Ozbekiston va kozogiston prezidentlari amaliy uchrashuv otkazdi — ozbekiston

Ozbekiston va kozogiston prezidentlari amaliy uchrashuv otkazdi — ozbekiston

O’zbekiston va k’ozog’iston prezidentlari amaliy uchrashuv o’tkazdi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 aprel kuni Janubiy K’ozog’iston viloyatiga tashrif buyurdi va K’ozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan amaliy uchrashuv o’tkazdi, deb xabar k’ildi O’zA.
Uchrashuvda O’zbekiston Prezidentining shu yil mart oyida K’ozog’istonga davlat tashrifi davomida mamlakatlaro’rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama k’ilindi.
Shavkat Mirziyoev o’zaro uchrashuvlar muntazamlik kasb etgani davlatlararo munosabatlar samaradorligini yanada oshirishda muhim omil bo’layotganini ta’kidladi.
«Joriy yil mart oyidagi K’ozog’istonga tashrifimizdan so’ng o’zaro hamkorligimizning barcha yo’nalishlari bo’yicha «Yo’l xaritasi»ni ishlab chik’dik. Vazirlar va hududlar rahbarlarining uchrashuvlari faollashdi», — dedi davlat rahbari.
Prezident Nursulton Nazarboev oldingi uchrashuvdan keyin mamlakatlar o’rtasidagi alok’alar yanada faollashganini k’ayd etdi.
«Shu yilning birinchi choragida ik’tisodiyotning turli tarmok’larida amaliy alok’alar sezilarli darajada oshdi. Transport-logistika, avtosanoat sohalaridagi va hududlararo hamkorlikni alohida ta’kidlash joiz. 2017 yilning dastlabki uch oyida o’zaro tovar ayirboshlash 37 foizga ko’paydi», — dedi K’ozog’iston Prezidenti.
Prezident Shavkat Mirziyoev Prezident Nursulton Nazarboevga bugungi uchrashuv uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Davlat rahbarlari O’zbekiston-K’ozog’iston hamkorligidagi ijobiy sur’atlar bark’aror sak’lanishi va yanada rivojlanishiga ishonch bildirdilar.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.