Ozbekiston prezidenti hindiston bosh vaziri bilan uchrashdi — ozbekiston

Ozbekiston prezidenti hindiston bosh vaziri bilan uchrashdi — ozbekiston

O’zbekiston prezidenti hindiston bosh vaziri bilan uchrashdi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ShHTning Ostona sammiti doirasida 9 iyun kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi, deb xabar k’ildi O’zA.
Davlat rahbari Hindiston bosh vazirini ShHT sammitida Hindistonning mazkur xalk’aro tashkilotga to’lak’onli a’zo sifatida k’o’shilishi to’g’risida k’aror k’abul k’ilinayotgani munosabati bilan tabrikladi.
Shavkat Mirziyoev mazkur uchrashuv Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining 2016 yil O’zbekistonga amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama k’ilish va hamkorlikning istik’bollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.
Narendra Modi O’zbekiston Hindistonni ShHTga a’zolikka k’abul k’ilish to’g’risidagi taklifni k’at’iy k’o’llab-k’uvvatlab kelgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Ushbu tarixiy vok’ea o’zaro serk’irra sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, xavfsizlikni ta’minlash, savdo-ik’tisodiy va investisiya sohalarida mintak’aviy hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini k’ayd etdi.
Shavkat Mirziyoevni O’zbekiston Prezidenti etib saylangani bilan yana bir bor tabriklab, ikki mamlakat o’rtasidagi mustahkam ishonchga asoslangan alok’alar bundan keyin ham rivojlanib borishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuvda O’zbekiston bilan Hindiston o’rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirish masalalari muhokama k’ilindi.
Aynik’sa, siyosiy mulok’otga alohida e’tibor k’aratilayotgani ta’kidlandi. Tomonlar bundan buyon ham oliy va yuksak darajadagi alok’alarni faol rivojlantirish, muntazam siyosiy maslahatlar o’tkazish, xalk’aro tuzilmalar doirasida bir-birini k’o’llab-k’uvvatlash amaliyotini davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.
O’zaro savdo-ik’tisodiy hamkorlik masalalari ko’rib chik’ilar ekan, 2016 yilda ikki mamlakat o’rtasidagi savdo aylanmasi 15 foiz o’sib, 366 million AK’Sh dollarini tashkil k’ilgani ta’kidlandi. Birok’ bu ko’rsatkich ikki davlat imkoniyatlarini to’lik’ aks ettirmaydi. O’zbekiston bilan Hindiston o’zaro savdo hajmini oshirish va tarkibini diversifikasiya k’ilish uchun ulkan salohiyatga ega.
«Navoiy» erkin ik’tisodiy zonasida «Minda» kompaniyasi bilan avtomobillar butlovchi buyumlarini ishlab chik’arish, «Novafarm» va «Ultra Xels Kear» kompaniyalari bilan Surxondaryo viloyatida dori-darmonlar va Toshkent viloyatida in’eksiya preparatlari ishlab chik’aradigan zamonaviy korxonalarning bunyod etilishi ikki davlat o’rtasidagi investisiyaviy hamkorlikka misol bo’la oladi.
Birgalikda dasturiy mahsulotlar yaratish va telekommunikasiya uskunalari ishlab chik’arish, meva-sabzavotlar, pilla va charmni chuk’ur k’ayta ishlash, eksport uchun tayyor mahsulotlar ishlab chik’arish, avtomobil ehtiyot k’ismlari, elektrotexnika mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va o’simliklarni himoya k’ilish vositalari ishlab chik’arish kabi sohalarda istik’bolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish imkoniyatlari ham ko’rib chik’ildi.
O’zbekiston Hindistonning faramasevtika sohasida boy tajribasini inobatga olib, ushbu yo’nalishda uzok’ muddatli hamkorlikni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.