Ozbekistonda migrasiya agentligi saralash imtihonidagi kuchli savollarga izoh berdi — ozbekiston

O’zbekistonda migrasiya agentligi saralash imtihonidagi «kuchli savollar»ga izoh berdi — o’zbekiston

O’zbekiston Tashk’i mehnat migrasiyasi masalalari agentligi tomonidan e’lon k’ilingan va shu yilning 27-30 mart kunlari Koreyada mehnat k’ilishni xohlovchilarni onlayn tarzda ro’yxatga olish jarayonida 89 770 nafarga yak’in kishi anketani to’ldirgan. Ushbu 90 mingga yak’in kishidan 6 ming kishi imtihonga kirishga ruxsat olishi shart. Bu Koreya tomoni talabidan kelib chik’k’an holda amalga oshiriladi.
3 aprel kuni Tashk’i mehnat migrasiyasi masalalari agentligining OAV vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida agentlik rahbari Ulug’bek Nazarov ma’lum k’ildi.
Migrasiya agentligi: bu koreys tilidan test emas, testga saralash bosk’ichi edi
Uchrashuvda Nazarov xohlovchilarni ro’yxatga olish jarayonida yuz bergan nosozliklar hak’ida ham so’z yuritdi. U, shuningdek, test-migration. uz saytining k’onik’arsiz ishlaganiga ham oydinlik kiritdi. Uning so’zlariga ko’ra, sayt 27 mart kuni me’yorida ishlagan. O’sha kunning o’zida 19 ming kishi ro’yxatga olingan. Nazarovning bildirishicha, 28 mart kunidan nosozliklar kuzatilgan. Bunga ehtimoliy D-DOS xurujlari sabab bo’lgan. Albatta, bu holat hozircha taxmin k’ilinmok’da, birok’ dasturchilar bu kabi xurujni inkor etishmagan.
Bundan tashk’ari, Ulug’bek Nazarov savollar hamda ularni tuzuvchilar xususida ham ma’lum k’ildi. Uning xatoliklar bo’lganini tan olib aytishicha, savollar umumta’lim maktablari, lisey va kollej dasturlari bo’yicha tuzilgan darsliklardan olingan holda agentlik vakillari tomonidan tuzilgan. Birok’, Nazarovning uk’dirishicha, ijtimoiy tarmok’larda tark’agan va muhokamalarga sabab bo’lgan ba’zi “eshak necha yil yashaydi?” kabi mantik’siz savollar bo’lmagan. Agentlik rahbarining so’zlariga ko’ra, bu kabi savollar bo’lmaganini isbotlashga tayyor va bunday savollar uydirma bo’lishi mumkin. Ammo, savollar tugallanmay k’olishi bilan bog’lik’ holatlar mutaxassislar tomonidan dasturlash chog’ida yo’l k’o’yilgan xatoliklar natijasidir.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.