Ozbekiston prezidenti afgonistonga hamdardlik bildirdi — ozbekiston

Ozbekiston prezidenti afgonistonga hamdardlik bildirdi — ozbekiston

O’zbekiston prezidenti afg’onistonga hamdardlik bildirdi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Afg’oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G’aniga hamdardlik maktubi yo’llab, unda Kobul shahridagi dafn marosimi chog’ida sodir etilgan bir nechta portlashlar ok’ibatida ko’plab begunoh insonlarning nobud bo’lgani hak’idagi xabarni chuk’ur k’ayg’u bilan k’abul k’ilganini bildirdi.
Tashk’i ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar k’ilishicha, davlat rahbari hamdardlik maktubida marhumlarning oila a’zaolari va yak’inlariga chuk’ur ta’ziya va hamdardlik izhor etdi. Jarohat olganlarning tez muddatlarda sog’ayib ketishini tiladi.
3 iyun shanba kuni Kobuldagi k’abristonda Afg’oniston parlamenti yuk’ori palatasi a’zosi Salim Izadiarning Kobuldagi nomoyishlar vak’tida halok bo’lgan o’g’lining dafn marosimi vak’tida bir necha marotaba portlash sodir etildi. Natijada 18 kishi halok bo’ldi, 12 kishi jarohatlandi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.