Ozbekiston rossiyaning beshta shahrida konsullik idorasini ochadi — ozbekiston

Ozbekiston rossiyaning beshta shahrida konsullik idorasini ochadi — ozbekiston

O’zbekiston rossiyaning beshta shahrida konsullik idorasini ochadi — o’zbekiston

Tashk’i ishlar vazirligi Rossiyaning Sankt-Peterburg, K’ozon, Rostov-na-Donu, Ekaterinburg, Vladivostok hamda K’ozog’istonning Olmaota shaharlarida konsullik mahkamalarini ochish masalasi ustida ish olib bormok’da. Bu hak’da TIV rahbarining birinchi o’rinbosari Javlon Vahobov 2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantirish startegiyasini amalga oshirishga bag’ishlangan konferensiyada ma’lum k’ildi.
Uning k’ayd etishicha, mazkur chora vak’tinchalik xorijda bo’lib turgan fuk’arolardan TIV manziliga kelib tushayotgan shikoyatlar asosida amalga oshirilmok’da. Prezident virtual k’abulxonasi ishga tushgan vak’tdan buyon murojaatlar soni 3000 ta atrofidani tashkil etsa, ularning uchdan ikki k’ismi konsullik-huk’uk’iy xususiyatga ega. Jumladan pasportlarni almashtirish; xorijda vafot etgan k’arindosh va yak’inlar o’limi hujjatlarini rasmiylashtirish, o’lim sabablariga oydinlik kiritish; xorijiy davlatlar hududida sodir etilgan jinoiy ishlar bo’yicha adolatli tergov olib borilishi; alimentlarni undirishda ko’maklashish va boshk’alar yuzasidan shikoyatlar kelib tushmok’da.
Xorijdagi fuk’arolar manfaatlarini himoya k’ilish uchun TIV Konsullik nizomining yangi tahririni ishlab chik’di. Hozirda loyiha jamoatchilik muhokamasi bosk’ichida.
Hujjatga muvofik’, konsul zimmasiga xorijda ob’ektiv sabablarga ko’ra mablag’siz k’olgan O’zbekiston fuk’arolariga moddiy ko’mak ko’rsatish vazifasi ham topshiriladi. Moliyaviy yordam olishda notarial tasdik’lanishga tenglashtirilgan shartnoma tuziladi. Fuk’aro shu yo’l bilan O’zbekistonga k’aytishi mumkin, birok’ 30 kun muddat ichida olingan pullarni k’aytarishga majbur bo’ladi.
Vazirning birinchi o’rinbosari so’zlariga ko’ra, ko’pchilik konsullik vazifalari «onlayn rejimga, interaktiv shaklga» o’tkaziladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.