Ozbekistonda telegram botlari uchun tolovlarni amalga oshirish imkoniyati paydo boldi — ozbekiston
O’zbekistonda telegram botlari uchun to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo’ldi — o’zbekiston
Telegram messenjerida botlar uchun onlayn to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo’ldi. «Endilikda siz botlar yordamida birgina bosish bilan har k’anday mahsulot yoki xizmatni sotib olishingiz yoki xohlagan narsangizni sotishingiz mumkin», — deyiladi kompaniya blogida.
Endilikda foydalanuvchi birgina tugmacha yordamida botda xaridni amalga oshirishi mumkin. Birinchi to’lov vak’tida o’z kartasi ma’lumotlari va etkazib berish uchun manzil kiritilishi talab k’ilinadi. Keyingi xaridlar uchun esa karta ma’lumotlarini takroran kiritish zarur emas. Buning uchun Telegram sozlamalarida ikki omilli himoya funksiyasini yok’ish lozim.
To’lovlarni amalga oshirish xizmati bilan xohlagan bank yoki kompaniya shug’ullanishi mumkin. Telegram xabarida keltirilishicha, O’zbekistonda mazkur xizmatlarni Payme kompaniyasi ko’rsatadi.
«Gazeta. uz» ushbu masalada izoh so’rab Payme asoschisi Sarvar Ro’zmetovga murojaat k’ildi. Uning so’zlariga ko’ra, O’zbekistonda Telegram ork’ali to’lovlarni amalga oshirish hozircha ishga tushgani yo’k’. «Hozirda sinovdan o’tkazish bosk’ichidamiz», — dedi Sarvar Ro’zmetov. Uning k’o’shimcha k’ilishicha, bu jarayon tez orada yakuniga etadi.
Telegram ork’ali xaridni amalga oshirish uchun Uzcard kartasi ma’lumotlarini kiritish yoki Payme yordamida ro’yxatdan o’tish lozim.
To’lovlar xavfsizligi ham Payme, ham Telegram tomonidan ta’minlanadi. «Kartani botga bog’lashda sozlamalardagi ikki omilli himoya funksiyasi albatta yok’ilishi zarur», — deya k’ayd etdi Payme asoschisi.
Uning so’zlariga ko’ra, mazkur funksiya foydalanuvchining mablag’larini hattoki Telegram’da ro’yxatdan o’tgan rak’am egasi uni o’zgartirsa yoki shunchaki boshk’a mobil uskunasidan foydalansa ham himoyalaydi. Bunday hollarda sak’lab k’o’yilgan ma’lumotlardan foydalanish uchun kalit so’zni kiritish kerak.
Mazkur sistema Telegram foydalanuvchi, bot egasi va mazkur bot foydalanayotgan to’lov tizimi o’rtasida vositachi vazifasini bajaradi. «Siz kiritgan to’lov hak’idagi barcha ma’lumotlar bevosita to’lov tizimiga yuboriladi. So’ngra tizim to’lovingizni ko’rsa va tasdik’lasa, alok’a ma’lumotlarini buyurtmani rasmiylashtirish uchun botga jo’natadi», — deyiladi Telegram xabarida.
Telegram foydalanuvchi ma’lumotlarini o’zida sak’lamaydi va k’ayta ishlamaydi. Shikoyatlar va mablag’larni k’aytarish masalalarini mustak’il ravishda hal etish lozim: bot egasi, to’lov tizimi yoki bank ork’ali. Telegram vaziyatni nazorat k’ilib, firibgarlik yoki tovlamachilik bilan shug’ullanuvchi botlarni bloklash bilan shug’ullanadi.
Комментарии 0