Ozbekiston va rossiya onkologiya markazlari hamkorlikni kengaytiradi — ozbekiston

Ozbekiston va rossiya onkologiya markazlari hamkorlikni kengaytiradi — ozbekiston

O’zbekiston va rossiya onkologiya markazlari hamkorlikni kengaytiradi — o’zbekiston

O’zbekiston Respublikasi onkologiya ilmiy markazi va Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi o’rtasida memorandum imzolandi, deb xabar k’ildi O’zA.
Hujjatda onkologik kasalliklar bilan kurashish bo’yicha ilmiy, amaliy va uslubiy hamkorlikni kengaytirish, mutaxassislarning malakasini oshirish, ilm-fan yutuk’larini ommalashtirish, tibbiy xizmatni rivojlantirish bo’yicha k’ator tadbirlar rejalashtirilgan.
«Ilmiy-amaliy alok’alarni yanada kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar yuzasidan tajriba almashish, kadrlar tayyorlash va tibbiy ta’limni takomillashtirishga doir k’ator loyihalarni rejalashtirganmiz», — dedi Rossiya markazi direktori akademik Mixail Davidov.
O’zA ma’lumotlariga ko’ra, 2017-2021 yillarda O’zbekistonda onkologik kasalliklarning oldini olish va davolash ishlarini rivojlantirish bo’yicha davlat dasturi ishlab chik’ilmok’da. Uning doirasida Respublika onkologiya ilmiy markazi va viloyatlardagi dispanserlarning moddiy-texnik salohiyatini yanada yaxshilash, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish sifatini oshirish rejalashtirilgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.