Ozbekiston va turkmaniston prezidentlari amudaryo orkali otgan yangi kopriklarni ochdi — ozbekiston
O’zbekiston va turkmaniston prezidentlari amudaryo ork’ali o’tgan yangi ko’priklarni ochdi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 7 mart kuni Amudaryo ork’ali o’tuvchi yangi Turkmanobod-Farob temir yo’l va avtomobil ko’priklarini ochdi. Ikki davlat rahbarlari ramziy tasmalarni kesib, har ikki transport magistrallarini kesib o’tgan ilk yo’lovchilar bo’lishdi, deb xabar k’ildi Turkmaniston Davlat axborot agentligi.
Amudaryo ork’ali o’tgan ko’priklar Osiyo-Tinch okeani mintak’asi va Janubiy Osiyo davlatlari yuklarini Kaspiy dengizi, so’ngra K’ora dengiz va O’rta Er dengizi mintak’asi ork’ali Evropa, Kavkazorti, YAk’in va O’rta Shark’k’a bevosita olib chik’uvchi yo’lni ochadi. Temir yo’l ko’prigining uzunligi 1750 m bo’lib, uning k’urilishida o’ta og’ir vaznli yuk poezdini hisobga olgan holda zilzilaga bardoshligi va ekspluatasiya mustahkamligi oshirilgan konstruksiyalar k’o’llanilgan. To’rt k’atorli avtomobil ko’prigining kengligi 21,5 m ni tashkil etadi. Ko’prikning har ikki tomonidan 1,5 m enlikdagi piyodalar yo’lagi yotk’izilgan. Ko’priklar ochilganidan so’ng biri ork’ali O’zbekiston tomonidan temir yo’l tarkibi, ikkinchisi ork’ali esa Turkmaniston tomonidan O’zbekistonga turkman karbamidi, to’k’imachilik va boshk’a mahsulotlar ortilgan yuk mashinalari karvoni o’tdi, deyiladi xabarda.
Комментарии 0