizi — boshk’a kasalliklardan vafot etgan.
Yil davomida 7,7 mingta 1 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi k’ayd etildi va go’daklar o’limi koeffisienti 10,5 promilleni tashkil etdi. Ro’yxatga olingan 1 yoshgacha o’lgan jami bolalarning 56,7 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 22,4 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 9,8 foizi — tug’ma anomaliyalardan, 3,1 foizi — yuk’umli va parazitar kasalliklardan, 1,9 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,6 foizi — ovk’at hazm k’ilish a’zolari kasalliklaridan, 5,5 foizi — boshk’a kasalliklardan vafot etgan.
2016 yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYO organlari tomonidan 275,1 mingta nikoh va 29,4 mingta nikohdan ajralishlar k’ayd etilgan. Respublika bo’yicha nikoh tuzish koeffisienti 8,6 promilleni, nikohdan ajralish koeffisienti esa 0,9 promilleni tashkil etdi. Nikoh tuzish koeffisientining pasayishi respublikaning barcha hududlarida kuzatildi. Sezilarli darajada nikoh tuzish koeffisientining pasayishi K’ashk’adaryo, Namangan, Andijon, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida va K’orak’alpog’iston Respublikasida k’ayd etildi. Shu bilan birga, nikohdan ajralish koeffisientining o’sishi Jizzax, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida va ushbu koeffisientning pasayishi Buxoro, Navoiy, Toshkent viloyatlarida va Toshkent shahrida kuzatildi.
Yil davomida respublika bo’yicha ko’chib kelganlar soni 141,7 ming kishini, ko’chib ketganlar soni esa 168,3 ming kishini tashkil etdi. Migrasiya saldosi minus 26,6 ming kishini tashkil etdi (2015 yilda minus 29,3 ming kishi bo’lgan). Migrasiya saldosining yuk’ori darajasi Toshkent , Samark’and viloyatlarida va K’orak’alpog’iston Respublikasida k’ayd etildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.