Ozbekiston yangiliklari bugungi — ozbekiston

O’zbekiston yangiliklari bugungi — o’zbekiston
O’zbekiston–Rossiya: 4 mlrd. dollarlik bitim imzolanishi kutilmok’da
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasiga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko’rish ishlari doirasida Moskvaga bosh vazirning birinchi o’rinbosari, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ raisi Ochilboy Ramatov boshchiligidagi delegasiya etib kelgan, deb xabar beradi Sputnik.
Bosh vazirning birinchi o’rinbosari, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ raisi Ochilboy Ramatov boshchiligidagi rasmiy delegasiya k’atnashchilari savdo-ik’tisodiy va investisiya sohalarida summasi 4 milliard AK’Sh dollaridan ortik’ ikkitomonlama idoralararo hujjatlar imzolash tantanali marosimining alohida k’ismida ishtirok etadi, deya xabar bergan O’zbekistonning RFdagi elchixonasi matbuot xizmati.
Hujjatlarning asosiy k’ismi O’zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoevning 4–5 aprel kunlariga mo’ljallangan davlat tashrifi mobaynida imzolanadi.
Bundan tashk’ari, Ural kon-matellurgiya kombinati holdingi bilan O’zbekistondagi Tebinbulok’ konidagi tarkibida vannadiy mavjud bo’lgan titanmagnetit rudalarini o’zlashtirish, po’lat k’uyishni ishlab chik’arish loyihasini amalga oshirish borasida 1,5 milliard dollarlik memorandum ham imzolanadi. O’zbekiston tashk’i ik’tisodiy faoliyat milliy banki, «Gazprombank» AJ va Rossiya Federasiyasining eksport-kredit agentligi o’rtasida O’zbekistonda investision loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun 500 mln. AK’Sh dollari summasiga teng doiraviy bitim tuziladi.
Shuningdek, «Olmalik’ kon-metallurgiya kombinati» AJ va «RIVS» ilmiy ishlab chik’arish birlashmasi YOAJ o’rtasida 500 million dollarga mutlak’o yangidan barpo etiluvchi mis boyitish kompleksi k’urilishi borasida hamkorlik hak’idagi bitim, «Asakabank» va «Gazprombank» AJ o’rtasida Toshkentda 88 million dollarga metallurgiya zavodi k’urilishi loyihasini moliyalashtirish hak’ida doiraviy bitim, «Chirchik’ k’ishlok’ xo’jaligi texnikasi zavodi» AJ maydonlarida k’ishlok’ xo’jaligi texnikalarni birgalikda ishlab chik’arishni tashkillashtirish hak’idagi bitim va boshk’a bir k’ator muhim hujjatlar imzolanishi kutilmok’da.
Shuningdek, «O’zagroeksport» AJ va «O’zagroeksport» savdo uyi MChJ o’rtasida Rossiyaga 612 million dollarlik yangi uzilgan va k’ayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini etkazib berish hak’ida shartnoma, «O’zbekneftgaz» MHK va Rossiya Federasiyasi energetika vazirligi o’rtasida 225 million dollarlik Rossiya neftini O’zbekistonga etkazib berish borasida memorandum, «Olmalik’ KMK» AJ va «IZKARTEKS» MChJ Ijorsk ekskovator zavodi o’rtasida 100 million dollarlik ekskovator texnikalarini etkazib berish bo’yicha hamkorlik bitimlari ham imzolanadi.
Imzolash marosimi k’atnashchilari savdo-ik’tisodiy va investisiya sohalarida ikkitomonlama manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish yo’llarini muhokama k’ilib, jumladan, ikki mamlakat ishbilarmonlari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari, istik’bolli loyihalarni birgalikda ishlab chik’ish va amalga oshirish borasida fikr almashishadi.
Комментарии 0