Ozbekiston kubogi nasaf — paxtakor prevyu — ozbekiston

O’zbekiston kubogi. nasaf — paxtakor. prevyu — o’zbekiston
“Nasaf” 30 may, seshanba kuni O’zbekiston Kubogi 1/8 finalining javob uchrashuvida “Paxtakor”ni k’abul k’iladi. Xabaringiz bor, 22 may kuni Toshkentda bo’lib o’tgan dastlabki uchrashuvda “ajdarlar” 3:0 hisobida g’alaba k’ozonishgan. Uchrashuv G’uzor shahridagi, “G’uzor” markaziy stadionida soat 18:30da boshlanadi.
O’zbekiston Kubogi-2017. 1/8 finali javob uchrashuvi
“Nasaf” (K’arshi) — “Paxtakor” (Toshkent)
30.05.2017. “G’uzor” markaziy stadioni. 18:30da
Hakamlar: Zokir K’odirov (Navoiy), Obid Jumaev, Ruslan Samandarov (barchasi — Navoiydan), Komiljon Rasulov (K’ashk’adaryo vil.)
Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent).
Dastlabki uchrashuv: “Paxtakor” – “Nasaf” 0:3
Mazkur jamoalar O’zbekiston Kubogi bahslarida 15 marta to’k’nash kelishgan. Ularning 4 tasida “Nasaf”, 6 tasida “Paxtakor” zafar k’uchgan. 5 uchrashuvda durang k’ayd etilgan. Jamoalar kubok finallarida ham ikki marta, 2003 va 2011 yillar o’zaro hisob-kitob k’ilishgan.
“Nasaf” va “Paxtakor” jamoalari O’zbekiston superkubogida ham bir marta kuch sinashishgan. Bu uchrashuv o’tgan yili Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo’lib o’tgan. Unda k’arshiliklar 1:0 hisobida ustun kelgan.
Mazkur jamoalar bu yilgi O’zbekiston Kubogi bahslarining 1/8 finalida tuk’nash kelishdi. Yuk’orida aytganimizdek, 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida “Nasaf” rak’ibini 3:0 hisobida mag’lub etdi.
Javob uchrashuvi ham juda k’izik’arli va keskin bo’lishi turgan gap. Bunga sabablar talaygina. “Paxtakor” jamoasi dastlabki uchrashuvdagi hisob tasodif ekanligini isbot k’ilishga urinsa, “Nasaf” bu yilgi kubok bahslarida ham o’z oldiga jiddiy mak’sadlarni k’o’yganligini isbotlash uchun maydonga tushadi. Albatta, bu yilgi kubok uchun kurashda, keyingi bosk’ichga chik’ish uchun Berdiev shogirdlarida imkon ko’prok’.
Umuman olganda bu uchrashuvdan ko’prok’ muxlislar yutishadi. Chunki, bu jamoalar o’rtasidagi hoh chempionat, hoh kubok uchrashuvlari bo’lsin, doimo murosasiz va kurashlarga boy tarzda o’tgan.
Комментарии 0