Ozbekiston va turkiya kator kelishuvlarni imzoladi — ozbekiston

O’zbekiston va turkiya k’ator kelishuvlarni imzoladi — o’zbekiston
O’zbekiston va Turkiya 2 mlrd dollardan ziyodrok’ k’iymatdagi loyihalarni amalga oshirish to’g’risidagi kelishuvlarni imzoladi. Bu hak’da O’zbekiston bosh vaziri o’rinbosari Rustam Azimov payshanba kuni savdo-ik’tisodiy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiyasi to’rtinchi yig’ilishi va o’zbek-turk biznes forumi yakunlari bo’yicha ma’lum k’ildi.
Uning so’zlariga ko’ra, ikki tomonlama hujjatlar sayyohlik, to’k’imachilik, elektrotexnika, farmasevtika, k’urilish va bank sohalarini k’amrab oladi.
2016 yil yakunlari bo’yicha o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etib, ularning k’ariyb 709 mln dollari O’zbekistonning Turkiyaga eksportiga to’g’ri keladi. Joriy yilda mazkur ko’rsatkichning 1,4 mlrd dollarga etkazilishi rejalashtirilgan. «Ushbu rak’amlar jami aholisi 110 million kishini tashkil etuvchi ikki davlat salohiyatiga javob bermaydi. Biz muhim nuk’taga etib keldik, birok’ bu etarli emas. Dunyo ik’tisodiyoti mavhum istik’bolga ega sharoitda biz ikki tomonlama alok’alarni mustahkamlashimiz lozim», — deya k’ayd etdi Turkiya bosh vaziri o’rinbosari Tug’rul Turkesh.
Hamkorlikning boshk’a muhim yo’nalishlaridan biri sifatida turizm sohasi tilga olindi. Turk kompaniyalari bilan O’zbekistonning tarixiy shaharlarida zamonaviy mehmonxona majmualarini k’urish, shuningdek sayyohlik infratuzilmalarini rivojlantirish va soha mutaxassislarini tayyorlash bo’yicha kelishuvlarga erishildi.
Turkiya ik’tisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi o’zbek hamkasblaridan Turkiya fuk’arolari uchun viza tartibini soddalashtirishni so’radi. «Mamlakatimizda yuz mingdan bir million nafargacha sayyohlar O’zbekistonga tashrif buyurishni xohlaydi. Madaniy va diniy turizmni rivojlantirish mumkin. Birok’ bu erda viza masalasi juda muhim, — deya k’ayd etdi vazir. — Shuningdek sizlardan turk haydovchilarining mamlakatingizda erkin harakatlanishini ta’minlashingizni so’ragan bo’lardik. O’z navbatida biz ham o’zbek haydovchilari uchun xuddi shunday sharoitlarni tak’dim etamiz».
Turkiya madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji ham xuddi shunday takliflarni o’rtaga tashladi. U tadbirkorlar va madaniyat sohasi vakillari uchun viza tartibini soddalashtirishga e’tibor k’aratdi. «O’zbekiston va Turkiya o’rtasida turizm sohasida hamkorlik k’ilish to’g’risidagi kelishuv 1997 yilda imzolangan edi. Shuncha vak’t o’tganiga k’aramasdan hujjat yangilanmadi va unga k’o’shimchalar kiritilmadi. Xuddi shu yili imzolangan madaniyat sohasida hamkorlik to’g’risidagi kelishuv ham yangilanishlarga muhtoj», — dedi u.
«Bu turizmni rivojlantirish bo’yicha mahkamalar o’rtasida so’nggi 13 yil ichidagi ilk yig’ilish. Biz muntazam ravishda — yilda bir marta amaliy uchrashuvlarni o’tkazib borishga kelishib oldik. 2018 yilda yig’ilish Turkiyada bo’lib o’tadi. Yil oxirida biz O’zbekistonda turk investorlari uchun investision forum o’tkazishni rejalashtirganmiz. Bu ikki tomonlama alok’alarni rivojlantirishda katta k’adam», — deya xabar k’ilindi Turkiya Madaniyat va sport vazirligidan «Gazeta. uz»ga.
Комментарии 0