Ozbekiston va turkiya alokalarni mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi — ozbekiston

O’zbekiston va turkiya alok’alarni mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi — o’zbekiston
Tashk’i ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 26 aprel kuni Turkiya tashk’i ishlar vaziri Mevlyut Chavusho’g’li bilan uchrashdi, deb xabar k’ildi O’zbekiston TIV matbuot xizmati.
Tashk’i ishlar vazirliklari o’rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 8 raundi davomida siyosiy-diplomatik, savdo-ik’tisodiy, sarmoyaviy, sayyohlik, madaniy va boshk’a sohalarda ikki tomon munosabatlariga doir barcha dolzarb masalalar batafsil muhokama k’ilindi.
Bo’lib o’tgan suhbat o’zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda aksariyat dolzarb mintak’aviy va xalk’aro muammolar, shuningdek etakchi xalk’aro tashkilot va institutlar, birinchi navbatda BMT va Islom hamkorlik tashkiloti doiralaridagi alok’alarni mustahkamlash masalalari bo’yicha pozisiyalarning o’xshash va muvofik’ligi tasdik’landi.
Siyosiy maslahatlashuvlar yakunlari bo’yicha o’zaro alok’alarning yak’in va uzok’ istik’bolga mo’ljallagan mak’sad va vazifalarini belgilab beruvchi muhim kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, Ikki davlat tashk’i siyosat idoralari o’rtasida 2017?2018 yillarga mo’ljallangan Hamkorlik dasturi o’zbek-turk munosabatlarini har jihatdan rivojlantirishga xizmat k’ilishiga ishonch bildirildi.
Комментарии 0