Ozbekistondagi turizm muammolari rasman etirof etildi — ozbekiston

O’zbekistondagi turizm muammolari rasman e’tirof etildi — o’zbekiston

O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat k’o’mitasi turizmni rivojlantirishni k’iyinlashtirayotgan va mamlakat sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanishga to’sik’ bo’layotgan asosiy sabablarni tilga oldi. Ular Prezidentning muhokama uchun e’lon k’ilingan respublikada o’rta muddatli istik’bolda turizmni rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish to’g’risidagi farmoni loyihasida sanab o’tilgan.
Hujjatda asosiy muammolar k’atorida viza tartibi sohasida sayyohlar uchun ma’muriy va ik’tisodiy to’sik’lar, sayyohlik faoliyatida davlat nazorati (lisenziyalash va sertifikatlash) sanab o’tilgan. YAshash va aviaparvozlar tariflarining yuk’oriligi, xizmat ko’rsatish darajasining cheklangani, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarning rivojlanmagani, sayyohlar uchun k’ulay axborot muhitining mavjud emasligi (navigasiya va infomarkazlar), malakali kadrlarning etishmasligi, O’zbekistonning xorijda kuchsiz targ’ib k’ilinishi va boshk’alar milliy sayyohlik mahsulotlarining rak’obatbardosh emasligiga olib kelmok’da.
Jahon sayyohlik tashkiloti (YuNVTO) ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston sayyohlikdan daromad ko’ruvchi davlatlar o’rtasida 150- o’rinni egallab turibdi. Bunda hisob-kitob k’ilingan salohiyati umumiy ok’imning 2,2 foiziga teng bo’lishiga k’aramasdan, bu ko’rsatkich 0,2 foizni tashkil etmok’da. Shuningdek, O’zbekiston ushbu sohaning mamlakat YAIM shakllanishidagi ulushi bo’yicha 115, investisiyalardan foydalanish bo’yicha 103 va sohada bandlar soni bo’yicha 69-o’rinni band etib turibdi.
Respublika ichida aholining 5,6 foizigina sayohat k’iladi. Bunga aholi turizm uchun sarflaydigan moliyaviy mablag’larning cheklangani, ijtimoiy turizmning rivojlanmagani hamda ichki turizmni rag’batlantirish va rivojlantirish bo’yicha davlat tomonidan etarlicha choralar ko’rilmagani sabab k’ilib ko’rsatilgan.
Prezident farmonida O’zbekistonning har bir hududida 2017-2021 yillarda turizmni rag’batlantirish va rivojlantirish bo’yicha alohida dasturlar ishlab chik’ilishi taklif k’ilingan.
Mehmonxonalarda joylarni band k’ilishning integrasiyalashgan yagona avtomatlashgan tizimini tashkil etish belgilangan.
Tanlov asosida davlat tomonidan k’o’llab-k’uvvatlanuvchi yirik sayyohlik maskanlarini k’urish rejalashtirilmok’da.
Banklarga tadbirkorlik sub’ektlariga mehmonxonalar k’urish va modernizasiya k’ilishga uzok’ muddatli (15?20 yilga) imtiyozli kreditlar ajratish taklif k’ilinadi. Bundan tashk’ari, banklar mehmonxona va boshk’a sayyohlik ob’ektlarida xalk’aro to’lov tizimlari bilan ishlovchi bankomat va terminallar sonini oshirib, xorijiy valyutada to’lovlarni k’abul k’ilish uchun k’ulaylik yaratadi.
2018 yilda UzReport World (UzReport TV telekanali tahririyati negizida) xalk’aro telekanalni ishga tushirish taklif k’ilinmok’da.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.