Ozbekistonda prezident saylovi boshlandi — ozbekiston

O’zbekistonda prezident saylovi boshlandi — o’zbekiston

6:00 da butun O’zbekiston bo’ylab Prezident saylovi bo’yicha saylov uchastkalari ochildi. Ularning jami soni — 9383 ta. Ovoz berish 20:00 ga k’adar davom etadi. Xorijda 44 ta uchastka faoliyat ko’rsatadi.
An’anaga ko’ra, saylov uchastkalari ishi O’zbekiston davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Ovoz berish bo’lib o’tadigan binolar k’arshisida kuy-k’o’shik’lar ijro etilmok’da, odamlarning kayfiyati ko’tarinki.
Toshkentdagi 483-saylov uchastkasi.
Ilk saylovchilar hali uchastkalar ochilmasidanok’ tashrif buyurdi. «Hamma birinchi bo’lib ovoz berishni xohlamok’da», — deydi Toshkentning Mirzo Ulug’bek tumanidagi 95-uchastka vakillaridan biri «Gazeta. uz»ga.
6:02 da poytaxtning Katta Chilonzor tumanidagi 483-saylov uchastkasida birinchi saylovchi — Nadejda Kolesnikova tashrif buyurdi. Bu erda ovoz bergan birinchi uch saylovchi nafak’axo’rlar bo’lib chik’di.
Toshkentdagi 483-saylov uchastkasi.
«Bugun bir k’ancha ishlarni rejalashtirganman. Shu sababli ovoz berishga ertarok’ tashrif buyurdim», — dedi saylovchi. U saylovlarda har doim ham k’atnashavermaganini tan oldi. «Ushbu saylov barchamiz uchun muhim, shu sababdan men ham kelmasam bo’lmas edi», — k’ayd etdi u.
Barcha uchastkalarda tibbiyot kabinetlari, ona va bola xonalari, kitob javonlari faoliyat ko’rsatmok’da.
20 milliondan ziyod saylovchilar ro’yxatga olingan.
Toshkentdagi 95-saylov uchastkasida siyosiy partiyalar kuzatuvchilari.
Saylovda to’rt nomzod ishtirok etmok’da:
Sarvar Otamuratov («Milliy tiklanish» Demokratik partiyasi);
Shavkat Mirziyoev (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Liberal-demokratik partiyasi);
Xatamjon Ketmonov (Xalk’ demokratik partiyasi);
Narimon Umarov («Adolat» Sosial-demokratik partiyasi).
Toshkentdagi 95-saylov uchastkasi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.