Ozbekiston va turkmaniston strategik sherikchilik togrisidagi shartnomani imzoladi — ozbekiston

Ozbekiston va turkmaniston strategik sherikchilik togrisidagi shartnomani imzoladi — ozbekiston

O’zbekiston va turkmaniston strategik sherikchilik to’g’risidagi shartnomani imzoladi — o’zbekiston

O’zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Shavkat Mirziyoev hamda Gurbanguli Berdimuhamedov dushanba kuni Ashxobodda bo’lib o’tgan muzokaralar yakunlari bo’yicha ikk mamlakat o’rtasida strategik sheriklik to’g’risidagi shartnomani imzoladi. Bu hak’da O’zA xabar k’ildi.
Tegishli vazirlik va idoralar o’rtasida 2018-2020 yillarda ik’tisodiy hamkorlik to’g’risidagi shartnoma, temir yo’l transporti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid memorandum, 2017-2019 yillarga mo’ljallangan madaniy-gumanitar hamkorlik dasturi, 2017-2018 yillarda tashk’i ishlar vazirliklari o’rtasidagi hamkorlik dasturi, O’zbekistondan Turkmanistonga k’ishlok’ xo’jaligi texnikalari va kimyo mahsulotlari etkazib berish to’g’risidagi shartnomalar imzolandi.
Bundan tashk’ari, Xorazm viloyati bilan Dashovuz viloyati, Buxoro viloyati bilan Lebap viloyati hokimliklari o’rtasida savdo-ik’tisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi.
O’g’uzxon saroyida Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedovning yakkama-yakka muzokarasi bo’ldi. Unda mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istik’bollari, tomonlarni k’izik’tirgan dolzarb mintak’aviy va xalk’aro masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Prezidentlar mulok’otni ikki mamlakat rasmiy delegasiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom ettirdilar. Unda savdo-ik’tisodiyot, neft-kimyo, transport kommunikasiyalari, k’ishlok’ xo’jaligi, madaniyat, turizm va boshk’a sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor k’aratildi. Savdo-ik’tisodiy alok’alarni diversifikasiya k’ilish, eksport-import nomenklaturasini kengaytirish, tovar ayirboshlash hajmini ko’paytirish masalalari muhokama k’ilindi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.