Ozbekiston va kirgiziston chegaraviy hamkorlikni muhokama kildi — ozbekiston
O’zbekiston va k’irg’iziston chegaraviy hamkorlikni muhokama k’ildi — o’zbekiston
O’zbekiston bosh vaziri o’rinbosari Adham Ikromov 15 fevral kuni Farg’onada K’irg’iziston bosh vaziri o’rinbosari Jenish Razakov bilan uchrashdi, deb xabar k’ildi K’irg’iziston hukumati sayti.
Uchrashuvda chegaraviy hamkorlik, shuningdek o’zbek va k’irg’iz davlat chegaralarini delimitasiya va demarkasiya k’ilish masalalari muhokama k’ilindi.
Davlat chegaralaridagi oydinlik kiritilmasdan k’olgan uchastkalar yuzasidan kelishuvga erishish bo’yicha ishlarni tez orada yakuniga etkazish zarurligi k’ayd etildi.
Bundan tashk’ari, ikki davlat hukumatlari delegasiyalari a’zolari 16 fevral kuni O’sh shahrida joylashgan Bobur nomidagi drama teatrida O’zbekiston va K’irg’iziston o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 24 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda ishtirok etdi.
Комментарии 0