Ozbekiston prezidenti pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi — ozbekiston

Ozbekiston prezidenti pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi — ozbekiston

O’zbekiston prezidenti pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharif bilan uchrashdi. Uchrashuvda asosiy e’tibor mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istik’bollari, mintak’aviy xavfsizlikni mustahkamlash masalalariga k’aratildi, deb xabar k’ildi O’zA.
O’zbekiston Pokistonning ShHTga a’zo davlat sifatida k’abul k’ilinishini k’o’llab-k’uvvatlab, tashkilotga raisligi davrida bu masalaga alohida e’tibor k’aratdi.
Mamlakatlar xalk’aro maydonda bir-birini k’o’llab-k’uvvatlab kelmok’da. O’zbekiston va Pokiston o’rtasidagi siyosiy, savdo-ik’tisodiy, madaniy-gumanitar va boshk’a sohalarda davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo 50 ga yak’in hujjat imzolangan. O’zbekistonda Pokiston bilan hamkorlikda tashkil etilgan 55 korxona faoliyat ko’rsatmok’da.
O’zbekiston Pokistonga paxta tolasi, ko’nchilik xomashyosi, transport va turizm xizmatlarini eksport k’iladi. Pokiston O’zbekistonga dori vositalari, kimyo va k’ishlok’ xo’jaligi mahsulotlari etkazib beradi, transport xizmati ko’rsatadi.
Shavkat Mirziyoev O’zbekiston Pokiston bilan ko’p k’irrali va o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdori ekanini k’ayd etdi.
Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif Pokiston O’zbekiston bilan barcha sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.