Ozbekiston xorijga omi odamlarni jonatmaymiz — ozbekiston

Ozbekiston xorijga omi odamlarni jonatmaymiz — ozbekiston

O’zbekiston «xorijga omi odamlarni jo’natmaymiz». — o’zbekiston

Tashk’i mehnat migrasiyasi masalalari agentligi tomonidan 1 aprel kuni Janubiy Koreyada ishlash istagini bildirib ro’yxatdan o’tgan fuk’arolarning koreys tilidan bilimlarini sinash mak’sadida dastlabki sinov o’tkazilishi kerak edi. Sinov «Koreys tili bo’yicha Test savollar» deb nomlangan bo’lsada O’zbekiston va Jahon tarixi, adabiyot, geografiya, huk’uk’shunoslik, biologiya, fizika va kimyo kabi fanlaridan savollar aralashtirilib, o’zbek tilida berilib, javob variantlari esa koreys tilida berilgan. Bu savollar bir-biridan murakkab, bir-biridan mantik’siz va kulgili, chala-yarim holatda bo’lgan hamda bunday testni topshirishning amalda iloji bo’lmagan. Janubiy Koreya — k’ulflangan diyor. Migrasiya agentligining to’rt kunlik tomoshasi Janubiy Koreyaga ishlash uchun ketayotgan kishilardan «Sirdaryo viloyati aholisining k’ancha k’ismi chuchuk suv ichishi», 1934 yilda Tunisda tuzilgan «YAngi dastur» partiyasi rahbari aslida k’anday kasb egasi bo’lgani, «Mo’g’ul xoni Xitoyda k’achon k’aysi sulolaga asos solganiyu», «Mitti yulduz» kitobi kimniki ekani, «Halima enam allalari» she’riy to’plami muallifi kimligiyu, «Chustda k’achon k’o’zg’alon bo’lgani»dan tortib, k’aysidir Ahmad k’achon vafot etganigacha so’ralgan. Kun davomida «Kun. uz» tahririyatiga tinimsiz telefon k’o’ng’irok’lari davom etdi, maktublar yuborildi va bu holatni yoritish so’raldi. Sayt xodimi agentlik vakili bilan bog’landi va ba’zi savollarga javob olishga harakat k’ildi. Agentlik vakili avvaliga bugun dam olish kuni ekanini ro’kach k’ilib, gaplashishga ro’yxushlik bermadi. Holbuki, agentlik 2 aprel kuni ham sayti ork’ali Test o’tkazishni davom ettirishi kerak bo’lgan, ammo bugun agentlik sayti faoliyat yuritmayapti. Agentlik vakili jarayondan boxabarligi, «Kun. uz» saytida nashr k’ilingan «Janubiy Koreya – k’ulflangan diyor. Migrasiya agentligining to’rt kunlik tomoshasi» va «Halima enam allalaridan Ahmad k’achon o’lganigacha. Koreyaga ishchilar kerakmi yoki professorlar?» materiallarini o’k’iganini bildirdi. Lekin u bu mak’olalardagi fikrlarga k’arshi borib, agentlik siyosatini yok’lashda davom etdi. Halima enam allalaridan Ahmad k’achon o’lganigacha. Koreyaga ishchilar kerakmi yoki professorlar? «Biz axir u erga omilarni jo’natmaymizku? O’zingiz ham tushunasiz. Axir biz Koreyaga k’ora ishga yubormaymiz. U erda zamonaviy texnologiyalar va zamonaviy ishlab chik’arish. Biz jo’natadigan ishchilar zavodlarga borishadi va malaka oshirib, yurtimizga k’aytishganidan keyin tajribalarini shu erda k’o’llashadi», dedi suhbatdosh. Shu o’rinda «Bu vositachi agentlikmi yoki malaka oshirib kelishga yuboradigan dasturmi?» savoli tug’iladi. Test savollari darajasidan uning o’zi k’anchalik xabardorligi hak’ida so’ralganida esa u xotirjamlik bilan javob k’aytardi. «Savollarning barchasi kollejni bitirganlar bilishi kerak bo’lgan savollar. Bitiruvchilarga bitiruv imtihonlari vak’tida beriladigan savollar darajasidagi savollar», deya dastaklaydi agentlik vakili. Shu o’rinda unga bu savollarga hatto universitet bitiruvchilari javob topa olmayotgani bildirilganida, «Chunki, bu lisey va kollej bitiruvchilari darajasida tuzilgan savollar» k’abilidagi mantik’dan yirok’ javob eshitildi. Undan bu savollarni kim tuzib bergani so’raldi, anik’ javob bo’lmadi. Shu bilan birga u berilgan savollar lisey va kollejlarni bitirayotganda beriladigan savollarga aynan to’g’ri kelmasligi, lekin shunday savollarga muk’obil sifatida tuzilganini k’o’shimcha k’ildi. K’arshi fikr bildirishda davom etar ekan, agentlik vakili «bunday e’tirozlar asosan, odamlardan pul yig’ib olib, ularni Koreyaga jo’natishga yordamlashadiganlar, xususan, koreys tili o’k’ituvchilari tomonidan bildirilayotgani, oddiy kishilar esa, indamasdan Test echishi» hak’ida bir-biridan bemulohaza fikrlarni aytib o’tdi. K’ayd etish kerakki, suhbat davomida u bugun ish kuni emasligini ro’kach k’ilib, tezrok’ suhbatni yakunlashga harakat k’ildi. Undan bugun ham Test o’tkazilgan-o’tkazilmagani so’raldi. Avval belgilangani bo’yicha Test 1-2 aprel kunlarida o’tkazilishi kerak edi. U bundan bexabarligini yashirib o’tirmadi. «O’tkazilayotgan bo’lsa, o’tkazilayotgandir. Shunday yozilgan bo’lsa, demak o’tkazilyapti», ko’rinishida bo’ldi uning javobi. Ta’kidlash kerakki, bugun Test o’tkazilmadi va bu texnik nosozlik ro’y bergani bilan izohlandi. «YOnib turgani yo’k’dir», deya u vaziyatni to’la his k’ilmayotgani, aynan agentlik tug’dirgan muammolar o’n minglab kishilarning hayotiga ta’sir ko’rsatganiga befark’ligini ko’rsatdi. YAkunda u ertaga rasmiy ma’lumotlar berilishini ma’lum k’ilib, go’shakni k’o’ydi. Yuk’orida aytilganidek, «Kun. uz» ofisiga kun davomida o’nlab k’o’ng’irok’lar bo’ldi. Murojaat k’iluvchilar agentlik operatorlari bilan gaplasha olmaganidan keyin saytdan yordam so’ramok’da. Operatorlarda esa hech k’achon javoblar topilmayapti yoki ular fuk’arolarning so’zlarini shunchaki erda k’oldirishmok’da. «Kun. uz» uzzukkun murojaatlarni tinglashda va muammolarni hal k’ilishda yordam ko’rsatishda davom etadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.