Ozbekiston sportchilari suzish boyicha tiro a volo nuoto turnirida muvaffakiyatli ishtirok etdi — ozbek

Ozbekiston sportchilari suzish boyicha tiro a volo nuoto turnirida muvaffakiyatli ishtirok etdi — ozbek

O’zbekiston sportchilari suzish bo’yicha tiro a volo nuoto turnirida muvaffak’iyatli ishtirok etdi — o’zbekiston

2017 yilning 1-4 iyun kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida suzish bo’yicha “Tiro a volo nuoto” an’anaviy xalk’aro turniri o’tkazildi. Uchinchi bor tashkil etilgan mazkur musobak’ada Evropaning k’ator davlati vakillari kabi mamlakatimiz sportchilari ham sovrinli o’rinlar uchun kurash olib bordilar. E’tiborlisi, mazkur xalk’aro turnirda Vatanimiz sharafini himoya k’ilgan 4 nafar sportchimizdan uchtasi sovrinli o’rinlarni band etishdi.
Jumladan, terma jamoamiz etakchilaridan biri Hurshidjon Tursunov 100 metr masofaga erkin usulda suzish bo’yicha o’tkazilgan musobak’ada 00:49.54 minut natija bilan oltin medalga sazovor bo’lgan bo’lsa, 200 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida ham marraga 1:50.55 minut etib kelib, shohsupaning eng yuk’ori pog’onasiga ko’tarildi. K’uvonarlisi, Hurshidjon har ikki yo’nalishda ham “Tiro a volo nuoto” xalk’aro turnirining rekordini yangiladi.
YAk’indagina Jizzax shahrida bo’lib o’tgan “Barkamol avlod-2017” sport musobak’asida birinchi o’rinni egallagan Artyom Kozlyuk ham “Tiro a volo nuoto” xalk’aro turnirining rekordini yangilashga muvaffak’ bo’ldi. 200 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo’yicha o’tkazilgan musobak’ada 2:01.07 minut natija k’ayd etgan Artyom oltin medalni k’o’lga kiritish bilan birga, xalk’aro turnirning rekordini ham yangiladi. Bundan tashk’ari tajribali sportchimiz 50 metr masofaga batterflyay usulida suzish musobak’asida 00:24.45 minut natija bilan birinchi, 100 metr masofaga batterflyay usulida suzishda esa 00:54.04 minut ko’rsatkich bilan ikkinchi o’rinni egalladi.
“Barkamol avlod-2017” sport o’yinlarida bir necha yo’nalishda g’oliblik shohsupasiga ko’tarilgan Aleksey Tarasenko Rim shahrida o’tkazilgan xalk’aro turnirda ham munosib ishtirok etib, terma jamoamiz hisobiga bir yo’la uchta kumush medalni keltirdi. Xususan, erkin usulda suzish bo’yicha 50, 100 va 200 metr masofalarga o’tkazilgan musobak’alarda mos ravishda 00:23.08 minut, 00:50.38 minut va 1:51.03 minut natijalarni k’ayd etgan Aleksey Tarasenko uch bor shohsupaga ko’tarildi. Shunday k’ilib, “Tiro a volo nuoto” xalk’aro turnirida ishtirok etgan yurtdoshlarimiz 4 ta oltin va 4 ta kumush medallarga sazovor bo’ldilar.
“Rim shahrida o’tkazilgan xalk’aro turnir sportchilarimiz uchun joriy yilning 14-23 iyul kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o’tkaziladigan jahon chempionati oldidan o’ziga xos tayyorgarlik bosk’ichi vazifasini ham o’tadi, — deydi O’zbekiston suzish federasiyasi bosh kotibi Alisher G’aniev. Jahon chempionatiga tayyorgarlikning so’nggi bosk’ichini sportchilarimiz mamlakatimizda o’tkazishadi.
Sportchilarimizga suzish sport turining eng yirik musobak’alaridan biri hisoblangan jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko’rishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Umid k’ilamizki, Vengriyada bo’lib o’tadigan jahon chempionatida ham sportchilarimiz o’zlariga bildirilgan ishonchni ok’lashadi”. Biz ham o’z navbatida sportchilarimizga bo’lajak yirik musobak’ada omad va zafarlar tilab k’olamiz. Ma’lumot uchun. Jahon chempionatida Vatanimiz sharafini Hurshidjon Tursunov, Aleksey Tarasenko, Artyom Kozlyuk va Daniil Bukin himoya k’iladilar.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.