Ozbekistonda ettita farmasevtika erkin iktisodiy zonasi tashkil etiladi — ozbekiston

O’zbekistonda ettita farmasevtika erkin ik’tisodiy zonasi tashkil etiladi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 3 may kuni mamlakatda farmasevtika mahsulotlari ishlab chik’arishga ixtisoslashgan ettita erkin ik’tisodiy zona (EIZ) tashkil etish to’g’risidagi farmonni tasdik’ladi.
Tuprok’ va ik’lim sharoitlari noyobligini inobatga olib, K’orak’alpog’iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida erkin ik’tisodiy zonalar tashkil etish to’g’risida kiritilgan taklifga binoan «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo’stonlik’-farm» va «Parkent-farm» erkin ik’tisodiy zonalari tashkil etishga k’aror k’ilindi.
Bugungi kunda O’zbekistonda 146 ta mahalliy farmasevtika korxonasi tomonidan 2000 xildan ortik’ dori-darmon vositalarini ishlab chik’arish yo’lga k’o’yilgan. 2016 yil yakunlari bo’yicha mamlakat farmasevtika bozorida mahalliy dori-darmon vositalarining ulushi 55 foizni tashkil etdi.
Shu bilan birga, tarmok’da bugungi kunda olib borilgan tahlillar ichki bozorni mahalliy dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan yanada ko’prok’ to’ldirish uchun respublikamizning farmasevtika sohasini rivojlantirish bo’yicha yanada samarali chora-tadbirlar ko’rish zarurligini ko’rsatmok’da.
Ta’kidlash joizki, dunyo farmasevtika sanoatida 8500 turdagi dori-darmon vositalari ishlab chik’arilayotgan bo’lsa, ularning 6300 tasi xalk’imiz ehtiyojlari uchun import k’ilinadi.
O’zbekistondagi dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlarini ishlab chik’arishga mo’ljallangan farmasevtika korxonalarining xorijiy xomashyo hamda materiallar importiga yuk’ori darajada bog’lik’ligi soha rivojiga asosiy to’sik’ bo’lib k’olmok’da.
Mahalliy xomashyo va dorivor o’simliklar asosida dori-darmon vositalarini ishlab chik’arishni kengaytirish hisobiga farmasevtika mahsulotlarining mahalliylashtirilishini chuk’urlashtirish hamda kengaytirish, shuningdek, ularni tibbiyot amaliyotiga keng joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. Hozirgi paytda xalk’aro tibbiyot amaliyotida foydalanilayotgan 350 turdagi dorivor o’simliklardan 71 tasi respublikada tashkil etilgan sanoat plantasiyalarida etishtiriladi. Bu esa talab va ehtiyoj katta bo’lgan dori-darmon vositalarini mahalliy sharoitda uzluksiz ishlab chik’arish uchun etarli emas, albatta. Shuni inobatga olgan holda, ishlab chik’arish k’uvvatlariga yak’in bo’lgan ekologiyasi toza va sof bo’lgan tumanlarda yangi plantasiyalarni tashkil etish rivojlanayotgan farmasevtika sohasining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Farmonda, jumladan, erkin ik’tisodiy zonalarni tashkil etish farmasevtika sanoatini yanada rivojlantirishda birinchi darajali vazifa sifatida belgilab berilgan.
Farmonda belgilangan mak’sad va vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari hamda xo’jalik birlashmalariga k’uyidagi topshirik’lar yuklatildi:
er uchastkalari chegaralarini belgilash va ularni erkin ik’tisodiy zonalar tarkibiga kiritish uchun ajratish;
kelgusida dorivor o’simliklar etishtiriladigan plantasiyalar tashkil k’ilish uchun er uchastkalarini anik’lash va ularni ajratish;
erkin ik’tisodiy zonalar hududlarida sanoat plantasiyalarini tashkil etish, o’stirish uchun tavsiya etiladigan dorivor o’simliklarning ro’yxatini tuzish hamda keyinchalik ushbu dorivor o’simliklarni chuk’ur k’ayta ishlash, dori-darmon vositalari va biologik faol k’o’shimchalar ishlab chik’arish bo’yicha mak’sadli Dastur ishlab chik’ish.
Farmonda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi dorivor o’simliklar xomashyosini k’ayta ishlash va dori-darmon vositalari, tibbiyot buyumlari, yordamchi va k’adok’lash materiallari ishlab chik’arish bo’yicha yangi zamonaviy ishlab chik’arish va k’uvvatlarni tashkil etishga, mahalliy dorivor o’simliklar xomashyosi va materiallar negizida farmasevtika mahsulotlari ishlab chik’arishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuk’urlashtirishga imkon beradi.
Tashkil etilayotgan erkin ik’tisodiy zonalarning faoliyat muddati keyinchalik uzaytirish imkoni bilan 30 yil etib belgilangan, ushbu hududlarda alohida solik’, bojxona va valyuta tartiblari amal k’iladi.
Jumladan, erkin ik’tisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan tegishli investisiyalar kiritilganda, ular:
er solig’i, daromad solig’i, yuridik shaxslar mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona solik’ to’lovi, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasiga majburiy ajratmalardan;
O’zbekistonda ishlab chik’arilmaydigan, chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar, xomashyo hamda butlovchi buyumlarni olib kirishda bojxona to’lovlaridan ozod etiladi.
Shuningdek, erkin ik’tisodiy zonalar ishtirokchilari eksport va import k’ilinadigan tovarlar uchun o’zlariga k’ulay bo’lgan to’lash hamda hisob-kitob k’ilish shartlari va shakllaridan foydalanish huk’uk’iga ega bo’ladi.
Ushbu berilayotgan imtiyoz hamda k’ulayliklar mahalliy hamda xorijiy investorlar tomonidan ik’tisodiyotga to’g’ridan-to’g’ri investisiyalar kiritilishiga bo’lgan k’izik’ishni oshiradi.
Erkin ik’tisodiy zonalar ishtirokchilarining barchasi va har biri uchun k’ulay sharoitlar yaratish mak’sadida erkin ik’tisodiy zonalar hududlari, shuningdek, ularning ishtirokchilarining ishlab chik’arish maydonlari tegishli tashk’i muhandislik-kommunikasiya va yo’l-transport infratuzilmasi bilan kafolatli ta’minlanadi.
Shuningdek, Farmonning ahamiyatli tomonlaridan yana biri tijorat banklariga o’z mablag’lari va jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari hisobiga erkin ik’tisodiy zonalar hududlarida amalga oshirish taklif etilayotgan investisiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, shuningdek, dorivor o’simliklar xomashyosi etishtirish bo’yicha plantasiyalar tashkil etish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va fermer xo’jaliklariga kreditlar ajratish tavsiya etilmok’da. Shu bilan birga, garov ta’minoti etarli bo’lmagan yoki mavjud bo’lmagan hollarda tijorat banklari investisiya loyihalari tashabbuskorlariga texnologik uskunalarni lizing asosida belgilangan tartibda etkazib berilishini ta’minlaydi.
Farmonning k’abul k’ilinishi ichki bozorni keng turdagi hammabop, sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan yanada to’lik’ to’ldirish va alohida hududlarning sanoat salohiyatini rivojlantirish masalalarini hal etishga k’aratilgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.