Ozbekiston va afgoniston prezidentlari shht sammiti doirasida uchrashdi — ozbekiston

Ozbekiston va afgoniston prezidentlari shht sammiti doirasida uchrashdi — ozbekiston

O’zbekiston va afg’oniston prezidentlari shht sammiti doirasida uchrashdi — o’zbekiston

ShHTning Ostona sammiti doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o’zi uchun ajratilgan k’arorgohda Afg’oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G’ani bilan uchrashdi, deb xabar k’ildi O’zA.
Shavkat Mirziyoev O’zbekiston Afg’onistondagi vaziyatni siyosiy yo’l bilan hal etish, mamlakatda bark’arorlikni ta’minlash, ik’tisodiyotini rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidladi.
Ashraf G’ani Afg’onistonda bark’aror vaziyatni tiklash borasida O’zbekiston amalga oshirayotgan ishlar Afg’onistonda yuksak baholanishini ta’kidladi va minnatdorlik izhor etdi. 2016 yil Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkentda o’tgan majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgani, sammit doirasida ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvida erishilgan kelishuvlarning amalga oshishidan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Uchrashuvda mamlakatlar o’rtasidagi siyosiy, savdo-ik’tisodiy, transport kommunikasiyalari, madaniy-gumanitar sohalardagi alok’alarni yanada rivojlantirish istik’bollari, shuningdek, xalk’aro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintak’aviy va xalk’aro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama k’ilindi.
O’zbekiston Afg’onistonga elektr energiyasi, meva-sabzavotlar, neft mahsulotlari, mineral o’g’itlar eksport k’ilmok’da. K’urilish, energetika, tog’-kon sanoati va ta’lim sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmok’da. «O’zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Hayratondan Mozori Sharifgacha temir yo’l liniyasi k’urilgan. Mamlakatimiz ko’magi bilan Afg’onistonda ko’priklar, yuk’ori voltli elektr liniyalari, optik tolali kabel liniyalari, suv ta’minoti tarmog’i barpo etilgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.